Urganch davlat universiteti I. S. Abdullayev


-chizma. Reklama yaratishdagi asosiy qarorlar



Download 7,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet142/190
Sana02.04.2022
Hajmi7,58 Mb.
#524818
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   190
Bog'liq
I.S. Abdullayev. Marketing. Darslik. 2020. 324 bet. (1)

12.2.1-chizma. Reklama yaratishdagi asosiy qarorlar
Reklama maqsadi m a’lum bir vaqt ichida muayyan maqsadli 
auditoriya bilan amalga oshirilishi kerak bo ‘lgan aniq aloqa vazifasidir. 
Reklama maqsadlari ulam ing asosiy maqsadlari b o ‘yicha tasniflanishi 
mumkin - m ijozlami xabardor qilish, ishontirish yoki eslatish. Reklama- 
ning mohiyati ishlab chiqaruvchi manfaatidan kelib chiqib xaridorda 
tovam i sotib olish to'g 'risid a tasavvur uyg‘otishi zarur. Reklamaga tovar 
ishlab chiqaruvchi o ‘z tovari bilan bozorga kirayotgani to ‘g ‘risidagi 
axborot deb qarash lozim.
260


Bunda so‘z tovar iste’molchining ehtiyojini m a’lum darajada qondi- 
rayotgani haqida borayotganini tushunish muhim. Ishlab chiqaruvchi 
manfaati mahsulotini bozorda sotishga, xaridor manfaati esa o ‘z ehtiyo­
jini qondirishga qaratilgan bo ‘ladi. Ishlab chiqaruvchi va iste’molchi 
o ‘rtasidagi kommunikativ aloqa reklama hisoblanadi. Reklama korxona 
va bozor o ‘rtasidagi butun aloqa tizimini o ‘z ichiga oladi. Iste’molchi 
reklama qilinayotgan tovar to ‘g ‘risida malakali bilimga, ya’ni tasavvur- 
ga ega b o iish i kerak. Reklama xabarlari shunday b o iis h i zarurki, u 
iste’molchida tovarga nisbatan ijobiy munosabat uyg‘otishi va uni sotib 
olishga ishonch uyg‘ota olishi lozim. Reklama mazmuniga kelganda, 
unga tovarlarni va ularning iste’mol qilish xususiyatini tashviqot qilish 
deb qaralishi shart. Ayrim qarash va g ‘oyalaming shakllanishi tashviqot 
qilish reklamani rivojlantirishning yangi imkoniyatlarini ochadi.
Marketing faoliyati tajribasi shuni tasdiqlaydiki, reklamaning ta ’sir- 
chanligi unga tovarlarni ishlab chiqaruvchidan tortib iste’molchiga b o i ­
gan harakat tizimidagi o ‘m iga n ech o g ii ahamiyat berilishiga bogiiqdir. 
Reklamaning samaradorligi esa jam oatchilik fikrining shakllanishi va 
iste’mol narxlarining o ‘zgarishi bilan oichanadi.
Reklama maqsadlarini aniqlagandan so‘ng, kompaniya har bir 
mahsulot uchun reklama budjetini o ‘matadi. Tovaming reklama budjeti 
mahsulotning hayotiy aylanish davridagi bosqichiga b o g iiq . Masalan, 
yangi mahsulotlar, odatda, sezgirlik yaratish va iste’molchilami o ‘ziga 
jalb qilish uchun nisbatan katta reklama xarajatlarini talab qiladi. Aksin­
cha, yetuk brendlar, odatda, savdoga nisbatan kamroq xarajatni talab 
qiladi. Reklama savdodagi texnologiya jarayonining tarkibiy qismidir. 
Modomiki, tovar sotish chakana savdodagi asosiy texnologiya jarayoni 
ekan, reklama ham xaridomi e ’tiborini tortganda, uning talab va ehtiyoj i 
aniqlangan paytdan, tovami oqilona k o ‘z-ko‘z qilishdan boshlanadi. 
Reklama tovam ing xususiyatlari va sifati uni ishlatish, iste’mol qilish 
usullari to ‘g ‘risida o ‘z vaqtida maslahat berish, do‘konlardagi texnolo­
giya jarayonlarini tashkil etishda muhim o ‘rin tutadi. So‘ngra, biror 
tovarga qo ‘shib olinadigan tovarlarni tavsiya etish ham reklamaning 
diqqat markazida b o iish i kerak. Chakana savdodagi reklamani q o ila sh
joyiga, vazifasiga texnikaviy vositalami q o ila sh va ulardan foydalanish 
uslublariga qarab bir-biridan farq qiladi.
261


Q o ilan ish joyiga k o ‘ra reklamalar do‘konga kiruvchi xaridorlarga 
m oijallangan do'kon ichidagi va butun aholiga qaratilgan do‘kon to ‘g ‘- 
risidagi turlarga bo ‘linadi.
Vazifasiga ko‘ra reklama vositalari aholining muayyan kategoriya- 
lari va guruhlariga (maktab o ‘quvchilari va ulam ing ota-onalariga, 
ishchilarga, parhez taomga muhtoj b o ig a n kishilarga va shu kabilarga) 
m oijallan gan b o iad i.
Texnikaviy vositalami qo ilash va ulardan foydalanish uslublariga 
k o‘ra reklama quyidagi turlarga boiinadi:
a) vitrina-ko‘rgazma reklamasi (deraza va d o ‘kon ichkarisiga o ‘m a- 
tilgan vitrinalar, do‘konlardagi va boshqa jam oat joylaridagi tovar k o ‘r- 
gazmalari);
b) tasviriy, fotografik yoritilgan reklamalar (do'konlarning tam g‘a- 
lari, reklama yozuvlari, plakatlar, preyskurantlar, ko‘rsatkichlar, e io n - 
lar);
d) bosma reklama (varaqalar, kataloglar, prospektlar, gazeta va jur- 
nallardagi eionlar);
e) namoyish reklamasi (mahsulotlami tatib k o ‘rish, kiyim-kechak- 
ning yangi modellarini namoyish qilish va shu kabilar);
f) kino-televizion va diapozitiv reklamasi;
g) ovozli reklama.
Reklama vositalari esa m a’lum darajadagi kishilami o ‘ziga jalb 
etish maqsadida reklama murojaatlariga (to‘g ‘ri aloqa reklamasi, 
maketlar, jam oat transportidagi turli yozuvlar, savdo binolarini reklama 
jihatidan bezash) tayanadilar. Reklama - bu ommani xabardor qilish 
usulidir. Iste’molchilar bilan yaqin aloqa o ‘matishda ommaviy axborot 
vositalari unga yordam qiladi.
Savdo reklamasining o ‘ziga xos xususiyati xaridomi chorlash va 
chiqarishdan iborat. Shu bilan birga, savdo reklamasi aholi salomatligi 
y o iid a tovarlaming ayrim turlarini iste’mol qilishni ko‘paytirish maqsa­
dida ularga ta ’sir o ‘tkazish vositasidir.
Xalqning turmush darajasi osha borishi, savdoga b o ig a n talablar 
kuchayishi, ko ‘pincha, yangi talablar qo'yilishi reklama bilan bogiiqdir, 
chunki, savdo xalq iste’molini qondirish jarayonidir. Reklama savdo 
madaniyatini oshirishga ko in ak lasb m o g i lozim. Reklama yaxshi y o ig a
qo‘yilgan b o is a , xaridorlar o ‘zlariga zarur tovarlarni tez topib, oson va 
ko‘p vaqt sarflamay sotib oladigan boiadilar. Shu tariqa tovami sotish
262


tezlashadi, savdo xodimlari mehnatining samaradorligi ortadi, muomala 
chiqimlari kamayadi. Savdo reklamasi alohida hammaga m a’lum bo ‘l- 
gan b a’zi bir tovarlar to ‘g ‘risida foydali m a ’lumotlar berish, shu tovar- 
laming xususiyatlari, qimmatli jihatlari, ulami ishlatish usullarini tu- 
shuntirishi kerak. Reklama maqsadlarini amalga oshirish uchun reklama 
strategiyasi ishlab chiqiladi. Reklama strategiyasi ikkita asosiy element- 
dan iborat:
• reklama xabarlarini yaratish;
• reklama vositalarini tanlash.
Budjet qanchalik katta b o ‘lmasin, reklama faqat iste’molchilar bilan 
shug‘ullangan va yaxshi muloqot qilgan taqdirda muvaffaqiyatga erishi- 
shi mumkin.
Reklama samaradorligini o ‘lchash va reklama investitsiyalarining 
daromadliligi aksariyat kompaniyalar uchun juda muhim masaladir.
Reklama uchun har qanday xarajatlar to ‘lanishi kerak, y a’ni savdo 
o ‘sishi bilan foyda keltirishi kerak. Salbiy moliyaviy natijaga olib kela­
digan reklama kompaniyalari samarali emas. Har safar birinchi qadam 
aniq moliyaviy natijani hisoblash, y a ’ni, foyda minus reklama, xarajat­
larini k o ‘rib chiqing va uni reklamasiz davr bilan taqqoslang. K o‘pgina 
kompaniyalar reklama uchun sarflayotgan m ablag‘lari qanday darajada 
samara berayotganini bilishni xohlaydi. Reklama agentiiklari muntazam 
ravishda reklama natijalarining ikki turini baholashlari kerak:
• kommunikatsiyaning samarasi;
• sotishning foydaga ta ’siri.
Reklama agentligi tajribali matnchilar, rassomlar, televideniya pro- 
dyuserlari, tadqiqotchilar va m a’muriy xodimlami yagona ishbilarmon 
korxonaga birlashtiradi. Bu mutaxassislar boshqa odamlarga nisbatan 
nozik muloqotlarga moyilligi, reklama va bozor vositalarini yaxshi bi~ 
lishi bilan ajralib turadi. Boshqacha qilib aytganda, reklama agentligi bu 
ijodiy xodimlar va tijoratchilardan iborat, mustaqil korxonadir. Agentlik 
mutaxassislaming hamkorlikda ishlashi va yakka mijozlar bilan samarali 
reklama yaratib berishlari uchun qulay muhit tu g ‘diradi. Reklama agent­
ligi reklama beruvchilar bilan reklamani xaridorlarga yetkazuvchi om­
maviy axborot vositalari o ‘rtasida, go‘ya vositachilik vazifasini bajaradi. 
Agentlik taklif etadigan xizmatlar ayrim reklama beruvchilar imkoniya- 
tiga qaraganda sifat jihatidan yuksak, turi jihatidan g ‘oyat kengdir.
263


Reklama agentliklarini quyidagi prinsiplariga k o ‘ra tavsiflash 
mumkin:
• k o ‘rsatadigan xizmatlari hajmiga ko‘ra - universal;
• muayyan tovar va reklama vositalariga k o ‘ra ixtisoslashgan;
• faoliyati sohasiga k o ‘ra - ichki bozorda ish ko'radigan va ichki 
hamda tashqi bozorda ish ko‘radigan turlari.

Download 7,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   190




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish