q o ila s h g a m o ija lla n g a n yondashuv, k o ‘pincha prognoz qilishda
xatolarga olib keladi. Agar prognoz qiluvchi obyekt to ‘g ‘risida
nazariy bilim larga ega b o im a sa , u holda bu vaziyatni, uning rivoj-
lanishini va b o g iik la ri sababini tushuntira olmaydi.
H ar holda u
vaziyatni qanday b o ‘lmasin tushuntirishga harakat qiladi, y a ’ni, o ‘zi-
ning nazariyasini tuzadi. Agar bu nazariya ilm iy jih atdan asoslangan
b o im a s a , u holda prognoz qiluvchining bu nazariya asosidagi
harakatlari samarasiz b o ia d i. Umuman prognozni aniqlash m aiu m
obyektning b o ia ja k holatini ilmiy asosda obrazini yaratish demakdir.
Tovarlar bozori prognozini aniqlashda quyidagi talablar e’tiborga
olinishi shart:
• kelajakda bozor konyunkturasiga ta ’sir etuvchi omillami hisobga
olgan holda ilmiy asoslangan, ishonchli va tizimli yondashish;
• prognozni aniqlashda bir necha
variantlardan foydalanish,
ulam ing natijalari bir xil yoki yaqin b o iish i;
• ishlatilgan uslublaming ilmiy asosi yetarli bo iish i;
• xulosalami aniq va ravon tilda, qaror qabul qiluvchilarga tushu-
narli tarzda aks ettirilganligi;
• bozor konyunkturasi istiqbolini o ‘z vaqtida aniqlashi va korxona,
assotsiatsiya, kompaniya va vazirliklar ishini boshqarishda qoilanishi.
Bozor konyunkturasini prognoz qilish uslublari 4 ta katta sinfga
bo iin ad i:
1.
Faktografik uslublar. Bu prognoz qilishning shunday uslubiki,
unda o'tgan davrda b o iib o ‘tgan haqiqiy omillardan axborotlar asos
sifatida foydalaniladi. Bu m aium otlar
miqdor va sifat xarakteriga
egadir. Bozor konyunkturasini prognoz qilishning faktografik uslublari,
o ‘z navbatida, 3 turga boiinad i.
Birinchi turi ekstropolyatsiya va interpolatsiya uslublari yig‘in-
disidan iborat b o iib , bu turdagi modellar uchun chiziqli funksiyalami
tu zishdaboshlangich axborotdan foydalanish xarakterlidir.
Ikkinchi turi statistik uslublar b o iib , ular ikki va undan ortiq
o ‘zgaruvchan prognoz qilish obyektlarining o ‘zaro aloqalarini tadqiq
qilishda qoilaniladi.
Uchinchi turi mazkur obyektlaming
kelgusidagi rivojlanishini
shunga o‘xshash obyektlaming rivojlanish qonuniyatlari bo‘yicha tadqiq
qilishga asoslanadi.
118
2. Ekspert baholash uslublar - u yoki bu sohadagi mutaxassis-eks-
pertlam ing fikr va mulohazalarini qayta ishlashga asoslanadi. Prognoz
qilishning ekspert baholash uslubi intuitiv va analitik uslubni o ‘z ichiga
oladi. Intuitiv uslublarga ekspertlarni jalb qilishga, amaJda prognoz
qilish obyektini rivojlantirish jarayonlarini aniqlash hamda shaxsiy
eruditsiya va tuyg‘u vositasida kelgusidagi o'zgarishni
baholashga asos-
langan uslublar kiradi. Analitik uslublarga prognoz qilish obyektining
tadqiq qilish jarayoni modelini mantiqan tahlil qilishga asoslangan
usullari kiradi.
Bozor konyunkturasini prognoz qilishda ekspert baholash uslublari,
ayniqsa, intuitiv uslublar keng qo ‘llaniladi.
3.EkstropoIyatsiya
uslubi.
Ekstropolyatsiya
uslublari
bozor
konyunkturasining turli ko‘rsatkichlari va xususiyatlarini prognoz qilish
da qo ‘llaniladi. Ekstropolyatsiya formalar yoki jarayonlam ing kelgu
sidagi holati qonunlari, nazariyalari hamda tajribasini keng yoyishni
taqozo qiladi, y a’ni bu holda ekstropolyatsiya prognoz qilish amalga
oshirilayotgan obyektning ilgarigi rivojlantirish tendensiyalariga taya
nadi.
Ekstropolyatsiyaning bozor tadqiqotlarida qo‘Ilanilgan
asosiy mo-
dellaridan biri - bu trend modelidir. Trend modellari jarayonlam i vaqtga
nisbatan o ‘zgarishning asosiy yo'nalishlam i k o ‘rsatadi.
4. Ekonometrik modellar. Ekonometrik modellar iqtisodiy jarayon-
lar parametrlarining stoxastiklarini nazarda tutgan holda bozor konyunk
turasining turli ko‘rsatkichlari o ‘rtasidagi o'zaro aloqalar va nisbatlarini
miqdoriy bayon qiladigan regression va balans tenglamalari tuzish orqali
ifodalanadi. Ekonometrik modellash bozor konyunkturasini prognoz qi
lishda keng qoilanilad i. Ular ishlab chiqarish va unga ta ’sir qiluvchi
omillar, bozordagi narxlar darajasi raqobat va unga ta ’sir k o ‘rsatuvchi
omillar, iste’molchilarning ehtiyojlarini tahlil qilish,
marketing tadbir-
larini amalga oshirish va unga ta’sir qiluvchi omillar o ‘rtasidagi va
boshqa jarayonlar o ‘zgarishini matematik modellar yordamida tahlil
qilishga hamda prognoz qilishga yordam
beradi.
Ekonometrik
modellaming xususiy holi korrelyatsion va regression modellashdir.
Bozor konyunkturasini tahlil va prognoz qilish natijalari firmaning
biznes-reja tuzishda yoki firmaning bozordagi butun faoliyatini tartibga
solishda va boshqarishda keng qo'llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: