Urganch davlat universiteti pedagogika fakulteti maktabgacha ta’lim metodikasi kafedrasi


Mashg`ulotdan tashqari vaqtda badiiy adabiyotdan foydalanish



Download 56,05 Kb.
bet3/9
Sana18.07.2022
Hajmi56,05 Kb.
#818823
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Ramatova Donaxon Kurs ishi

Mashg`ulotdan tashqari vaqtda badiiy adabiyotdan foydalanish


Mashg`ulotdan tashqari o’qish, o’qish samaradorligini ijobiy tomonga ta’sir qilishning eng qulay usuli. Demak maktab kutubxonasi, bolalar gazeta va jurnallari bilan hamkorlik qilishdir.
Mashg`ulotda va mashg`ulotdan tashqari o’qish boshlang’ich mashg`ulotlarda o’qitiladigan barcha predmet dasturlarining bolimlari bilan bevosita bog’liq. O’z navbatida grammatika va to’g’ri yozuv, tabiatshunoslik, tasviriy san’at, musiqani o’rganishda olingan bilim va hosil qilingan ko’nikmalar o’qish darslaridan o’qish darslarida foydalaniladi. O’qish darslarida o’tilgan mavzular asosida badiiy kitoblar axtarish, asar qahramonlarining nomlarini yozish, ularni tasvirlab berish, ijodiy rasm ishlash, fikrni yakunlash uchun mos maqollar yod olish o’quvchini ijod qilishga undaydi.
Har bir mashg`ulotda mashg`ulotdan tashqari o’qilgan barcha asrlar o’quvhilarga mos ravishda biror voqeani sahnalashtirish mumkin. Bu boladagi nitqni rivojlantirishga, lug’at boyligini oshirishga yordam beradi. Shuningdek sahnalashtirilgan asarni tomosha qilgan o’quvchining diqqati oshib xotirada saqlash qobiliyati o’sadi. Hatto sahnalashtirisho’quvchini har tomonlama yo’naltiradi, ya’ni aktyorlik qobiliyatini rivojlantiradi, suxandonlik, rejissorlik kabi kasblarga ilk tasavvurlarni o’rgata boshlaydi. Asarni sahnalashtirish davrida albatta o’qituvchi rahbarlik qiladi. O’quvchilar ifodali, obrazli, shuningdek qahramonlar harakatini to’g’ri bajarishlari, o’qishlari o’quvchilarda zavq-shavq uyg’otib kitobga, badiiy asarga havas, uni o’qib o’rganishga intilish uyg’otadi.
Asarlardagi obrazlar haqida gapirilayotganda, ularning holat-larini imo-ishora, yuz ifodasi, harakatlar orqali bayon qilishga o’rgatiladi.
Tarbiyachi badiiy asarlarni shunday o’qib yoki hikoya qilib be-rishi kerakki, u bolalarni o’ziga jalb qila olsin, bolalar asardagi obrazlarning siymolarini ko’z oldiga keltirib, tasavvur qila olsinlar va hayajonlansinlar.
Tarbiyachining badiiy asarlarni o’qib yoki hikoya qilib berish-ga tayyorgarligi muallifning nima demoqchi ekanligini yoki xalq ertaklarining g’oyaviy mazmunini, unda ishtirok etuvchilarning xarakter va o’zaro munosabatlarini aniqlashdan boshlanadi.
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar uchun yozilgan asarlarda qahramonlarning xarakteridagi xususiyatlardan biri ajratib ko’rsa-tiladi. Masalan: „Quyonning uychasi" ertagida tulki ayyor, kuchsiz-lar ustidan hukmronlik qiluvchi, xo’roz esa botir, topqir, kuch-sizlarni himoya qiluvchi sifatida tasvirlanadi.
Asar shunday tarzda muhokama etib olingach, uni ifodali bayon ztish ustida ishlanadi. Bu uch yo’nalishda olib boriladi: 1) emotsi-onal va obrazli ifodalilik, intonatsiyaning xilma-xilligi va boyligi ustida ishlash; 2) asarning ayrim qismlari o’rtasiga mantiqiy urg’u qo’yish; 3) aniq va to’g’ri talaffuzni hosil qilish; har bir so’zni to’g’ri talaffuz etishga erishish kerak, shundagina bola-lar uni to’g’ri idrok etadilar.
Tarbiyachi bunday tayyorgarlik jarayonida adabiy asarning g’oyaviy mazmuniga tushunib yetadi va matnni esda saqlay oladi, o’zining kichik tinglovchilari bilan erkin muloqotda bo’ladi va uning nut-qi ravon, aniq bo’lib, ishonchli chiqadi, aytilayotgan so’z ishonar-li, ta’sirchan, bolalar uchun tushunarli bo’ladi.
Agar tarbiyachi bolalarga tanish bo’lgan asarni o’qib yoki hikoya qilib bermoqchi bo’lsa, ilgari uni bolalarga yetkazish ustida yetar-li darajada ishlagan bo’lsa, u vaqtda mashg’ulotga quyidagicha tayyor-lanadi: asar matnini va ilgari Hosil qilingan ifodali o’qish vositalarini yodiga tushirish maqsadida uni bir necha marta ovoz chiqarib o’qiydi, mashg’ulot rejasini tuzadi. Mashg’ulot rejasida asarni bolalarga qanday yetkazish - o’qib berish yeki hikoya qilib berish usuli ko’rsatiladi.
Dastur mazmunida tarbiyachi kitobdan foydalanishning ta’lim va tarbiyaviy maqsadlarini belgilab oladi, bolalarni qanday yangi so’zlar bilan tanishtirishni ko’rsatadi.
Tarbiyachi tomonidan o’qib yoki hikoya qilib berish uchun tan-langan badiiy asarlarning g’oyaviy mazmuni bolalarga tushunarli bo’lsa, ularning yuragiga yetib borsa, asar o’zining tarbiyaviy roli-ni bajargan bo’ladi.
Brlalar maktabgacha tarbiya davrida jismoniy va aqliy rivoj-lanishda katta yo’lni bosib o’tadi. Har bir yesh guruhidagi bolalar-ning o’z qiziqishlari va qabul qilish imkoniyatlari bo’lib, kichik yoshdagi bolalarga tushunarli va qiziqarli bo’lgan asar katta yoshda-gi bolalarga ham qiziqarlidir.
Masalan: „Oltin tarvuz", „Ovchi", „Ko’kcha va Dono", „Quyon-jon va Laylakxon", „Tulki bilan tovus" kabi o’zbek xalq ertakla-ri, A. Oripovning „Bobo va nabira", L. Tolstoyning „Ikki o’rtoq" asari va boshqalarni hamma yoshdagi bolalar zo’r qiziqish bilan tinglaydilar ea esda olib qoladilar. Ammo G.. X. Andersenning „Qor malikasi", aka-uka Grimmlarning „Qorqiz", V. V. Mayakovskiy-ning „Kim bo’lsam ekan?" kabi asarlari; „Zumrad va Qimmag", „Qarg’aboy" kabi o’zbek xalqertaklari, Navoiyning bolalarga mos hikoyalari, Yusuf Xos Hojibning „Qutadg’u bilik", Sa’diyning „Guliston va Bo’ston", Boburning „Boburnoma" asarlaridan olin-gan hikoyatlar va parchalar 6 yoshli bolalarda emotsional his-tuyg’u-larni vujudga keltiradi, ularni o’ylashga, muhokama qilishga, qahramonlarning xatti-harakatlarini baholashga undaydi, biroq 3-4 yoshli bolalarda hech qanday munosabatni vujudga keltirmaydi.
3 yoshli bolalarni bu asarlarni tinglashga o’rgatish mumkin, ammo ular asarning g’oyaviy mazmunini tushunish qobiliyatiga ega emasliklari sababli bu zarardan boshqa narsani keltirmaydi. Mana shu jihatlarni hisobga olgan tarbiyachi asar tanlashda, mashg’ulotga tayyorlanishda „Bolalar bog’chasida ta’lim-tarbiya dasturi"ga asosla-nishi zarur.
Bolalar bog’chasining tarbiyachisi yozuvchi va bolalar o’rtasida vositachi bo’lib hisoblanadi. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar o’kuvchi emas, tinglovchidirlar. Bolalar tomonidan badiiy asarlar-ni qanday idrok qilish tarbiyachiga bog’liq.
Tarbiyachi asarni qanchalik ifodali, mazmunli o’qisa, bolalar shunchalik diqqat bilan tinglaydilar, uning mazmunini yaxshi tu-shunadilar. Badiiy asarlar tarbiyachi tomonidan kitobdan o’qib be-rilishi, kitobsiz yoddan aytib berilishi, hikoya qilib berilishi mumkin. Asar mazmunini bolalarga yetkazish asar janriga va ting-lovchilarning yoshiga bog’liq.
Xalq ertaklarini - xalq og’zaki ijodiyoti namunalarini bo-lalarga kitobdan o’qib bermasdan, hikoya qilib bergan ma’qul.Tar-biyachi dastur asosida o’qib berishi yoki hikoya qilib berishi uchun asar tanlagach, asarning g’oyaviy mazmuni va uning tili bolalarga tushunarlimi yoki yo’qmi, shuni oldindan tasavvur etishi kerak. Agar tarbiyachi ulardagi ayrim ifodalar, so’zlar bolalarga tushunarli emasligini taxmin qilsa, u holda muallifning bayon etmoq-chi bo’lgan fikrlarini bolalar tomonidan idrok etish qiyinlasha-di. Mana shunday hollarni oldindan bilgan tarbiyachi bolalarga ma’-nosi tushunarsiz bo’lgan so’zlarni quyidagi usullar yordamida tushuntirishi lozim: asarni hikoya qilayotgan vaqtda to’xtalmasdan (uzoq pauza qilmasdan), yangi so’zni sinonimi bilan yeki qisqa jumlalar bilan tushuntirishi kerak. Masalan, K. D. UshinskiYning
„Sabr qilishni o’rgan" nomli asarini o’qib berishda „g’o’ra" so’zi uchraydi, bu so’z hammaga tushunarli bo’lavermaydi, shu sababli tar-biyachi bu so’zni o’qiyotganda bolalarga tushunarli bo’lgan „xom" so’zi-ni ishlatadi. Demak, tarbiyachi bolalarni badiiy asarlar bilan ta-nishtirishdan avval asardagi ayrim so’zlarni, ya’ni bolalar tushuni-shi qiyin bo’lgan so’zlarni qaysi so’zlar bilan almashtirishni belgilab oladi. Agar ayrim notanish so’zlar va jumlalar bolalarga muallifning asosiy fikrini idrok qilishlarigaxalaqit bermasa, u holda ushbu so’zlarning ma’nosini tushuntirish shart emas.
Asarlarni o’qish yoki hikoya qilib berish vaktida tushuntirish-lar, savollar berish va boshqalar bilan bolalar diqqatini chalg’i-tish kerak emas. Bolalarning tabiiy istaklarini qondirish uchun ular tushunmagan joyni takror o’qib berishi yoki asar hajmi uncha katta bo’lmasa, ikki yoki uch marta takroran o’qib berishi mumkin.
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar uchun mo’ljallab yezilgan asarlar rasmlar (illyustratsiyalar) bilan bezatilgan bo’ladi.
Rasmlar (illyustratsiyalar) asar matni bilan teng ahamiyatga ega bo’ladi, chunki bola o’zi o’qiy olmaydi, ya’ni kitob bilan rasm-lar orqali tanishadi. Shuni hisobga olgan tarbiyachi kitobdagi rasm-lar bilan tanishtirishni oldindan o’ylab qo’yishi kerak. Agar ki-tobdagi rasmlar uzoqtsan yaxshi ko’rinsa, bunday rasmlarni mash-g’ulot vaqtida ko’rsatish mumkin. Kitobning barcha sahifalarida rasmlar berilgan bo’lib, ularning tagiga rasmga taalluqli matn yozilgan bo’lsa, bunday kitoblarni o’qib berishning o’ziga xos ji-hatlari bor, ya’ni tarbiyachi avval rasmlarni (illyustratsiyalarni) ko’rsatadi, so’ngra shu rasmga taallukdi matnni yoddan o’qib beradi.
Agar o’qib berilayotgan matn mazmunini aks ettiruvchi katta hajmdagi (yirik) rasm bo’lsa, tarbiyachi uni bolalarga hikoya qilib yoki o’qib bergandan so’ng ko’rsatadi. Rasm kichik hajmda bo’lsa, mash-g’ulot vaqtida ko’rsatilmay, balki mashg’ulotdan keyin guruxda bo-lalar bilan birgalikda ko’rib chiqqan ma’qul. Tarbiyachi yuqorida bayon etilgan barcha qoidalarga qat’iy rioya qilishi, oldindan pux-ta tayyorlanib, so’ng mashg’ulot o’tkazishi kerak.



Download 56,05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish