II Bob. MTTda ravon nutqni rivojlantirish metodikasi
2.1 MTTda bolalar nutqidagi kamchiliklarni aniqlash va togrilash
Bolalarning nutqi kattalar nutqi asosida rivojlanib boradi. Nutqni togri shakllanishi atrofdagilar nutqiga, nutqiy tajribasiga, togri nutq muhiti va ta’lim-tarbiyasiga bogliq.
Nutq tugma qobiliyat emas, balki hayot davomida bolaning jismoniy va aqliy rivojlanishi bilan parallel ravishda shakllanib boradi. Nutq buzlishlarini organish, tushunish uchun bola nutqining normal rivojlanish yolini, bu jarayonning oziga xos xususiyatlarini, nutqning muvaffaqiyatli shakllanishida katta rol oynovchi sharoitni bilish lozim.
Bunda tashqari bola nutqining rivojlanish davrlarini aniq bilish zarur. Bu esa nutqning rivojlanishi jarayonidagi u yoki bu kamchiliklarni oz vaqtida bilish va aniqlash uchun kerak boladi.
G.I.Rozengrad-Pupko bolada nutqni rivojlanishini ikki davrga ajratadi: 1.tayyorlov davri (2 yoshgacha); 2.nutqning mustaqil shakllanish davri. A.N.Leontev bola nutqining shakllanishini 4 davrga ajratadi:
1. Tayyorgarlik davri-bola tugilganidan bir yoshgacha;
2. Bogchagacha bolgan davr -3 yoshgacha;
3. Maktabgacha bolgan davr- 7 yoshgacha;
4. Maktab davri.
Bola tugilgan daqiqadan boshlab ovoz chiqaradi. Bu ovoz qichqiriq va yigidan iborat boladi. Togri, bu ovoz odam nutqidan uzoq. Lekin ana shu qichqiriq va yigi nutq apparatining 3 bolimi (nafas olish, ovoz hosil bolish, artikulyatsion) rivojlanishida katta rol oynaydi.
Xalqning aniq maqsad sari xarakat qilishi, davlatmand bolishi, baxtli bolib izzat hurmat topishi, jahongir bolishi yoki zaif bolib xorlikka tushishi, baxtsizlik yukini tortishi, e’tibordan qolib, ozgalarga tobe va qul, asir bolishi ularning oz ota onalaridan bolalikda olgan tarbiyalariga bogliq.8
Ikki hafta otgach, bola gapirayotgan odamning ovoziga e’tibor bera boshlaydi. Bir oyligining oxiriga borib, uni mayin qoshiq (alla) ostida tinchlanishi mumkin bolib qoladi.2 oylik atrofida gu-gulash, 3-oyning boshida boginlarning talaffuzi paydo boladi. Bunda tovushlar birikmalari aniq artikulyasiya qilinmaydi.Bola 5 oyligida tovushlarni eshitadi. Atrofdagilarning lablari artikulyatsion harakatini korib unga taqlid qilishga harakat qiladi. Bolaning qandaydir aniq harakatlarni kop marotaba takrorlashi harakat konikmasining mustahkamlanishiga olib keladi. 6 oyligidan boshlab bola taqlid qilish orqali ba’zi boginlarni talaffuz eta boshlaydi.
Ikkinchi yarim yillikda bola ba’zi bir tovushlar birikmasini idrok qila boshlaydi va ularni predmetlar yoki harakatlar bilan boglaydi. Bola 7-9 oyligida kattalar ketidan turli xil boginlarni qaytara boshlaydi. 10-11oyligida sozlarning oziga reaksiya paydo bola boshlaydi (vaziyat va gapirayotgan kishining intonatsiyasidan qat’i nazar).
Ikkinchi davr-bogchagacha bolgan davr. (1yoshdan 3 yoshgacha). Bolada birinchi sozlar paydo bolgandan song, tayyorlov davri tugab, aktiv nutqni egallash davri boshlanadi. Bu vaqtda bola atrofdagilar artikulyatsiyasiga e’tibor beradi. U gapirayotganlar orqasidan sozlarni kop marotaba takrorlaydi va ozi ham sozlarni talaffuz qiladi. Bola hayotining 2-3 yiliga kelib, uning lugat boyligi sezilarli darajada boyib boradi.
Eng keng tarqalgan ma’lumotga kora bolalarning lugat boyligini bogchagacha bolgan davrda osishi quyidagi raqamlarni korsatadi:1 yoshu 6 oylikda-10-12 ta soz, 2-yilning oxiriga kelib 300 ta soz, 3 yoshga borganda -1000 ta soz.
Bola hayotining 3-yiliga kelib, nutqning grammatik tomoni shakllana boshlaydi. Avval bola oz xohish va iltimoslarini bir soz bilan ifodalaydi. Keyinchalik 1-2 ta sozdan iborat sodda jumlalar paydo bola boshlaydi.
Uchinchi davr maktabgacha bo`lgan davr (3 yoshdan 6 yoshgacha). Maktabgacha bolgan davrda bolalar birinchi navbatda artikulyatsion jihatdan oson talaffuz etiladigan: lab-lab, lab-til undoshlari p, b, m, f, v va boshqalarni organadilar. Artikulyatsion jihatdan etish qiyin bolgan: shivirlovchi, sirgaluvchi (s, z, sh, j, ch) va sonor (r, l), til orqa (k, g) tovushlarni talaffuzini egallashda qiynaladilar. Shuning uchun bolalar bu tovushlarni nutqda notogri qollaydilar yoki talaffuz etmaydilar.
Bu davrda lugat boyligining osishi davom etadi. Bolalarning 4-6 yoshida uning aktiv lugati 3000-4000 ta sozgacha yetadi. Lugat boyligi osib borishi bilan birgalikda nutqning grammatik tomoni ham rivojlanib boradi.
Bola hayotining 4-yiliga kelib, ular oz nutqlarida sodda va murakkab gaplarni qollay boshlaydilar. 5 yoshga kelib esa, qoshma gaplardan erkin foydalana oladilar. 5 yoshli bolalar qoshimcha savollarsiz hikoya va ertaklarni aytib berish qobiliyatiga ega boladilar.
Bu davrda fonematik idrok sezilarli darajada rivojlanadi. Bola avval unli va undoshlarni, song sonor, shovqinli va sirgaluvchi tovushlarni ajrata boshlaydilar. Normada 4 yoshli bola barcha tovushlarni ajrata olishi, unda fonematik idrok shakllangan bolishi lozim. Bu vaqtga kelib tovushlarni togri talaffuzining shakllanishi tugallanadi va bola har tomonlama togri, aniq gapiradi.
Tortinchi davr- maktab davri (7 yoshdan 17 yoshgacha). Bu davrning oziga xos tomoni shundaki, bolalar nutqining rivojlanishi oldingi davrladagiga nisbatan ongli ravishda roy beradi. Bu davrda bolalar tovushlar analizi, nutqning grammatik qonuniyatlarini egallaydilar. Bu davrda nutqning yangi turi yozma nutq yetakchi rol oynaydi. Bolada nutqning normal rivojlanishi, unga doimo yangi tushunchalarni ozlashtirib olishga, tevarak-atrof haqidagi bilim va tasavvurini kengaytirishga imkoniyat yaratadi. Shunday qilib, nutq, uning rivojlanishi tafakkurning rivojlanishi bilan uzviy bogliqdir.
Har bir nutqiy vazifa ustidagi ishlaming ustuvor yonalishlarini ajratar ekanmiz, ulaming barchasi ozaro bogliqlikda va yaqin ozaro hamkorlikda ishtirok etishini ta’kidlash lozim. Tilning asosiy harakatlarini: tilni yuqoriga kotarish, pastga tu- shurish, tilni ogiz burchaklariga yonaltirishni mustaqil bajarishga orgatish. (lablar,til, til uchi, til kuragi, tilning orqa qismi, tishlar, tanglay, tovush, ogiz, lablar, tishlar va til, tanglay) haqida quyidagi- cha ma’lumot berish. Tovush hosil qilishda ishtirok etadigan turli a’zolarning ahamiyati: 1. Nafas apparati. 2. Bogiz (hiqildoq) boshligi. 3. Ogiz boshligi (til, tanglay, kichiktil, tish, va lablar). 4. Burun boshligi (tovush ohangiga alohida tus berishda ishtirok etadi). Diksiya - talaffuz tarzi, talaffuzni aniq ravshanligi darajasi. 0 ‘qituvchi uchun togri talaffuz eng kerakli qurol. Chunki eshitayot- ganlar tushunishi uchun - talaffuz ravon, har bir bogin, soz va to- vushlami aniq aytishi kerak. Ritmika - ovoz maromi yoki vazni. Ba’zi bir sozlamifig boginlaming talafifiizi, ulaming tezligini nutq suratini tashkil etadi. Ovoz tezligi har bir oqituvchining fazilati. Nutq mazmuni muomala vaziyatiga bogliq. Pauza - temp va nutqning yoqimli boMishi nutq ohangini tashkil etadi. Monotonnost (bir ohangda nutq zerikarli bolib qiziqish va diqqatni pasaytiradi).
Amaliy natija bilan mustahkamlangan oz mevasi, xosilini berayotgan islohot odamlarning qalbiga, yuragiga tez kirib boradi. Va bunday islohotni, bunday shiddatli jarayonni hech kim, hech qanday kuch toxtata olmaydi.9
1-mashgulot: Mavzu: «Quvnoq tilcha haqida ertak». Maqsad: Bolalarga ogiz, lablar, tishlar va til, tanglay haqida tu- shunchalarini mustahkamlash. Tilning asosiy harakatlarini bolalar Ы- , lan birgalikda bajarish: tilni yuqoriga ko‘tarish, pastga tushurish, tilni og‘iz burchaklariga yo‘naltirish. Vazifalar: Mashg‘ulot vaqtida har bir bolani diqqat-e’tibor bilan kuzatib, mashqni qanday bajarayotganini tekshirib turish. Kutilayotgan natijalar: Bolalaming gapirishimiz uchun bizga nimalar yordam beri- shi (lablar, til uchi, til kuragi, tilning orqa qismi, tishlar, tanglay, tovush, ogiz, lablar) haqidagi tushunchalari yanada mustah- kamlanadi. Tilning asosiy harakatlari: tilni yuqoriga kotarish, pastga tushurish, tilni ogiz burchaklariga yonaltirishni mus- taqil bajara oladilar. Bolalar bilimlarini kengaytirishga yonaltirilgan, ishtirok etishga moljallangan interfaol usullar: Aqliy faujum. Qisqa hikoya. Savol-javob. Tetiklashtiruvchi mashqlar. Kerakli jihozlar: «Quvnoq tilcha haqida» ertagi bilan ishlashni molj allash. Mashgulotnmg borishi.Tarbiyachi: Bolalar, qani ayting-chi: «Biz nima orqali gapiramiz?» (ogzimiz bilan). Togri, ogzimiz orqali. Ogzimiz uychaga oxshaydi. Bu uychada nima yashaydi? Togri, til. Til haqida ertak eshitganmisiz? Qani eslab koring-chi. Til uychada yashaydi. U yashaydigan uychaning eshigi bor-a? Uning uychasida bitta eshikcha emas, balki ikkita eshikcha bor edi. Birin- chi eshigi-lablar, ikkinchi eshigi -tishlar. Bu uyning shifti ham bor edi. Bu nima deb atalar edi? Togri, tanglay. Biz gapirmaganimizda uychaning ikkala eshikchasi yopiq boladi va tilcha korinmaydi. Hammangiz ogzingizni yoping va bir-biringizni ogzingizga qarang. Tilcha qorongida otiraverib zerikib, kochaga chiqib sayr qilib kel- moqchi boladi. Avval til uchini chiqarib, havo qanday ekanligini bilib olmoqchi boladi. Kelinglar, hammamiz shunday qilamiz (tarbiyachi bolalarni bu harakatni qanday bajarayotganliklarini tekshirib chiqadi). Mana, qanday keng tilcha, hammangiz bir-biringizga qaranglar. Birdan qattiq shamol esdi, tilcha burishdi. Ingichka bolib oldi, songra butunlay uychasiga yashirinib, uxlash uchun karavatchasiga chozildi(bolalami tekshirish).Uyqudan uygongan tilcha mashq qilmoqchi boldi, yuqoriga kotarila boshladi.(yuqoridagi tishlar orqasiga), songra pastga tushadi (pastki tishlar orqasiga) (tarbiyachi har bir bolani tekshiradi). Tilcha avval mashqni sekin-sekin bajaradi, songra tez-tez sakray boshladi. U sakraganda shiftga yetay- yetay dedi, sakrab shiftni til uchi bilan silab qoydi.Tilcha mashq qilib bolgach, yana kochaga chiqmoqchi boldi. Kochaga chiqib zinapoyaga otirdi(tilning keng oldingi qirrasini pastki labga qoyish, bolalar bu harakatni bajarayotganlarida pastki lablarini qiyshaytirmasinlar, pastki tishlarga tegizmasinlar). Bir ozi otiraverib zerikdi, oynash uchun kochada hech kim yoq edi. Bolalar yoqmikin, deb tilcha avval ong tomonga, songra chap tomonga qaradi. Hech bir bola yoq edi. Bolalarni qidirib uyining atrofida yugura boshladi(til ogiz atrofida aylanma harakat qiladi). Birga oynash uchun sherik topdi, sevinganidan sakradi, va tili bilan cholpillatdi tilni tanglayga yopishtirib, uchi bilan cholpillatadi (bolalar tekshiriladi). Tilcha mazza qilib sayr qilganidan song uyiga ketdi va ikkala eshikni yopdi. Uychasining eshiklari oddiy emas, ikki qavatli. Bular - lablar. Mana yuqorigisi, mana pastkisi (korsatadi). Lablar ham kop harakat qila oladilar. Mana ular kop harakat qilib jilmayishdi. Kelinglar hammamiz jilmayamiz, songra ular nimagadur achchiqlandilar va oldinga naychaga oxshab chozildilar (tekshirish). Songra lablar biroz ochilib, ikkinchi eshikni korsatishdi (tarbiyachi tishlarini korsatadi). Mana yuqorigi tishlar, mana bu pastki tishlar. Hamma eshiklami yopamiz, tilcha juda ham charchadi, uning dam olgisi kelyapti. Jismoniy daqiqa. Bolalar, yana bizning ovozimiz ham bor-a! U ham uychada yashaydi. Biroq uning uychasi ogizda emas, boyi.ida (korsatadi). Ba’zan ovoz uxlaydi va sekingina pishillaydi, uning pishillashi eshitilmaydi (tarbiyachi «s» tovushini talaffuz etadi Songra bolalar «s» tovushini talaffuz etadilar.Qollarining orqa tomonini boyinlariga qoyib, ovoz uxlayaptimi yoki yoqmi, tekshirib koradilar). Ovoz uyqudan turgandan keyin ashula aytadi. U shunday ovozda ashula ay- tadiki, hatto uychaning devorlari titray boshlaydi (bola «z» tovushini boyinga qol kaftining orqa tomonini qoyib talaffuz etadi. Bu bilan ovoz uxlayaptimi yoki yoqmi, tekshiriladi. Xuddi shu tariqa bolalar ikki - uch marta «s» va «z» tovushini navbatma-navbat talaffuz etadilar va tovush uxlayaptimi yoki ashula aytyaptimi aniqlashadi. Bolalar, bugun biz kop narsalami bilib oldik. Mashgulot bolalarni ragbatlantirish bilan yakunlanadi. Bolalar bilimini tekshirish va mustahkamlash uchun savollar: Demak, gapirishimiz uchun bizga nimalar yordam beradi? (lablar, til, til uchi, til kuragi, tilning orqa qismi, tishlar, tanglay, tovush)
2-mashg‘ulot: Mavzu: «О» tovushini talaffuz qilish Maqsad: • «О» tovushi bilan tanishtirish. Vazifalar: • «О» tovushini talaffuz qilishga o‘rgatish • «О» tovushining unli tovush ekani haqida tushuncha berish, uning so‘z boshi, o‘rtasi va oxirida kelishini aytish, uning to‘g‘ri talaffuzini o‘rgatish, • «О» tovushli so‘zlar bilan bolalar nutqini boyitish. Kutilayotgan natijalar:. • «О» tovushining unli tovush ekanligini, uning so‘z boshi, o‘rtasi va oxirida kelishini bilib oladilar. • «О» tovushli so‘zlar ayta oladilar. Kerakli jihozlar: • «О» tovushi bor suratlar, kubik: bir tomoniga labning ochiq holati rasmi yopishtirilgan, boshqa tomonlariga unli harflar yopishtirilgan. • Mashg‘ulotning borishi: Tarbiyachi bolalaming tovushlar haqidagi bilimini aniqlash va mustahkamlash uchun savollar beradi. 1 Tovushlami nima qilamiz? (tovushlami talaffuz qilamiz va eshitamiz) Tarbiyachi bolalar javoblarini umumlashtiradi: nutq tovushiari 2 xil boladi: unli tovushlar va undosh tovushlar, tovushlami ay- tamiz, eshitamiz. Bugun biz «О» unli tovushi bilan tanishamiz. «О» tovushini talaffuz etganimizda quyidagi holat yuz beradi: Lablar aylana shaklida (dumaloqlangan) va bir oz oldinga chiqadi, tishlar dumaloqlangan lablar bilan berkiladi, til ildizi bir oz yuqori- ga kotariladi, yumshoq tanglay tomoqning orqa devoriga siqilgan bolib, burun yollarini yopib turadi, havo oqimi ogiz boshligi orqali otib ketadi, tovush boylamlari boglangan bolib, tebranadi va tovush hosil boladi. Unli tovushlar tosiqqa uchramaydi, choziq aytiladi. Unli tovushni biz qizil rangda belgilaymiz (qizil kvadrat shaklni korsatiladi). Ku- biklaming (tarbiyachi kubikni korsatadi) bir tomoniga labning ochiq holati rasmi yopishtirilib belgilanadi. Siz kubiklami oynayotganingizda bilingki, kubikning bir tomoniga labning ochiq holati rasmi yopishtirilib, qolgan tomonlarda harflar korsatilgan bolsa, demak, bu kubikdagi harflar unli harflar boladi. Mana qarang, kubikning bir tomoniga labning ochiq holati rasmi yopishtirilib, boshqa tomonida «О» harfi yopishtirilgan. Demak, «О» harfi unli tovush ekanligini bildiradi. Xattaxta tagligiga uy hayvonlari rasmi terib qo‘yiladi (qo‘y, echki, sigir, buzoq, ot) va quyidagicha suhbat orqali ot so‘zi ajratib olinadi. - Uy hayvonlari nomini ayting. (qo‘y, echki, sigir, ot) Ular nima uchun uy hayvonlari deyiladi? (chunki ulami uyda odamlar boqadi, parvarishlaydi) Shu hayvonlaming qaysi biri nomida «О» tovushi bor? Aytib ko‘rib aniqlang-chi? (tarbiyachi o‘zi aytib yordam beradi: o-o-o t.) (Ot so‘zida «О» tovushi bor). - «О» tovushini talaffuz qilib, uning qanday tovush ekanini aniqlang. (o-o-o - о unli tovush ekar.) - Qayerdan bildingiz? ! - «О» tovushi to‘siqqa uchramayapti, cho‘ziq aytilyapti. To‘g‘ri: «О» tovushi cho ziq aytilyapti, unli tovush. Ot so‘zida «О» tovushi so‘zning boshida kelyapti, «О» tovushi so‘z o‘rtasida ham, oxirida ham keladi. Maialan: sado, non. Jismoniy daqiqa. Tarbiyachi bolalarga «Rasmni top» o‘yinini taklif etadi. Buning uchun tarbiyachi bolalami uch guruhga bo‘ladi: 1-guruhga «О» tovushi bilan boshlanadigan predmetlar rasmlarini topish, 2-guruhga «О» tovushi bilan tugaydigan predmetlar rasmlarini, 3-guruhga «О» tovushi so‘z o‘rtasida kelgan predmetlar rasmlarini topish aytiladi, qaysi guruh o‘ylanib, belgilangan muddatda so‘z topa olmasa, o‘yindan chiqadi. O‘yinni oxirigacha davom ettirgan guruh g‘olib sanaladi. Bolalar uchun amaliy ish. Tez aytish: Oqqush ко’Ida suzadi, Oppoq bo‘yin cho‘zadi Mashg‘ulotga faol qatnashgan bolalar rag‘batlantiriladi. Bolalar bilimini tekshirish va mustahkamlash uchun savollar Bugun qaysi tovush bilan tanishdik? U qanday tovush ekan? Bu tovushni nima qilamiz? Biz tovushlami nima uchun organamiz? Qaysi tovushlar unli tovushlarga kiradi?
Do'stlaringiz bilan baham: |