Urganch davlat universiteti kimyoviy texnologiyalar fakulteti «kimyoviy texnologiyalar»



Download 1,38 Mb.
bet13/27
Sana04.07.2022
Hajmi1,38 Mb.
#739301
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   27
Bog'liq
texnologikl jarayonlarni loyihalash

Koketka chizig'i. Old va ort bo'laklar chizmasida oldin vitachkani bekitib, ti- povoy koketka chizig'i o'tkaziladi. Koketka chizig'i ort bo'lakda O3 nuqtasidan, old bo'lakda esa O2 nuqtasida o'tkazilgani ma'qul.
Old bo'lakda koketka chizig'i ko'krakning yuqori nuqtasidan 2,5-2 sm yuqoriroqdan o'tishi kerak bu chiziq asta - sekin simmetriya chizig'iga tushib, undan 2,5 - 3 sm ga o'tadi (koketkaning bir-biri ustiga o'tish kengligi). Tipovoy vitachkani tug'nag'ich bilan to'g'nab, belgilangan chiziqlar bo'ylab kiqiladi. O2 nuqta surilib yangi xolat O1/2 ga o'tadi. Shunday qilib, ko'krak vitachkasi koketka chizig'iga ko'chiriladi.
Old bo'lak yelka vitachkasini o'z o'rnida qoldirish mumkin. Lekin ba'zan gazlama guli buzilmasligi uchun ort bo'lak koketka detalining yelka vitachkasini ham koketka chizig'iga ko'chirish mumkin. Buning uchun yelka vitachka uchidan koketka chizig'igacha vertikal chiziq o'tkaziladi. Shu belgi chiziq bo'ylab koketka qirqiladi, yelkadagi vitachka to'g'narich bilan to'g'naladida, bu vitachka koketka chizig'iga va vertikal qirqilgan joyga ko'chiriladi. Hosil qilgan andaza konturlarinn bo'rlab, ort bo'lak koketkasining yangi shakli olinadi.

Shunday qilib, old bo'lakdagi koketka chizig'i — O'21, old bo'lakning gavda qismini koketkaga ulash chizig'i — O21; ort bo'lakdagi koketka chizigi — O'33 ort bo'lakning gavda qismnni koketkaga ulash chizig'i O'33 bo'ladi. Koketkaga ulash chizig'i bo'ylab gazlamadan burma hosil qilishga mo'ljallab, ko'ylakning ham old, ham ort bo'lak gavda qismini kengaytirish ko'yimi istalgancha, ixtiyoriy olinadi. Buning uchun old va org bo'laklar simmetriya chiziqlarini gavda qismini kengaytirmoqchi bo'lgan mikdorda suriladi:


