Urganch davlat universiteti I. S. Abdullayev


Raqobat turlari va shakllari



Download 7,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet91/190
Sana02.04.2022
Hajmi7,58 Mb.
#524818
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   190
Bog'liq
I.S. Abdullayev. Marketing. Darslik. 2020. 324 bet. (1)

8.2. Raqobat turlari va shakllari
Iqtisodiy adabiyotlarda bir tarmoq ichidagi raqobatning 
to‘rtta
shakli 
alohida ajratilib k o ‘rsatiladi. Bular erkin raqobat, monopolistik 
raqobat, monopoliya va oligopoliyadir.
Erkin raqobat ikki darajada namoyon b o iad i: tarmoq ichida, y a’ni 
bir xil tovarlar ishlab chiqaruvchi korxonalar o'rtasidagi raqobat va 
tarmoqlararo, y a’ni turli tarmoqlardagi korxonalar o ‘rtasidagi raqobat. 
Tarmoqlar ichidagi raqobat ishlab chiqarish va sotishning qulayroq 
sharoitiga ega b o iish , qo‘shimcha foyda olish uchun bir tarmoq 
korxonalari 
o'rtasida boradi. 
Har bir tarmoqda texnika bilan 
ta ’minlanish darajasi va mehnat unumdorligi darajasi turlicha b o ig a n
korxonalar borligi sababli shu korxonalarda ishlab chiqarilgan 
tovarlaming individual (alohida) qiymati bir xil bo‘lmaydi.
Tarmoq ichidagi raqobat tovarlam ing ijtimoiy qiymatini, boshqacha 
aytganda, bozor qiymatini aniqlaydi va belgilaydi. Bu qiymat, odatda, 
o ‘rtacha sharoitda ishlab chiqarilgan va muayyan tarmoq tovarlarining 
anchagina qismini tashkil etadigan tovarlam ing qiymatiga mos keladi.
Tarmoqlar ichidagi raqobat natijasida texnikaviy darajasi va mehnat 
unumdorligi yuqori b o ig an korxonalar qo'shim cha foyda oladilar va 
aksincha, texnika jihatdan nochor korxonalar esa, o ‘zlarida ishlab chiqa­
rilgan tovar qiymatining bir qismini yo‘qotadilar va zarar ko‘radilar.
Tarmoqlararo raqobat turli tarmoqlar korxonalari o ‘rtasida eng 
yuqori foyda normasi olish uchun olib boriladigan kurashdan iborat. 
Bunday raqobat foyda normasi kam b o ig an tarmoqlardan foyda normasi 
yuqori tarmoqlarga kapitallaming oqib o ‘tishiga sabab b o iad i. Yangi 
kapitallar ko ‘proq foyda keltiruvchi sohalarga intilib, ishlab chiqarish- 
ning kengayishiga, taklif k o ‘payishiga olib keladi. Shu asosda, narxlar 
pasaya boshlaydi. Shuningdek, foyda normasi ham pasayadi, kam foyda 
keltiruvchi tarmoqlardan kapitalning chiqib ketishi teskari natijaga olib 
keladi: bu yerda ishlab chiqarish hajmi o'zgaradi, tovarlarga b o ig an
153


talab ular taklif qilishidan oshib ketadi, buning oqibatida narxlar 
k o ‘tariladi, shu bilan birga foyda normasi oshadi. Natijada tarmoqlararo 
raqobat obyektiv ravishda qandaydir dinamik muvozanatni keltirib 
chiqaradi. Bu muvozanat kapital qaerga sarflanganligidan qat’iy nazar, 
teng kapital uchun teng foyda olinishiga intilishni ta ’minlaydi. Erkin 
raqobat sharoitida bir xil mahsulot ishlab chiqaruvchi tarmoqda jud a 
k o ‘p sonli korxonalar mavjud bo‘ladi. Yuqori darajada tashkil qilingan 
bozorda ko'plab sotuvchilar o ‘zlarining mahsulotlarini taklif qiladilar.
Erkin raqobatli bozorda alohida korxonalar mahsulot narxi ustidan 
sezilarsiz nazoratni amalga oshiradi. Chunki, har bir korxonada umumiy 
ishlab chiqarish hajmi uncha katta b o ‘lmaydi. Shu sababli alohida 
korxonada ishlab chiqarishning k o ‘payishi yoki kamayishi umumiy 
taklifga, demak mahsulot bahosiga sezilarli ta ’sir k o ‘rsatmaydi.
Erkin raqobat sharoitida yangi korxonalar tarmoqqa erkin kirishi, 
tarmoqda mavjud b o ig a n korxonalar esa uni erkin tashlab chiqishi 
mumkin. Xususan yangi korxonalaming paydo b o ‘lishi va ulaming 
raqobatli bozorda mahsulotlarini sotishga huquqiy, texnologik, moliya­
viy va boshqa jiddiy iqtisodiy to ‘siqlar b o ‘lmaydi.

Download 7,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   190




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish