Tadqiqot maqsadi: kremnezem miqdori yuqori qo‘shimchalarni yangi turlarini tadqiq etish va ulardan foydalanib portlandsement olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
Tadqiqotning vazifalari:
Qoraqalpog‘iston konlari peschanigi (qumtosh) va porfiritlarni kimyoviy-mineralogik tarkiblari va fizik-kimyoviy xossalarini tadqiq etish;
peschanik va porfiritni gidravlik faolligini va putssolan xossalarini o‘rganish va ularni sementga faol mineral qo‘shimcha sifatida ishlatishga yaroqliligi borasida tegishli me’yoriy hujjatlar talablariga muvofiqligini aniqlash;
peschanik va porfiritni portlandsementni fizik-mexanik xossalariga ta’sirini aniqlash va ularni optimal tarkiblarini tanlab olish;
optimal tarkibdagi kremnezem miqdori yuqori noorganik qo‘shimchali PSlarni gidratlanish faolligini tadqiq etish;
peschanik va porfirit qo‘shimchali PSlarni qotish jarayonida gidratli yangi hosilalar vujudga kelishi, rivojlanishi va kompozit strukturasi shakllanishini kompleks tadqiq etish;
yangi turdagi noorganik qo‘shimchali PSlar gidratlanganda kechadigan “tarkib -struktura-xossa” o‘zaro bog‘liqligi qonuniyatlarini o‘rnatish;
kremnezem miqdori yuqori noorganik qo‘shimchali PSlarni olish texnologiyasini ishlab chiqish va Qoraqalpog‘istondagi sement korxonalarida amalda qo‘llash uchun tavsiyalar berish;
Kremnezem tutgan qo‘shimchali PSlarni tajriba-sanoat to‘plarini sinovdan o‘tkazish, ishlab chiqilgan texnologiyalarni joriy qilish va iqtisodiy samaradorligini asoslash.
Tadqiqotning ob’ektisifatida SPOOO «Karakalpaksement» zavodining klinkeri, Qaratau koni, Qaratau I uchaskasi porfriti va Xodjako‘l koni peschaniki
Tadqiqotning ilmiy Yangiligi quyidagilardan iborat:
yangi turdagi kremnezem miqdori yuqori noorganik qo‘shimchalar – peschanik va porfiritni tanlab olinishi, ularni kimyoviy-mineralogik tarkibi gidravlik (Styudent t-mezoni bo‘yicha) va putssolan faolligini kompleks tadqiq qilish asosida sementga qo‘shimcha sifatida yaroqliligi ilmiy asoslangan va amaliy isbotlangan;
peschanik va porfiritni PSni fizik-mexanik xossalariga ta’siri aniqlangan va sement toshining ko‘rsatkichlarini qo‘shimchalarning kimyoviy-mineralogik tarkibi va miqdoriga bog‘likligini aniqlash orqali PSlarning optimal miqdorlari tanlanishi ilmiy asoslangan;
yangi turdagi PSlarni qotishida gidratlanish jaryonini va gidratli mahsulotlar hosil bo‘lishini maqsadli boshqarish imkoniyati ilmiy asoslangan bo‘lib, A1-gidrosilikat-«fillipsit» kristallanishi ehtimoliga olib keluvchi omillar ko‘rsatilgan;
yangi turdagi kremnezem miqdori yuqori noorganik qo‘shimchali sementlar qotayotganda mustahkamligi PS-D0 darajasida bo‘lishini ta’minlovchi hosilalarning rivojlanishi va barkamol strukturali kompozit shakklanishi “yo‘nalishi” aniqlangan.