331= GG1= TT1 = NN = T1 T1'= H3H3' = 10 sm.
Ko'lakning etak qismi. Ko'ylak gavda qismining minimal kengaytirilishi 10 sm ga teng bo'ladi.
Agar bu kengaytirish etarli bo'lmasa, old va ort bo'laklar qo'shimcha quriladi. Buning uchun qurish chizig'i belgilab olinadi. Bu chiziqlar ort bo'lakda beldagi vitachka markazidan, old bulakda esa beldagi ikkala vitachka markazidan vertikal o'tkaziladi. Old va ort bo'laklari belgi chiziqlar bo'ylab qirkib, hamma bo'laklarni gorizontal bo'ylab ort bo'lakni o'ng tomonga, old bo'lakni chap tomonga suriladi. yon qirqimlar — O5N2 vertikal yo'nalishda belgilanadi. Old va ort bo'laklarning qo'shimcha qurilish kengligi ixtiyoriy bo'ladi. Old va ort bo'laklar uzil-kesil surilib bo'lgandan keyin ularning yuqori qirqimlari shakli chiziladi.
Ayollarning an'anaviy o'zbekcha ko'ylagida hozirgi paytda ma'lum o'zgarishlar bo'laypti. Ko'ylak gavda qismining silueta, hajmi va uzunligi qisqarmokda.
Koketka, yoqa, yenglarning katta-kichikligiga va shakliga ko'pgina omillar, shu jumladan moda ham ta'sir etmoqda.
Hozirgi o'zbekcha ko'ylakda turli bezaklar, qo'yma burmalar, aylana burmalar, plisse va hokazolar ishlatiladi. Bu esa ko'ylaklarning gavda qismi bilan koketkaning konstruktsiyasi bir xil bo'lsa ham ularning tashqi ko'rinishini o'zgartiradi.
Ko'ylak koketkasining shakli, gavda qismining silueti ham o'zgarmoqda.
Bunday shakldagi koketkalarning konstruktsiyasini tuzish printsipi yuqorida ifodalangandek bo'ladi. Bularning konstruktsiyasi, chizmalarda ko'rsatilgan.
Silueti trapetsiya shaklidagi model konstruktsiyasi texnik modellash yo'li bilan olinadi. Ko'ylak gavda qismi asosining konturi qog'ozga ko'chiriladi. Ko'krak vitachkasini bekitib, old bo'lak koketkasini uchburchak qilib tuziladi. Koketkani old bo'lak gavda qismiga ulanadigan chizig'i P2 G”7 G'7G6 bo'ladi. G”7 G7 G'7 vitachka uchi bekitilmay ochiq qoldiriladi.
Ko'ylak gavda qismining konstruktsiyasini tuzish uchun, G'7 va G7 nuqtalardan kiyim etak chizig'i bilan kesishgunga qadar vertikal G7 N4 tushiriladi. Shu belgi chiziq bo'ylab ochib- suriladi. Ko'krak vitachkani, uning G"7 G7 va G'7G7 qirqimlarini bir-biriga to'g'ri keltirib bekitiladi-da, vitachka etak chizig'iga ko'chiriladi. Old bo'lakning gavda qismi shtrixlangan joyga teng bo'lgan darajada konussimon kengayadi. Old bo'lakni etak chizig'i bo'ylab ixtiyoriy belgilangan N2N'2 miqdorida kengaytirib, yon qirqim holati o'zgartiriladi. Bunda O5 N'2=O5 N2 shartiga rioya qilinishi kerak.
Bu ishlar bajarilgandan keyin etakning yangi shakli egri tekis chiziq bilan chiziladi. Ba'zan simmetriya chizigining xolatini ham uni G6 nuqtaga istalgan N3N'3 miqdoriga surib o'zgartriladi. Ort bo'lak gavda qismining konstruktsiyasi ham shunday yo'l bilan o'zgartiriladi.
Milliy ko'ylak yengi va yoqasi tipovoy konstruktsiya asosida tuziladi va modellanaladi. Tanlangan modelni yaratish uchun andazalarining barcha detallari uchun spetsifikatsiya jadvali tuziladi. Jadvalda avra, astar va oraliq detallari hajmiy fazoviy shaklida kiritiladi. Tayyor tekstil materiallari, buyumlari, bezak tasmalar, furnitura, qotirmalar buyum detallari spetsifikatsiya jadvaliga kiritilmaydi.Kiyimning detallari sxemasi masshtabga rioya qilgan holda chiziladi. Buyumning asosiy detallarga ip yo‘nalishlari aniq ko‘rsatilib, andazalar soni va bichiqlar soni spetsifikatsiya jadvaliga kiritiladi.
Buyumning detallari ikki guruhga ajratiladi:
Birinchi guruh - buyumning hajmiy fazoviy shaklini aniqlovchi:
- old bo‘lak, orqa bo‘lak, yeng, yubkaning old bo‘lagi, yubkaning ort bo‘lagi, shimning old bo‘lagi, shimning ort bo‘lagi.
Ikkinchi guruh - buyumning hajmiy fazoviy shaklini aniqlamaydigan:
- yordamchi ahamiyatga ega bo‘lgan detallar: mag‘iz, ko‘rinma, astar, qotirma va boshqalar;
- konstruktiv-dekorativ elementlarga ega bo‘lgan detallar: (cho‘ntaklar, manjetlar, belbog‘lar, bantlar va boshqalar).
Birinchi guruhga kiruvchi detallar asosiy hisoblanadi. Ikkinchi guruhning konstruktiv va hajmiy fazoviy shakli birinchi guruh detallari konstruksiyasi va shakliga bog‘liq.
Materiallar tanlashda loyihalanilayotgan mahsulotga qo‘yiladigan talablardan kelib chiqqan holda, ularni tanlagan modellarga mos kelishiga e'tibor beriladi. Loyihalanilayotgan model turli artikulli materiallardan tayyorlanishi mumkin, lekin bu materiallar fizik-kimyoviy tarkibi va xossalari bo‘yicha o‘xshash bo‘lishi shart, chunki bu texnologik jihozlar va jarayonlarni o‘zgarmasligini ta'minlaydi. Mahsulotning avra, astar, oraliq materiallar va furnitura artikullarini aniqlash lozim. Tanlangan materiallarning qisqacha ta'rifi va nima uchun aynan shu materiallar loyihalanilayotgan model uchun tavsiya etilayotgani asoslanadi. O‘lchov olinib, model to‘liq o‘rganib chiqilgandan so‘ng, o‘lchov asosida buyum tikishni va ularga qo‘yiladigan talablar o‘rganilib, so‘ng gazlama tanlanadi.
Gazlama tanlanayotganda, gigienik talablarga ob - havoning ta'siri, gazlamaning xossalari, suv o‘tkazuvchanligi, havo o‘tkazuvchanligi, rangi va kiyimning konstruksiyasi o‘rganiladi. Gigienik talab - bu sog‘lig‘imizni saqlash uchun kiyimlarimiz havoni yaxshi o‘tkazishi kerak. Kiygan kiyimimiz qulay va ixcham bo‘lishi kerak. Yuqorida keltirilgan talablardan kelib chiqgan holda, laboratoriya ishida oliy o‘quv yurti talaba qizlari formasi uchun yarim jun matosi tanlandi.
Talabalar juda ko‘p harakat qiladi, terlab tez kasal bo‘lishi mumkin, tabiiy tolali yarim jun matosi esa namlikni o‘zida singdira olish xususiyatiga ega, ishqalanganda o‘zidan elektr hosil qilmaydi va o‘ta chidamli gazlama.
Estetik talablarga asosan kiyimning sifatiga bog‘liqdir. Kiyim chiroyli, did bilan tikilgan va qulay bo'lishi kerak. Kompozitsiyasi to'g‘ri tanlangan bo‘lishi kerak. Estetik talabga kiyimlar qayerda kiyilishiga qarab tanlanadi.
Texnik talablarga kiyimning pishiqligi, tez ishdan chiqmasligi, tashqi muhitga chidamliligi kiradi. Texnik talab - kiyim sitilmasligidir. Buning uchun biz gazlama sifatini ajrata olishimiz shart. Gazlama tanlashda uning xossasiga, uning foydasiga va chiroylisini tanlashimiz zarur. Foydali xususiyat deb tabiiy tolalardan tikilgan, havo o'tkazuvchan, kam g‘ijimlanadigan gazlama tanlashimiz kerak. Astarlik gazlama xarakteristikasi: Tikuvchilik buyumlari turli xil gazlamalardan iborat, yarim jun matolari - zich o‘ralgan, dag‘al bo‘lishi mumkin. Kiyim odam tanasida ixcham turishi va chidamli bo‘lishi uchun astarlik gazlama ishlatiladi. Astarlik gazlama - avra gazlamasi choklarini yashiradi, kiyim egasi tanasini va avra gazlamasini himoya qiladi, namlikni yutadi hamda kiyimning qiymatini pasaytiradi. Astarlik gazlamalari xilma xildir: tafetta (tafta), shifon, atlas, kupro (kupra), flanel, setka, satin, viskoza va boshqalar.
Oliygoh talabalari kostyumi uchun astarlik kupro (kupra) gazlamasi tanlandi. 1918 yil miss-amiak tolali viskoza gazlamasi ixtiro qilinib, gazlama kupro (kupra) nomi bilan tanilgan. Kupro (kupra) gazlamasi ipak matosiga o‘xshaydigan, sun'iy mato. Gazlama juda yumshoq, chidamli, elastik, egiluvchan, sirpanuvchan, elastik va havo o‘tkazuvchan. Shu xususiyatlariga qaramay, mato xaridorgir, arzon. Gazlama g‘ijimlanmaydi. Tikuvchilik buyumlarining astari sifatida juda keng qo‘llaniladi.

Download 1,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish