2.2 MTTda ravon nutqni rivojlantirish metodlari va qollaniladigan didaktik oyinlar.
Yangi avlodni tarbiyalash xalqni tarbiyalash deganidir.10
Ravon nutq bu kishilarning muloqotini va ozaro bir-birlarini tushunishlarini ta’minlovchi mazmunan keng yoyilgan fikrdir. Ravon nutqni fikrlar dunyosidan ajratib bolmaydi: ravon nutq bu fikrlar ravonligidir, unda bolaning mantiqiy fikrlash, ozi qabul qilayotganlarini mulohaza qilish va ularni togri ifodalash qobiliyati aks etadi. Ravon nutqni shakllantirish, uning vazifasini ozgartirish murakkablashib borayotgan bola faoliyati oqibati bolib, u bolaning atrofdagilar bilan muloqotga kirishish sharoiti, muloqot shakliga bogliq boladi. Maktabgacha yoshda u muloqot va ta’lim jarayonida shakllanadi. Ravon nutqning shakllanishi ilk yoshdan boshlab asta-sekin roy beradi. Bolalar hayotining dastlabki yetti yilida atrofdagi kishilar bilan muloqot vositasi sifatida nutqning paydo bolishi va uni rivojlantirish jarayoniga alohida e’tibor qaratish zarur. Har bir kishi hayotida ravon nutq muhim ahamiyatga ega bolib, u uchta asosiy vazifani bajaradi: individuallararo, ichki individual va umuminsoniy. Til millatning noyob xazinasi bolib, doimo ogzaki va yozma holda, namoyon bolgan. Boy, yorqin, maroqli nutq sozlayotgan kim bolishidan qat’i nazar, nuri hisoblanadi. Tilning olijanob imkoniyatlar nutq orqali nutq jarayonida ochiladi. Nutq bolmas ekan tilning cheksiz imkoniyatlari yuzaga chiqmay qolaveradi. Soz va gazal sultoni A.Navoiy til va nutq munosabatlarini shunday izohlaydi. «Til shuncha sharafi bilan nutqning qurolidir. Agar nutq noma’qul bolib chiqsa tilning manfaatidir». Demak, til qanchalik zor bolmasin, u nutq uchun qurol sifatida xizmat qilar ekan. Uning kuch, qudrati nutq jarayonida namoyon bolar ekan. Agar til oq bolsa, nutq kamondir. Oqning qudrati, kamonning qudratiga ham bogliq. Ma’lumki til inson aqlining, faoliyatining eng oliy va asosiy vositasidir. Chunki insonni boshqa jonzotlardan ajralib turadigan ham til emasmi?! Shunday ekan, inson aqliy faoliyatining eng oliy mahsullari tafakkur mevalari til, nutq orqali royobga chiqadi.
Til tafakkur mahsulining hayotga tatbiq etilish vositasi boluvchi qudratli quroldir. Nutq vazifasi uning ontogenezdagi haqiqiy rivojlanish jarayoni bosqichini aks ettiradi, ularning har biri oziga xos xususiyatlarga egadir: 1-vazifasi individuallararo kishilar ortasidagi muloqot vositasidir. Ushbu holatda nutq ogzaki nutq monolog, dialog, bir nechta odamlar suhbati sifatida chiqadi. 2-vazifasi ichki individual bu yerda nutq koplab ruhiy jarayonlarni (fikrlash, diqqat-e’tibor, xotira, tasavvur va boshq.) aniq-tiniq anglash darajasiga kotargani hamda shaxsga ruhiy jarayonlarni tartibga solish va nazorat qilish imkonini bergani holda ularni amalga oshirish vositasi bolib xizmat qiladi. 3-vazifasi umuminsoniy bu orinda nutq alohida bir odamga umuminsoniy ijtimoiy-tarixiy tajriba xazinasidan axborot olish imkonini beradi. Ushbu holatda u grafik ramzlar va belgilarda moddiylashtirilgan yozma nutqdir.
Ta’lim muassasalarida oqitish ikki shaklda amalga oshiriladi: a) erkin nutqiy muloqotda; b) maxsus mashgulotlarda. Dialog koproq erkin nutqiy muloqotda paydo boladi va u bolalar lugatini boyitishning talaffuzga oid grammatik konikmalarini tabiiy ravishda rivojlantirish bazasi, ravon nutq konikmalariga ega bolish bazasi hisoblanadi. Dialog maxsus mashgulotlarda oqitiladi (oyiga 12 ta mashgulot); Ta’lim muassasalarida bolib turgan vaqti mobaynida bola erkin muloqotda pedagog va boshqa bolalar bilan muloqotga kirishadi. Uyda esa kattalar bola bilan turli mavzularda dialogga kirishishlari lozim. Dialogik nutqni (yoki ogzaki nutqni) orgatish odatda suhbat shaklida, ya’ni kattalar bilan bola ortasida hamda bolalarning ozlari ortasida fikr almashish shaklida roy beradi.
Dialogik ravon nutqni rivojlantirishga doir maxsus mashgulotlar suhbat metodi (suhbat) va imitatsiya metodi asosida otkaziladi. Mazkur metodlar kopincha quyidagi usullar yordamida amalga oshiriladi: Tayyorgarlik suhbati (sozlashish) usullari; Teatrlashtirish usullari (imitatsiya, qayta aytib berish). Tayyorlangan suhbatning quyidagi vazifalari mavjud: Togridan-togri bolalarni suhbatlashishga, ya’ni suhbatdoshi sozlarini bolmasdan tinglash, luqma tashlash uchun qulay paytni kutgani holda ozini tutib turish, suhbatdoshi uchun tushunarli qilib sozlash; Yoldosh talaffuz va grammatik konikmalarni mashq qilish, ma’lum sozlar ma’nosini aniqlashtirish. Suhbat jarayonida tarbiyachi savollar, topishmoqlar, badiiy soz kabi turli usullardan foydalanadi. Bu usullarning barchasi suhbat paytida bilimlarni ozlashtirish jarayonini yonaltirish, nutqiy muloqotni ta’minlash, bolalar fikrlarini, ularning diqqat-e’tiborlarini, xotiralarini, emotsiyalarini faollashtirishga yordam beradi. Maktabgacha yoshdagi bolalarga nisbatan nutqning ikki shaklini dialogik va monologik shakllarini korib chiqish lozim. Dialog ikki yoki bir necha sozlovchining biron-bir vaziyat bilan bogliq mavzudagi fikrlarining almashinuvi bilan tavsiflanadi. Dialogda, yuklamalardan foydalanilgan holda, sintaksik jihatdan sodda bolgan darak, undov (iltimos, talab), soroq gaplarning barcha turlari namoyon etilgan. Til vositalari imo-ishoralar, mimika bilan kuchaytiriladi.Tarbiyachi shunday vaziyatni yaratishi kerakki, unda bolalar turli xil til vositalaridan foydalangan holda dialog tuzish sorash, javob berish, tushuntirish, iltimos qilish, luqma tashlash va h.k. zaruratiga duch kelsin. Ushbu maqsadda bolaning oiladagi, maktabgacha ta’lim muassasasidagi hayoti, uning dostlari va kattalar bilan munosabatlari, uning qiziqishlari va taassurotlari bilan bogliq turli xil mavzularda suhbat otkazishdan foydalanish lozim. Aynan dialogda suhbatdoshni tinglash, savollar berish, mazmundan kelib chiqqan holda javob berish qobiliyati rivojlanadi. Qayd etilgan malaka va konikmalar monologik nutqni rivojlantirish uchun ham zarurdir. Tengdoshlar bilan dialogik muloqotni yolga qoyish uchun kooperativ tusdagi faoliyat muhim ahamiyat kasb etadi. Mazkur faoliyat astasekinlik bilan shakllanadi. Dastlab bolalar roy berayotgan hodisalarni sharhlagan holda, yaqinda turib harakat qiladilar. Ushbu vaziyatda nutq tengdosh bolaning mavjud bolishi va u bilan sozlashish imkoniyati orqali ragbatlantiradi hamda u oz faoliyatini rejalashtirish va tashkil etish, shuningdek, ijtimoiy muloqot ornatish funksiyasini bajaradi. Bolalar ortasidagi muloqot asosan amaliy xususiyatga ega. Dialog kopincha shunday shaklga olib boriladiki, bunda bola sherigining qisqa luqmalariga harakat bilan javob beradi yoki roy berayotgan hodisaga nisbatan oz munosabatini nonutqiy vositalar yordamida ifodalaydi. Ular orqali bolalar bir-biriga e’tibor berishni, dostlarini tovushidan bilib olishni, tashqi korinish detallarini sezishni, nutqiy muloqot qilishni organadigan koplab xalq oyinlari mavjud. Dialog muloqotini yolga qoyish uchun stol oyinlari va chop etilgan («loto», «domino») oyinlardan foydalanish tavsiya etiladi. Juft bolib oynashda bolalar dialogik hamkorlik qilish usullarini: navbatga rioya qilish, bir-biriga xushmuomalalik bilan murojaat qilish, oz nuqtayi nazarini dalil-isbotlar bilan himoya qilish, fikrlarini sherigi bilan muvofiqlashtirishni organadilar. Bunday oyinlarda biluvchanlikning asosi sifatida nutqiy topshiriqlarning har xil turlari ishtirok etishi mumkin, masalan: berilgan tovushli sozlarni tanlab olish, akustik va artikulatsion jihatdan bir-biriga yaqin bolgan tovushlarni tabaqalashtirish, umumlashtiruvchi nomlarni tasniflash, rasmlar turkumi asosida birgalashib hikoya qilish va h.k.
Vatanimizning kelajagi, xalqimizning ertangi kuni, mamlakatimizning jahon hamjamiyatidagi obro e’tibori avvalambor farzandlarimizning unib osib, ulgayib, qanday inson bolib hayotga kirib borishiga bogliqdir. Biz bunday otkir haqiqatni hech qachon unutmasligimiz kerak.11
Bolalarda ravon nutqni rivojlantirish maktabgacha ta’lim muassasasining asosiy vazifasi hisoblanadi, maktabgacha yoshning nihoyasiga kelib bola kattalarga xos bolgan ogzaki nutqning asosiy shakllarini egallashi, ya’ni ravon nutqning ikki shakli dialogik va monologik nutqni egallab olishi shart. Maktabgacha ta’lim muassasasining vazifasi bolalarda ravon sozlashuv nutqni (dialogik nutq) va monologik nutqni rivojlanti rishdan iborat. Sozlashuv nutqini shakllantirish vazifasi kop qirrali. Maktabgacha bosqichdagi kichik yoshli bolalarda ularga qaratilgan nutqni tinglash va tushunish, bir-birini tinglash, savollarga javob berish va ozi ham savollar berishi, suhbat mavzusi boyicha izchil javob berish qobiliyati shakllanadi. Nutqning ushbu ikki turlari ortasidagi farq matn ichidagi gapning mantiqiy aloqa turi bilan belgilanadi. Monolog doimo vaqtli yoki sabab-oqibatli aloqada boladigan (bir-biriga nisbatan) borliq faktlari haqida xabar qiladi. Vaqtinchalik aloqa ikki tomonlama bolishi mumkin: faktlar haqiqatan ham bir vaqtdalik yoki ketma-ketlik munosabatlarida bolishi mumkin. Bir vaqtning ozida mavjud boladigan faktlar haqidagi xabarlar tavsif deb ataladi. Faktlar ketma-ket keladigan xabar bayon qilish deyiladi. Sabab-oqibatli munosabatlarda bolgan faktlar haqidagi xabarlar esa mulohaza deb yuritiladi. Ilk yoshda bola ravon nutqni eshitadi. Dastlab bu unga nisbatan aytilgan luqmalar, songra esa ertaklar, hikoyalar, kattalarning monologik nutqlari boladi. Ravon nutqdan til elementlari tovushlar, morfemalar, sozlar, gaplarni ajratib olar ekan, bola ravon matnda har bir til elementining ornini eslab qoladi, bu esa ilk yoshdan boshlab nutqdan oldingi mashqlar boshlanadigan til sezgilarini rivojlantirish jarayonini tashkil etadi.
Ma’lumki, ravon nutqda bolalarning boshqalar bilan voqeahodisalar ta’siri natijasida ozaro munosabati, aloqasi ifodalanadi. Bu ifoda bir yoki bir necha jumlalarda oz aksini topishi mumkin. Ravon nutqning shakllanishida bolaning tevarak-atrof bilan munosabati, muomala shakli katta rol oynaydi. Maktabgacha katta yoshdagi bolalarda ravon nutqni rivojlantirishda ancha-muncha tajriba, malaka va konikmalar mavjud bolganligini hisobga olib, ularda ravon nutqni shakllantirishda, avvalo, ertaklar matnini tinglashda nimalarga e’tibor berishimiz kerakligini aniqlab olishimiz zarur. Bular, avvalo, ona Vatan haqida dastlabki tasavvurlarni shakllantirishdan boshlanadi. Unda «Maktabgacha ta’lim muassasalari uchun dastur»da bolalarni buyuk siymolar, sarkardalar, ulug mutafakkirlar haqida bilim berish nazarda tutilgan. Ana shularning barchasi bolalarning milliy qadriyatlarimiz haqidagi bilimlarini aniqlash, mustahkamlash va kengaytirish asosida ravon nutqni rivojlantirishga yordam beradi.
Maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarni ijodiy hikoya tuzishga orgatish:
Mavzu: «Men yoqtirgan fasl»
Maqsad: Shaxsiy tajribaga asoslanib ravon nutqni rivolantirish mantiqiy rivojlanib boruvchi hikoya tuzish qobiliyatlarini rivojlantirish. Vazifalar: Shaxsiy hayot (tajriba)dan tugallangan hikoya tuzish malakasini shakllantirish, sabzavot va mevalar boyicha lugatini faollashtirish, topishmoqlar mazmuniga tushunishga orgatish, maqoldagi sozlarni aniq va burro aytish. Kutilayotgan natijalar: Shaxsiy hayot (tajriba)dan tugallangan hikoya tuzish malakasi shakllanadi, hikoya toqishga qiziqish uygonadi, topishmoq, maqollar mazmunini tushunib oladilar. Kerakli jihozlar: Tort faslga oid katta rasmlar, tort faslga oid qirqma rasmlar. Mashgulotning borishi. Tarbiyachi: Bolalar hozir qanday fasl? (Qish) Qish faslida qanday ozgarishlar roy beradi? Sizga qaysi fasl koproq yoqadi? Nima uchun yoqadi? Bugun biz «Men yoqtirgan fasl» mavzusida qisqa va tugallangan hikoya tuzishni organamiz. Kelinglar, bolalar hozir biz kichik guruhlarga bolinib olamiz. Bir yilda nechta fasl bor? (4ta fasl). Demak, biz tort guruhga bolinamiz. Bolalar guruhlarga bolinish uchun bahor, yoz, kuz va qish fasllari tasvirlangan suratlarning qirqma bolaklarini oladilar. Ular oz fasllariga tegishli tasvirlarning qirqma bolaklarini yigish bilan guruhlarga bolinib oladilar. 1-guruh bolalari bahor faslini, 2-guruh bolalari yoz faslini, 3-guruh bolalari kuz faslini, 4-guruh bolalari qish faslining qirqma bolaklarini yigadilar. Natijada har bir guruhda katta fasl tasviri hosil boladi. Har bir guruh oz fasllari haqida hikoya tuzishlari kerak. Hikoya yakunida shu fasl haqida she’rlar, topishmoqlar aytishlari mumkin. Bolalar hikoya tuzishda qiynalsalar tarbiyachi hikoya namunasini beradi. Tarbiyachi: Men uchun sevimli fasl kuz. Kuzda shamol gir-gir esib turadi. Osmon toza va begubor boladi. Boglarda kuzgi mevalar pishib yetiladi. Paxtazorlarda paxtalar oppoq bolib ochiladi. Dala va boglarda ish qizgin boladi. Mevalar teriladi, kartoshka, piyoz, sabzi kabi sabzavotlar birin-ketin kovlanadi. Paxtalar teriladi. Bolalarning tuzgan hikoyalari boyicha guruhlar taqdimoti otkaziladi. Har bir guruhning tuzgan hikoyalari tinglanadi va rahbatlantiriladi. Tetiklashtiruvchi mashqlar Quyosh Erta tongda Quyosh turib Bolalarni erkalaydi, Boshlarini silaydi. Bilaklar ichki tarafi bilan bir-biriga tekkiziladi. Barmoqlar quyosh nurlari kabi keng yoyilgan holatda boladi. Tarbiyachi bolalarga fasllar haqida maqollar ayttirib mashgulotni tugatishi mumkin. 1. Qish gamini yozda ye. 2. Bahorgi harakat - kuzgi barakat. 3. Yozgi mehnat - qishgi rohat. 4. Yer haydasang kuz hayda, Kuz haydamasang yuz hayda. Bolalar bilimini tekshirish va mustahkamlash uchun savollar: 1. Bir yilda nechta fasl bor? 2. Siz qaysi faslni yoqtirasiz? 3. Mehnat haqida maqollar aytib bering. 4. Til tafakkur quroli va muomala vositasi.
Til millatning noyob xazinasi bolib, doimo ogzaki va yozma holda namoyon bolgan. Boy, yorqin, maroqli, nutq sozlayotgan kim bolishidan qat’i nazar, uning nuri hisoblanadi. Tilni olijanob imkoniyatlari nutq orqali, nutq jarayonida ochiladi. Nutq bolmas ekan tilning cheksiz imkoniyatlari yuzaga chiqmay qolaveradi. Soz va gazal sultoni A. Novoiy til va nutq munosabatlarini shunday izohlaydi. «Til shuncha sharafi bilan nutqning qurolidir. Agar nutq noma’qul bolib chiqsa tilning manfaatidir». Demak, til qanchalik zor bolmasin, u nutq uchun qurol sifatida xizmat qilarkan. Uning kuch qudrati nutq jarayonida namoyon bolar ekan. Agar til oq bolsa, nutq kamondir. Oqning qudrati, kamonning qudratiga ham bogliq. Buyuk bobomiz A. Novoiy sozga shunday baho berganlar. «Sozdirki, nishon berur olikka jondin, Sozdirki, berur jonga xabar jonondin. Insonki soz ayladi judo hayvondin, Balki, guhari sharifroq yoq ondin». Qadimgi sharq pedagogikasining ajoyib asarlaridan biri «Qobusnoma»da ham til va nutqqa alohida e’tibor berilganki, ular hozir ham oz ahamiyatini yoqotmaganini koramiz. Kaykovus barcha hunarlar ichida soz hunari notiqlikni a’lo deb biladi: «Bilinki hamma hunardan soz hunari yaxshi». Shuning uchun ham kishi suxandon va notiq bolishni ta’kidlaydi. Muallif notiqlikni egallashning yolini tinimsiz mehnat va organish deb uqtiradi. Hikoyat: «Shunday deb eshitdimki, bir kecha Xorun ar-Rashid bir tush kordi. Ya’ni ogzidagi hamma tishlari tokilib tushgan emish. Ertalab turib bir ta’birchini chaqirib bu tush ta’biri nima ekanini soradik. Ta’birchi dedi: Ey amir al momin sening huzuringda barcha qarindoshuruglaring oladi, sendan boshqa hech kishi qolmaydi». Xorun ar-Rashid dedi: «Mening yuzimga shunday dard anduh bilan tolgan sozni aytasanmi? Agar mening qarindoshlarim olsalar men nima ish qilaman? Va qanday qilib kun kechiraman? - deb ta’birchini yuz tayoq urishga buyurdi. Songra boshqa bir ta’birchini chaqirdi va tushining ta’birini soradi. Ta’birchi dedi: Ey amir al momin, sening umring barcha qarindoshlaringning umridan uzun boladi. Xorun ar Rashid dedi: «Barcha aqlning yoli birdir va ikkovining ta’biri bir yerdan chiqadi, ammo yuqoridagi ta’birchining iborasi bilan keyingi ta’birchining iborasi orasidagi farq kattadir», dedi va Xalifa keyingi ta’birchiga yuz tilla berishini buyurdi. Ey farzand, sozingni yuzi va orqa tomonini bilgin, ularga rioya qilgin. Sozlaganda ma’noli gapir, bu notiqlikning alomatidir. Agar gapirgan vaqtingda sozing qanday ma’noga ega ekanligini bilmasang, qushga oxshaysan, bunday qushni toti deydilar. Toti ham sozlaydi, ammo sozining ma’nosi bolmaydi. Shunday kishini notiq (suxangoy) deymizki, uning har bir sozi xalqqa tushunarli bolsin va xalqning har sozi unga ma’lum bolsin. Bunday kishilar oqil (aqlli) lar qatoriga kiradi. Bilgan sozingni oz joyila ishlatgin, vaqtni bekor otkazmagin. Agar vaqtni bekor otkazsang, donishmandlikka putur yetkazgan bolasan. Hamma vaqt togri gapir, be’sanilikni da’vo qilguvchi bolmagin, bilmagan ilmdan gapirmagil, shunda ilmdan non talab qilma. Har qanday talabing bolsa, bilgan ilm, ma’rifat va hunardan hozir boladi. Bilmagan ilm, ma’rifat va hunarni bilmagan deb da’vo qilsang nech narsa hosil bolmaydi va behuda zahmat chekasan. Har bir sozga quloq sol, tezlik qilma. Oylamasdan sozlama. Har bir sozni oylab gapir, xato aytgan gapingdan pushaymon bolmagaysan (Qobusnomadan).
XULOSA
Ta’lim va tarbiya muammosi juda qadimdan mavjud. U orta asrlardagi garb va sharq mutafakkirlarining asarlarida korib chiqilgan. Osha davrlarning buyuk mutafakkirlari Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Yusuf Xos Hojib, Ahmad Yugnakiy, Jaloliddin Dovoniy, Alisher Navoiy va boshqalar feodal zulm va mutaasib ruhoniylarning qattiq qarshiligiga qaramasdan jahon fani, madaniyati, maorifiga beqiyos hissa qoshdilar. Otgan davrlarda mehnatkashlaring oz munosabatlarini uning yoshlarga tarbiyaviy ta’sirini yanada kuchaytirish maqsadida yolga qoyish borasidagi tajribalarini nafaqat xalq pedagogikasining qator shakllari, usullarini qayta tiklash uchun, balki shaxsni shakllantirishni boshqaruvchi obyektiv umumiy ijtimoiy qonunlar, xalq turmush tarzini tushunish uchun ham organish lozim.
N u t q - bu tilni ishga solish jarayonidir (I.A.Zimnyaya, V.M.Solnsev). Sub’yektning nutqiy faoliyati ichki vosita va uni amalga oshirish usullari sifatida til va nutqni oz ichiga oladi.
N u t q - bu psixik hodisa, kishilarning shaxslararo ozaro muayyan hamkorligi sharoitida rivojlanadigan, individual xususiyatlarga ega bolgan shaxs mulkidir. U tildan farqli ravishda ijtimoiy-tarixiy sharoitlarda rivojlanadigan xalq ijtimoiy mulki hodisasidir. Lingvistika, psixofiziologiyaga doir ishlar zamonaviy tadqiqotlarda nutq semantikasi masalasi birinchi oringa qoyilishi (T.N.Ushakova, A.M.Shaxnorovich), ushbu muammolar boyicha sinov ishlanmalariga qiziqish ortib borayotganligi haqida soz yuritish imkonini beradi. Nutqiy faoliyat mexanizmlarini organuvchi psixofiziologik tadqiqotlar fanning qiziqarli va istiqbolli yonalishi hisoblanadi.
Har bir nutqiy vazifa ustidagi ishlaming ustuvor yonalishlarini ajratar ekanmiz, ulaming barchasi ozaro bogliqlikda va yaqin ozaro hamkorlikda ishtirok etishini ta’kidlash lozim. Tilning asosiy harakatlarini: tilni yuqoriga kotarish, pastga tu- shurish, tilni ogiz burchaklariga yonaltirishni mustaqil bajarishga orgatish. (lablar,til, til uchi, til kuragi, tilning orqa qismi, tishlar, tanglay, tovush, ogiz, lablar, tishlar va til, tanglay) haqida quyidagi- cha ma’lumot berish.
Ravon nutq bu kishilarning muloqotini va ozaro bir-birlarini tushunishlarini ta’minlovchi mazmunan keng yoyilgan fikrdir. Ravon nutqni fikrlar dunyosidan ajratib bolmaydi: ravon nutq bu fikrlar ravonligidir, unda bolaning mantiqiy fikrlash, ozi qabul qilayotganlarini mulohaza qilish va ularni togri ifodalash qobiliyati aks etadi. Ravon nutqni shakllantirish, uning vazifasini ozgartirish murakkablashib borayotgan bola faoliyati oqibati bolib, u bolaning atrofdagilar bilan muloqotga kirishish sharoiti, muloqot shakliga bogliq boladi. Maktabgacha yoshda u muloqot va ta’lim jarayonida shakllanadi. Ravon nutqning shakllanishi ilk yoshdan boshlab asta-sekin roy beradi. Bolalar hayotining dastlabki yetti yilida atrofdagi kishilar bilan muloqot vositasi sifatida nutqning paydo bolishi va uni rivojlantirish jarayoniga alohida e’tibor qaratish zarur. Har bir kishi hayotida ravon nutq muhim ahamiyatga ega bolib, u uchta asosiy vazifani bajaradi: individuallararo, ichki individual va umuminsoniy.
Til tafakkur mahsulining hayotga tatbiq etilish vositasi boluvchi qudratli quroldir.
Do'stlaringiz bilan baham: |