Uzliksiz ta’limda uch bo‘g‘inli sport o‘yinlari. ”Umid nihollari”
O‘zbekistonda ta’lim-tarbiya jarayonlarini uzliksiz davom ettirish borasida eng muhim tadbirlar amalga oshirilmoqda. O‘zRning “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonuni (1997) asosida ta’limning uzliksizligini davr talabalari asosida tashkil qilish va ular bilan bog‘liq bo‘lgan barcha sohalarda ommaviy tadbirlarni muntazam ravishda tashkil qilish vazifalari amalga oshirilmoqda. Ta’limning uzliksizligini va sog‘lom avlod tarbiyasiga qaratilgan davlat dasturlari negizida “Umid nihollari”, ”Barkamol avlod va Universiada” shaklida uch bo‘g‘inli sport o‘yinlari o‘tkazib kelinmoqda. Ularning to‘rt bosqichli (jamoa, tuman-shahar, viloyat va Respublika) musobaqalari tashkil etilib o‘quvchi va talaba yoshlarni sportga jalb etish, ularning jismoniy barkamolligini tarbiyalash asosiy maqsad va vazifa qilib belgilangan. Sovet hokimiyati yillari va mustaqillikning birinchi o‘n yilligi davrida boshqa nomlar bilan atalgan ommaviy sport musobaqalarining “Umid nihollari”, ”Barkamol avlod”, ”Universiada” deb atalishida ramziy va ma’naviy ma’nolarning mavjudligi ta’lim tizimida ahamiyat kasb etmoqda. “Umid nihollari” sport o‘yinlari umuta’lim maktab o‘quvchilarining eng yuqori tabaqali musobaqasi hisoblanadi. U dastlab 2000 - yil Toshkent shahrida tashkil etildi. Keyingi o‘yinlar: 2003-Xorazm, 2006-Qashqadaryo va 2009- Sirdaryo viloyatlarida katta tantanalar bilan o’tkazildi. “Xalq so‘zi” gazetasida (2009 - y. 29 - may soni), ”Yoshlik, Kamolot va shijoat bayrami”. (Z.Jonibekov-muxbir) nomi bilan maktab o‘quvchilarining “Umid nihollari “musobaqalarining o‘tkazilishi va yakunlari haqidagi to‘la axboroti berilgan. Musobaqalarning final bosqichigacha Respublika maktab o‘quvchilarining 4.499369 (1.798638 nafari qizlar) nafari musobaqalarda ishtirok etgan. 62 2006 - yil Qashqadaryo viloyatida bo‘lib o‘tgan “Umid nihollari”ning dastlabki bosqichlarida esa 4.248246 nafar o‘g‘il va qiz bolalar ishtirok etgan, ya’ni bu davr oralig‘ida qatnashchilar 251123 nafar o‘quvchilarga ko‘paygan. Bu esa jismoniy tarbiya ta’limining yaxshi yo‘lga qo‘yilayotganligi, iqtidorli o‘g‘il va qizlarni sportga jalb etishda maqsadli targ‘ibot, tashkiliy hamda tarbiyaviy ishlarning olib borilishidan dolatdir. Guliston shahrida bo‘lib o‘tgan bu nufuzli sport musobaqalarida 1792 nafar sportchi o‘quvchilar quyidagi sport turlari bo‘yicha kurash olib borgan: 1. Badiiy gimnastika, 2.qo‘l-tupi, 3.suzish, 4. futbol, 5. voleybol, 6. yengil atletika, 7. shaxmat, 8. stol tennisi, 9. sport gimnastikasi, 10.basketbol, 11. kurash, 12. belbog‘li kurash. Musobaqalar nizom asosida Xalqaro Olimpiya talaballariga rioya qilgan holda “Xolislik”, ”Halollik”, ”Adolat”, ”O‘zaro do‘stlik”, ”Totuvlik”, kabi olimpiada qadriyatlari bosh me’zon bo‘lib o‘tdi. Jamoalar o‘rtasidagi keskin kurashlar asosida Toshkent birinchi, Sirdaryo ikkinchi va Xorazm viloyati uchinchi o‘rinni egallashga muvofiq bo‘lishdi.
“Barkamol avlod “sport o‘yinlari
Barkamol avlod tarbiyasi o‘ta mas’uliyatli va keng qamrovli ijtimoiy pedagogik jarayonlardan biridir. Istiqlol yillarida mamlakatimizda jasur va irodali, har tomonlama bilimli, Vatani va xalqiga sadoqatli yangi yosh avlod o‘sib ulg‘ayib bormoqda bu O’zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A.Karimov rahnamoligida amalga oshiriladigan buyuk ishlarni munosib davom ettirishga qodir, sog‘lom manaviyati yuksak, barkamol yosh avlodni tarbiyalashga yo‘naltirilgan siyosat samaralaridir. Bolalar va o‘smirlarni jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishga ommaviy jalb qilish bo‘yicha olib borilayotgan davlat siyosati kelajakka qaratilgan keng ko‘lamli ishlarning muxim tarkibiy qismi hisoblanadi. Bu yo‘nalishda kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarning o‘quvchi yoshlarini o‘ziga jalb etuvchi “Barkamol avlod” sport o‘yinlari o‘ziga xos maqsad 63 vazifalarga ega. Bu eng avvalo o‘quv maskanida, keyin esa tuman-shahar va viloyat bosqichlaridagi o‘yin musobaqalari o‘tkazilib, sinov-tanlovlar olib boriladi va viloyatlarning sport turlari bo‘yicha terma jamoalardan tarkib topib, final-Respublika musobaqalarida ishtirok etish bilan yakunlanadi. “Barkamol avlod” sport o‘yinlari dastlab Jizaxda (2002) o‘tkazilgan, keyinchalik Andijon (2003), Toshkent viloyati (2005), Qoraqolpog‘iston Respublikasida (2008) o‘tkazildi. Ta’kidlash joizki, har safargi yakuniy musobaqalar umumtalablar asosida tashkil etilib, Respublikadagi kasb-xunar kollejlari hamda akademik litseylarning sportdagi salohiyatlari sinovlardan o‘tkazilmoqda. Nukus shaxridagi 12 ming o‘rinli “Turon” sport majmuasidagi stadionda 2008 - yil 17 - may kuni “Barkamol avlod” Respublika sport o‘yinlariga bag‘ishlangan tantanali ochilish marosimi bo‘ldi. Final musobaqalarida sportning 12 turi bo‘yicha 3000 ga yaqin yosh sportchilar ishtiroq etib, o‘z jamoalarining shuhrati uchun astoydil kurash olib borishdi. Umumjamoalar o‘rtasida Qoraqolpog‘iston 1, Toshkent shaxri -2 va Farg‘onalik sportchilar – 3 o‘rinni egallashdi. Odatdagidek g‘olib jamoalarga Prezidentning sovg‘asi Damas avtomashinalar topshirildi. Vatan bayroqlari bilan bezalgan go‘zal o‘yingoh O‘zR “Xayr Nukus, Assalom Termiz!” degan dilbar yozuvlar paydo bo‘ldi, deydi muxbir Ilhom Raxmonov (“Sport” gazetasi 2008-y 31-may soni) Umuman aytganda, o‘quvchi yoshlarning Respublika final sport o‘yinlari ishtiroqchilarning har tomonlama barkamolligini tarbiyalash bilan bir qatorda, tomoshabinlar, teleradiolarda ko‘rganlarning ham ma’naviy jismoniy barkamoligini oshirishida xizmat qilmoqda. Bu esa o‘z navbatida aholining jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishiga bo‘lgan qiziqishlarini rivojlantirishida muhim ahamiyatga egadir
Do'stlaringiz bilan baham: |