Mavzu: Ushinskiyning pedagogik nazariyasi
- K.D.Ushinskiyning hayoti
- K.D.Ushinskiyning pedagogik nazariyasi.
- Ushinskiy “Rus tilini dastlabki o‘qitish” (1864) maqolasi haqida
K.D.Ushinskiy 1824 yil 19 fevralda Tula shahrida tug'ildi. Ushinskiy bolalik va o'smirlik davrlarini Chernigov gubernasiga qarashli Novgorod- Seversk shahri yaqinida bo'lgan ota-onasining katta bo'lmagan erida o'tqazadi. 22 yoshdan boshlab Ushinskiy Yaroslovldagi adliya litseyida enslikpodiya, qonun-shunoslik, davlat huquqi va moliya fanlari kafedrasida professorlik vazifasida ishlay boshladi. 1849-yillari o'z zamonasi uchun mashhur bo'lgan “Zamondosh (“Sovremennik”)” va “O’qish uchun kutubxona” (“Biblioteka dlya chiteniya”)” jurnallarida adabiy xodim bo'lib ishlaydi, chet tillarini (ingliz tili) o'rganadi. Chet tillardagi asarlarni rus tiliga tarjima qiladi. 1860-61 yillarda «Xalq maorifi ministrligi» jurnaliga rahbarlik qildi,
Konstantin Dmitriy Ushinskiy
Ushinskiyning fikricha, tarbiyaning vazifasi yoshlarni har tomonlama rivojlantirishdan iborat: tarbiyachi va o'qituvchilar tarbiyaning prinsipini, qoidalarini o'rganishlari kerak va shu bilan birga ana shu qoida va qonunlarni amaliyotga qo'llay bilishlari kerak.
Ushinskiy “Inson tarbiya predmeti sifatida” nomli asarida tarbiyaning psixologik asoslarini ishlab chiqdi. Bu asar pedagogik-psixologik asardir. Chunonchi, sezgilarning fiziologik asoslari: xotira, idrok, nutq, tafakkur kabi psixik jarayonlar va ularning rivojlanishi yoritilgan. Bu asarda psixik hodisalarning ro'y berishi haqida xulosalar chiqariladi.
Ushinskiy egoistlik, mansabparastlik, bekorchilik, g‘arazgo‘ylik, munofiqlik singari nuqson va kamchiliklarni qattiq qoralaydi. Ushinskiyning fikricha, axloqiy tarbiyaning vositalari quyidagilardan iborat bo‘lishi kerak:
- Ta’lim (axloqiy tarbiyada kitob va darsliklarni o‘rni;
- O‘qituvchining shaxsan namuna bo‘lishi (Ushinskiyning obrazli ifodalashicha, “bu narsa yosh qalb uchun quyoshning barakali nuridirki, uni hech bir narsa bilan almashtirib bo‘lmaydi”);
- E’tiqod;
- O‘quvchilarga mohirlik bilan munosabatda bo‘lish (pedagogik odob);
- ogohlantirish choralari;
- Rag‘batlantirish va jazolash.
Ushinskiy “Rus tilini dastlabki o‘qitish” (1864) sarlavhali maqolasida bir qancha qimmatli metodik ko‘rsatmalar berdi. Uning fikricha, o‘qitishning uchta vazifasi bor:
- bolaning nutqini o‘stirish;
- bolalarni rus tilinining boyligidan ongli suratda foydalanishga o‘rgatish va
- tilning mantiqini (grammatikasini) o‘zlashtirish. Bu uch vazifa bir vaqtda birlikda bajariladi.
Rossiyada o‘qishga o‘rgatishda tovush metodini joriy qilish va keng tarqatishda Ushinskiyning xizmati katta bo‘ldi.
E’tiboringiz uchun tashakkur
Do'stlaringiz bilan baham: |