Universiadalar
2000 - yil 21-29 - mayda Namanagan shahrida ilk bor talabalarning Universiadasi o‘tkazildi. Bunda Qoraqolpog‘iston viloyatlar va Toshkent shaxrining 16 ta terma jamoasi ishtirok etib qatnashchilar soni 1409 nafar (934 yigitlar va 475 nafar qiz talabalardan iborat edi). Umumiy jamoalar o‘rtasida Namangan viloyati 1-o‘rin, Toshkent jamoasi 2- o‘rin va Samarqand viloyati 3- o‘rinni egallashga sazovor bo‘ldi. Universiada dasturi bo‘yicha sportning 9 turida o‘zaro bahslar bo‘lib o‘tdi. 1. Basketbol: erkaklar – Buxoro, ayollar o‘rtasida Samarqand g‘olib 2. Voleybol : erkaklar- Toshkent 1, ayollar o‘rtasida – Toshkent 1 o‘rin 3. Futbol : Namangan viloyati 4. Tennis : Toshkent 1 o‘rii 5. Stol tenisi Fag‘ona 6. Belbog‘li kurash: Namangan 7. Yengil atletika: Toshkent 1 o‘rin 2002 - yil Buxoro shahrida ikkinchi Universiada o‘tkazilib unda 16 terma jamoalar sportning 12 turida kuch sinashdi bunda 2265 talaba (1456 yigitlar va 809 nafar qizlar) ishtiroq etgan. Jamoalar o‘rtasida Toshkent birinchi o‘rin , Buxoro 2-o‘rin va Namangan viloyati sport jamoasi uchinchi o‘rinni egaladi. Sport turlari bo‘yicha birinchi o‘rinni egallagan jamoalar :
Basketbol: erkaklar va ayollar – Toshkent 1
Futbol :Buxoro
Voleybol : erkaklar va ayollar – Toshkent 1
Stol tennisi: Toshkent 1
Shaxmat : Samarqand
Milliy kurash : Toshkent 1
Begbog‘li kurash : Andijon 65
Yengil atletika : Toshkent 1
Suzish :Toshkent 1
Qo‘l to‘pi: erkaklar va ayollar – Toshkent 1
Dzyu-do: Toshkent 1 Uchinchi Universiada 2004 - yil 4-7 - sentabrda Samarqand shahrida bo‘lib o‘tdi. Sportning 12 turi bo‘yicha 2572 nafar sportchi final musobaqalarida o‘zaro quch sinashgan. Ayollar sportning 8 turida ishtirok etib ular 992 nafar talaba sportchini tashkil etgan. Umumiy jamoalar o‘rtasidagi yakunlar : 1- O‘rin- Toshkent 1 2- O‘rin- Samarqand 3- O‘rin- Namangan Sport turlari bo‘yicha birinchi o‘rinni egallagan viloyatlar
Basketbol : erkaklar va ayollar – Toshkent 1
Voleybol : erkaklar va ayollar – Samarqand
Futbol : Toshkent 1
Tennis : Toshkent 1
Stol tennisi :Samarqand
Shaxmat :Toshkent 1
Kurash : Samarqand Belbog‘li kurash : Samarqand
Yengil atletika : Toshkent viloyati
Qo‘l to‘pi : Toshkent 1
Suzish : Navoiy
Dzyu-do :Toshkent To‘rtinchi Universiada 2007 - y 21-24 - iyunda Toshkent shahrida o‘tkazilib odatdagidek barcha viloyatlar Qoraqolpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar terma jamoalari sportning 12 turi bo‘yicha ishtirok etishdi final musobaqlarning yakuni : 66 Baskebol : erkaklar-Buxoro. Ayollar-Toshkent Voleybol : erkaklar va ayollar Qoraqolpog‘iston Qo‘l to‘pi: erkaklar va ayollar Toshkent Futbol : Toshkent Stol tennisi : Toshkent viloyati Tennis: Toshkent Shaxmat : Toshkent Suzish : Toshkent Yengil atletika : Toshkent Belbog‘li kurash : Toshkent Milliy kurash : Toshkent Dzyu-do : Toshkent Beshinchi Universiada 2010 - y 28-30 - may kunlari Andijon shahrida bo‘lib o‘tdi. Sportning 12 turi bo‘yicha 1800 ga yaqin yigit-qizlar o‘zaro kurash olib bordi. G‘oliblar 176 ta oltin , 176 ta kumush va 191 bronza medallari bilan taqdirlandi. Umumjamoa hisobida Toshkent shahri sportchilari birinchi, ikkinchi o‘rin Andijon va uchunchi o‘rin Navoiy viloyatiga nasib etdi. Navbatdagi Universiada Buxoro shahrida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan (“Sport” gazetasining 2010 - yil 2 - iyun) 2000-2010 - yillar ichida o‘tkazilgan beshta Universiadalar haqida umumiy xulosa qilinsa aytish joizki, barkamol avlod tarbiyasida Universiadalarga tayyorgarlik va shular asosida dasturdan tashqari boshqa sport turlari bo‘yicha o‘tkazib kelinayotgan turli xil sport musobaqalarining hamda jismoniy tarbiya ta’limning asosiy va ustuvor turi bo‘lgan sportga e’tibor tabora ko‘chaymoqda buning asosiy sabablarini quyidagilar bilan belgilash mumkin, ya’ni:
Respublika prezidenti va hukumati tomonidan o‘ta muhim bo‘lgan qarorlarning chiqarishi va ularning amalga oshirilishi: 67
Inson g‘oyat aziz va mo’tabar qabilida ilk yoshdagi bolalardan tortib to keksalik davrigacha salomatlikni saqlash, uni tobora yaxshilash va ayniqsa jismoniy barkamollikka etishida barcha sharoitlarning yaratib berilishi;
Bolalar tarbiya muassasalari va barcha turdagi o‘quv muassasalarida jismoniy tarbiya va sportga davlat dasturining qo‘llanilishi;
Ommaviy sport va xalqaro sport musobaqalari dasturiga kiruvchi o‘ta muhim sport turlarini yuqori pog‘onaga ko‘tarish maqsadida ixtisosli mutaxassis kadrlarni tayyorlash, ularning kasbiy malakalarini davr talablari asosida qayta tayyorlash;
Jismoniy va ma’naviy barkamollikni to‘la uyg‘unlashtirishdagi ilmiy pedagogik ta’limotlarni qo‘llash va h.k. Shunga qaramasdan bu qamrovi keng bo‘lgan ommaviy tadbirlarni o‘tkazishda ba’zi bir salbiy tomonlar ham uchramoqda. Universiadaga tayyorgarlik va Universiada dasturlarida sport gimnastikasi, “Alpomish va Barchinoy” maxsus testlari “Ko‘pkurash”, milliy harakatli o‘yinlarning kiritilmaganligining sababi shundaki, mazkur turlar va talabalar istagan boshqa sport turlari bo‘yicha oliy ta’lim tizimida sharoitlar, ta’minot masalalari bir xil emas. Eng muhimi esa, sport gimnastikasi bo‘yicha shug‘ullanish va Universiada talablari asosida natija ko‘rsatish ancha murakkab. Qolaversa sportning bu turi bo‘yicha mahoratli va tajribali mutaxassislar kun sayin kamayib bormoqda. Maxsus testlardagi “Ko‘pkurash” sport turi hisobida ko‘p sohali faoliyatni talab etadi. Bunda eng avvalo talabalarning universal ko‘rsatkichlar (yugurish, sakrash, uloqtirish, gimnastika mashqlari, suzish, o‘q otish va h.k.) yuqori darajada bo‘lmaydi va ommaviy tusga ega emas. Milliy harakatli o‘yinlar (chillik, oq suyak, poda to‘p va h.k.) ichida sportga xos xususiyatga ega bo‘lgan turlar ko‘p. Muamollar: Buyuk davlat qurilish yo‘lida davom etayotgan mustaqil yurtimizda jismoniy madaniyat va sport bilan bog‘langan muammolar hali 68 juda ko‘p. Ularning yaqin davrlarda hal qilinishi mumkin bo‘lgan ba’zi muammolarnigina sanab o‘tish mumkin, ya’ni:
Jismoniy tarbiya darslarining sifatsizligi va sport turlari bo‘yicha seksiyalarning yo‘qligi yoki mashg‘ulotlarning qiziqarli bo‘lmasligi sababli talabalarning shug‘ullanishi, qiziqishi juda past (60-70%). Bu esa talablarning jismoniy tayyorgarligi va o‘sishiga salbiy ta’sir etayotganligi sir emas;
Universiada dasturidagi sport turlari va talabalarni qiziqtirgan boshqa sport turlari bo‘yicha sport inshootlari, asbob-uskunalar, mutaxassis kadrlar yetarli darajada emas;
Musobaqalar uchun moddiy-texnik va moliyaviy ta’minotlar talabalarga javob bermaydi;
“Talaba” sport klublarning ko‘pchiligida qo‘shimcha daromad keltirish yo‘llarini amalga oshirishda tajribalar, imkoniyatlar yetishmayotir;
Oliy o‘quv yurtlari tarkibidagi jismoniy madaniyat fakultetlari va boshqa fakultetlarga amaliy yordam ko‘rsatishlari yuqori darajada amalga oshirilmayotir va h.k.
Xulosa
O‘zbekiston talabalarining jismoniy tarbiyalashda Universiadalarning jismoniy barkamolligini tarbiyalashda Universiadalarning ijtimoiy-tarbiyaviy xususiyatlari ancha ustuvordir. Shu sabadan ham bo‘lajak kasb egalarini tayyorlashda amaliy-kasbiy jismoniy tayyorgarlik ishlarini amalga oshirishda, yanada faoliyatlarni takomillashtirish bo‘ladi. Oliy ta’lim tizimida Respublika sport terma jamoa a’zolarini ta’minlash, iqtidorli sportchilarni xalqaro sport musobaqalari, olimpiya o‘yinlariga tayyorlashda yanada yaqindan yordam berilmog’i lozim. Universiadalarning maqsadli va qiziqarli bo‘lib o‘tishida mutaxasis olimlar, murabbiylar va rahbar xodimlarning amaliy yordamlari muhim ahamiyat kasb etishi zarur.
o‘quvchi yoshlar va talabalarning har tomonlama barkamol bo‘lib o‘sishida juda ko‘p muhim ommaviy sog‘lomlashtirish tadbirlari amalga oshirilmoqda. Bunda “Umid nihollari”, “Barkamol avlod”, “Universiada” kabi nufuzli sport o‘yinlari asosiy omil sifatida xizmat qilmoqda. Barkamol avlod tarbiyasiga sport turlari bo‘yicha bolalar va o‘smirlar sport maktablarining ahamiyati ancha ustuvor turadi. Shu sababdan bu tizimning shakl 78 va mazmunlari, tashkiliy hamda tarbiyaviy tayyorlash darajalari, toifalari chuqurlashib keng tarmoq otmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |