Urganch davlat universiteti I. S. Abdullayev


Raqobat ustunliklari strategiyasi



Download 7,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet100/190
Sana02.04.2022
Hajmi7,58 Mb.
#524818
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   190
Bog'liq
I.S. Abdullayev. Marketing. Darslik. 2020. 324 bet. (1)

8.4. Raqobat ustunliklari strategiyasi
Raqobat ustunligiga deyarli har doim muvaffaqiyatli hujumkor 
strategik harakatlar hisobiga erishiladi. Ustunlikka erishishni ta ’minlash 
uchun muvaffaqiyatli hujumkor strategiyaga qancha vaqt talab etilishi 
tarmoqdagi raqobat tavsifiga b o g iiq . Ustunlikni ta ’minlash vaqti qisqa 
b o iish i, xizmat k o ‘rsatish sohasidagi kabi, murakkab texnologik 
jarayonli kapital talab etadigan tarmoqlardagi kabi ancha davomli 
bo ‘lishi ham mumkin. Ideal darajada sozlangan harakatlar miqyosi 
ancha katta bo ‘lgan (masalan, yangi qimmatbaho dorining patentiga 
farmatsevtikada ega bo ‘lish sezilarli ustunlikni ta ’minlaydi) yoki uncha 
katta b o ‘lmagan (masalan, tikuvchilik sanoatida. Bunda kiyimlaming 
yangi modadagi fasonlari osongina o ‘zlashtirilishi mumkin, nusxa 
k o ‘chirish orhali) raqobat ustunligini yaratishi mumkin. Muvaffaqiyatli 
hujumdan so‘ng "mevalaming samarasini" k o ‘rish davri keladi. Bu 
davming davomiyligi esa raqiblarga y o ‘qotilgan pozitsiyalami qaytarib 
olish uchun hujumga o ‘tishga qancha vaqt kerak b o iish ig a bog‘liqdir. 
Raqiblar firma yaratgan ustunlikka qarshi jiddiy qarshi hujum boshlash- 
lari bilan uning yemirilishi boshlanadi. Egallangan mavqeyini saqlab 
qolish uchun firma ikkinchi strategik hujumni amalga oshirishi kerak. 
Uning fundamentini esa raqobatchi ustunlikka erishish maqsadida
166


kurashni kuchaytirgan paytlarida hujumga o ‘tishga tayyor turish uchun 
"mevalami samarasini" ko‘rish davrida ko ‘rib qo'yish kerak bo ‘ladi. 
Raqobat ustunligini saqlab turish uchun firma raqiblardan bir bosh 
baland bo‘lishi kerak. Bozordagi o ‘zining pozitsiyasini mustahkamlash 
uchun ketma-ket strategik hujumlar uyushtirishi va xaridorlaming 
moyilligini saqlab turishi lozim. Firmaning tashqi raqobat ustunliklariga 
quyidagilar kiradi:
• mamlakat raqobatbardoshligining yuqori darajasi;
• kichik va o 'rta biznesning davlat tomonidan faol qoilab-quvvat- 
lanishi;
• m am lakat iqtisodiyoti faoliyat k o ‘rsatishining sifatli huquqiy 
tartibga solinishi;
• jam iyat va bozorlaming ochiqligi;
• mamlakat iqtisodiyotini boshqarishning yuqori ilmiy darajasi;
• standartlashtirish va sertifikatlash milliy tizimining xalqaro tizim 
bilan uyg‘unlashuvi;
• fan va innovatsiya faoliyatining davlat tomonidan tegishlicha 
qoilab-quvvatlanishi;
• mamlakatni boshqarishni axborot bilan ta ’minlashning yuqori 
sifati;
• mamlakat ichida va jahon hamjamiyati doirasida integratsiyala- 
shuvning yuqori darajasi;
• mamlakatda past soliq stavkalari;
• qulay va arzon resurslaming mavjudligi;
• mamlakatda boshqaruv kadrlarini tayyorlash va qayta tayyorlash- 
ning sifatli tizimi va boshqalar.
Firmaning ichki raqobat ustunliklariga quyidagilar kiradi:
• tovarga bo‘lgan yuqori ehtiyoj;
• jam lash, ixtisoslashuv va kooperasiyaning optimal darajasi;
• boshqaruvning yuqori sifatli axborot va m e’yoriy-uslubiy asosi;
• yetkazib beruvchilaming raqobatbardoshligi;
• sifatli xomashyo va boshqa resurslardan foydalanish imkoniyati- 
ning mavjudligi;
• resurslardan foydalanish samaradorligini optimallashtirish ishlari- 
ning bajarilishi;
• tub yangiliklaming yuqori darajasi (patentlangan tovar, texnolo- 
giyalar, axborot tizimlari va h.k.);
167


• menejerlaming raqobatbardoshligi;
• tovam ing eksklyuzivligi;
• k o ‘p ilm talab qiluvchi tovarlar eksportining yuqori ulushi;
• raqobatbardosh tashkilotlar va tovarlam ing yuqori salm og‘i va 
boshqalar.
Firmaning raqiblardan ustunlikka ega b o iish i 
uchun hujumlar 
strategiyasini q o ila sh yaxshi samara beradi.
Hujumkor strategiyaning oltita asosiy turi ajratiladi:
• raqobatchining kuchli tomonlariga qarshilik k o ‘rsatish yoki ular- 
dan o ‘zib ketishga qaratilgan harakatlar;
• raqobatchining z a if tomonlaridan foydalanishga qaratilgan hara­
katlar;
• bir nechta frontlarda bir vaqtda hujumga o ‘tish;
• egallanmagan bo‘shliqlarni egallash;
• partizan urushi;
• zarbalar.
F. Kotler firmaning bozordagi ulushidan kelib chiqqan holda 
raqobatchilik strategiyasini 4 ta turga ajratib k o ‘rsatadi:
• lider strategiyasi;
• kurashga chaqiruvchi strategiya;
• lider orqasidan boruvchi strategiya;
• mutaxassis strategiyasi.
Odatda lider bu asosiy bozomi rivojlantirishga katta hissa q o ‘shuv- 
chi firmadir. Lideming javobgarligini aniqlovchi eng tabiiy strategiya 
b o iib , yangi iste’molchilami egallashga, mavjud tovarlarni q o ilash d a 
yangi tashviqotga yoki tovarlarni bir marta iste’molini o ‘stirishga 
y o ‘naltirilgan global talabni kengaytirish strategiyasi b o iib hisoblanadi.
Lider strategiyasi - bu bozor liderining strategiyasi b o iib , u orqali 
korxona bozorda raqobat kurashida q o ig a kiritgan yutuqlarini, 
pozitsiyalarini (masalan, bozorda katta ulushni saqlab qolish, mahsulot 
markasini obro‘sini k o ‘tarish, tovar harakati kanallari ustidan nazoratni 
saqlab qolish)ga intiladi.
M udofaa strategiyasi - bu bozor sardori tomonidan o ‘zining bizne- 
sini raqobatchilar tajovuzidan doimo himoya qilish maqsadida tanlana- 
digan 
strategiyadir. 
Mudofaa 
strategiyasining 
quyidagi 
turlari 
mavjuddir: pozitsiyali mudofaa, qanot mudofaasi, mudofaa qayta
168


hujumga o ‘tish y o ‘li bilan, mobil mudofaa va qisilib qolayotgan 
mudofaa.
Hujum strategiyasini qo'llash natijasida firma bozorda o ‘z ulushini 
oshirishga harakat qiladi. Bundan maqsad tajriba samarasini keng 
ishlatish hisobiga rentabellikni oshirishdan iboratdir.
Demarketing strategiyasi esa bozor liderining to ‘rtinchi strategiyasi 
bo‘lib, lider firma monopolizmda ayblanishdan qochish uchun bozordagi 
o ‘z ulushini qisqartirishni k o ‘rib chiqishi mumkin. Unga erishish yo‘l- 
larini bittasi ko'rsatilayotgan xizmatlami, reklama va talabni rag‘batlan- 
tirish maqsadida qisqartirish, ayrim segmentlarda narxni oshirish hisobi­
ga talab darajasini pasaytirish maqsadida demarketing tamoyillarini 
q o ila sh hisoblanadi.
“Kurashga chaqiruvchi” strategiyasining maqsadi - lider o ‘mini 
egallashdir. Bu yerda 2 ta muammo muhim hisoblanadi:
• liderga hujum qilish uchun vaziyatni tanlash;
• uning imkoniyatlarini va himoyasini baholash.
Hujum strategiyasi - bu raqobat strategiyasi bo‘lib, u bozor d a’vo- 
gari tomonidan sotuv bozorlarini egallash kurashida qo'llaniladi.
Raqobat ustunligini himoya qilish uchun mudofaa strategiyalaridan 
foydalanish ham mumkin. Raqobat bozorlarida barcha firmalar raqobat­
chilar uyushtiradigan hujumlammg obyektlari bo‘lishi mumkin. Hujum- 
lar xuddi eski, amaldagi firmalar tomonidan bo ‘lganidek, yangi firmalar 
tomonidan ham bo‘lishi mumkin. Himoyaviy strategiyaning maqsadi 
hujumga uchrash xavfini kamaytirish yoki ularni eng kam y o ‘qotish 
bilan o ‘tkazib yuborish. Himoya strategiyasi kompaniyaning raqobat 
ustunligini kuchaytirmasa ham, raqobat pozitsiyasi atrofida mudofaa 
inshootlarini tashkil etish va raqobat ustunligini saqlab qolish imkonini 
beradi. Kompaniyaning raqobat strategiyasi - bu biznesga yondashuv va 
mijozlami jalb qilishga qaratilgan tashabbuslar, kompaniyaning bozor­
dagi pozitsiyani mustahkamlash uchun olib boradigan kurashidan iborat. 
Bozordagi raqobatni urushga o ‘xshatish mumkin. Bu umshda raqiblar 
yarador bo‘lishi, zarar ko ‘rishi mumkin. Bunda faqat eng yaxshi 
strategiya g ‘alaba qozonadi. Kompaniyaning raqobat strategiyasi hujum- 
korlik va mudofaa harakatlarini, qisqa muddatli taktik va uzoq muddatli 
harakatlarni o 'z ichiga oladi.
Bozordagi raqobatchilar nechta b o'lsa raqobatchilik strategiyasining 
variantlari va ko'rinishlari shuncha bo‘ladi. Biroq ularning turi
169


qanchalik k o ‘p bo ‘lmasin, ularning o ‘xshashliklari topiladi. Strategiyaga 
yondoshishning keng tarqalgan 5 ta varianti mavjud b o ‘lib ular quyida 
keltirilgan:
1. Xarajatlar bo ‘yicha ilg‘orlik strategiyasi. Tovar va xizmatlami 
ishlab chiqarishda t o i a xarajatlarini pasaytirishni k o ‘zda tutadi. Bu esa 
ko‘p sonli xaridomi jalb qiladi.
2. Keng tabaqalashtirish strategiyasi. Kompaniya tovarlariga raqo­
batchi firmalar tovarlaridan farq qildiradigan o'ziga xos chizgilami 
berishga qaratilgan. Bu ham xaridorlami jalb etishga yordam beradi.
3. Optimal xarajatlar strategiyasi. Xaridorlarga past xarajatlar va 
mahsulotni keng tabaqalashtirishni uyg‘unlashtirish hisobiga kimmatli 
tovar olish imkoniyatini beradi. Asosiy vazifa uxshash tovam i ishlab 
chiqaruvchilarga nisbatan optimal xarajat va past baholami ta ’minlash- 
dan iboratdir.
4. Fokuslangan strategiya. Bunda strategiya past xarajatlarga 
asoslangan b o iib , xaridorlaming tor segmentiga y o ‘naltiriladi. Bunda 
firma o ‘z raqobatchilaridan ancha past baholar hisobiga o ‘tib ketadi.
5. Ifodalangan strategiya yoki mahsulotni tabaqalashtirishga asos­
langan bozor uyasi strategiyasi. Uning maksadi - tanlangan segmentlar 
namoyondalarini ularning did va talablariga yanada to ia ro q javob 
beradigan tovar va xizmatlar bilan ta ’minlashdir. Shuningdek, raqobat 
ustunligini himoya qilishning bir qancha y o ila ri mavjud. Ulardan biri -
raqobatchilar harakatlarini boshlashlari uchun xalal berish.
Bunday yondashuv quyidagi asosiy qadamlarni ko ‘zda tutadi:
• bo‘sh bozor uyalarini to id irish uchun mahsulot nomenklaturasini 
kengaytirish;
• raqobatchilar ega b o ig an yoki ega b o iish i mumkin b o ig an
modellar va mahsulotlar sortlarini ishlab chiqish;
• pastroq 
narxlarda 
raqobatchilaming 
mahsulotlariga 
yaqin 
modellami taklif etish;
• raqobatchilami vositachi va distribyuterlaming taqsimlash tarmo- 
g id a n siqib chiqarish uchun ular bilan shartnomalar imzolash;
• vositachilar va distribyuterlar boshqa ta ’minotchilar bilan aloqa 
bogiashlariga halal berish uchun ularga sezilarli chegirmalami 
kafolatlash;
• iste’molchilami bepul yoki past narxlarda o ‘qitishni taklif etish;
170


• o ‘z mahsulotiga iste’molchilar talabini saqlab qolish uchun 
choralar ko‘rish;
• kreditga sotish hajmlarini oshirish;
• butlovchi qismlar yetkazib berish vaqtini qisqartirish;
• muqobil texnologiyalami patentlash;
• xususiy “nou-xau”lami himoyalash;
• eng yaxshi t a ’minotchilar bilan eksklyuziv kontraktlar imzolash;
• raqobatchilarni yaqinlashtirmaslik uchun xom ashyolami katta 
hajmlarda sotib olish;
• raqobatchilar bilan ishlaydigan ta ’minotchilardan voz kechish;
• tovarlar va raqobatchilar harakatlami doimo nazorat qilib tutish;
• himoyaviy strategiyaga b o ‘lgan ikkinchi yondashuv raqobatchi­
larga ulaming harakatlari javobsiz qolmasligi va kompaniya hujumga 
tayyor ekanligini yetkazib turishdan iborat.
Himoyaviy 
strategiyaga 
bo ‘lgan 
ikkinchi 
yondashuv 
raqobatchilarga ulam ing harakatlari javobsiz qolmasligi va kompaniya 
hujumga tayyor ekanligini yetkazib turishdan iborat. Raqobatchilaming 
hujumkor 
harakatlariga 
qarshilik 
k o ‘rsatishning 
boshqa 
y o ii 
raqobatchilarni o ‘ziga jalb etadigan va ulami hujumkor harakatlarga 
undaydigan foydani kamaytirishga urinishdan iborat. 
Firmaning 
foydaliligi qanchalar yuqori b o is a , bu boshqalar uchun o‘ziga jalb 
etadigan «хо‘гак» vazifasini o ‘taydi va hujumkor harakatlar qilish 
istagini tug'diradi. Bunday sharoitda kompaniya hisob mexanizmlari 
yordamida himoyalanishi mumkin.
Vertikal integratsiya strategiyasi va raqobat ustunligi
Kompaniya m ablagiarini vertikal integratsiyaga investitsiya qilish­
ning asosiy sababi uning raqobat pozitsiyasining kuchayishidir. Agar 
vertikal 
integratsiya 
kompaniya 
xarajatlarini 
sezilarli 
darajada 
pasayishiga yoki qo‘shimcha raqobat ustunligiga erishishga olib kelmas 
ekan, u strategik hisoblanmaydi va unga m ablag1 sarflashning foydasi 
yo ‘q. «Orqaga» integratsiya shundagina xarajatlami pasayishiga olib 
keladiki, unda ishlab chiqarishning talab etiladigan hajmi shu darajada 
yuqori b o iad ik i, u xuddi ta ’minotchilardagi kabi ishlab chiqarish 
miqyoslarida shunday tejamkorlikni ta ’minlaydi. «Oldinga» vertikal 
integratsiya ham ana shunday ildizlarga ega.
Vertikal integratsiyaning kamchiliklariga quyidagilar kiradi:
171


• integrallashgan firmalar yangi texnologiyalarga sekin k o ‘nikish 
tendensiyasiga ega bo‘ladilar, chunki bu katta xarajatlar bilan b o g iiq ;
• integratsiya ta ’minotchilami erkin tanlash xususida firmaning 
imkoniyatlarini cheklaydi;
• vertikal integratsiya qadriyatlar zanjiridagi har bir bosqichda 
quvvatlami balansligi bilan b o g iiq b o ig a n muammolarga olib keladi.
• «Oldingi» yoki «orqaga» integratsiya turli malaka, mahorat va 
ishbop qobiliyatlarini talab etadi.
Shunday qilib, vertikal integratsiya strategiyasining ham kuchli, 
ham kuchsiz tomonlari b o iish i mumkin. Integratsiyaning qanday 
yo ‘nalish va qanday miqyoslarini tanlash quyidagilarga b o g iiq :
• integratsiya kompaniyaning strategik jihatdan muhim b o ig a n ish 
sohalari xarajatlarini pasaytirish yoki tabaqalashtirishni chuqurlashtirish 
tomoniga yaxshilashga qodirmi?
• kapital xarajatlar, javob reaksiyaning chapdastligi va tezligiga, 
m a’muriy xarajatlarga qanday ta ’sir ko ‘rsatadi?
• raqobat ustunligini yaratishga qodirmi?
Boshlovchilikning ustunliklari va kamchiliklari.
Vaqt omili strategiyani tanlashda hal qiluvchi rol o ‘ynaydi: 
ustunlikka erishish uchun «qaldirg‘och» firmaning «qaltis vaqtda 
strategik harakat kerakmi yoki kerak emas?» degan savolga javob 
beradi.
Strategik qadamlami birinchi b o iib qo‘ygan firma shundagina 
yuqori natijalarga erishishi mumkin, qachonki: tashabbuskorlik firma­
ning obro‘ orttirishiga yordam bersa.
Xomashyo, yangi texnologiyalar ta ’minotchilari, sotish tarmoqlari 
bilan erta o ‘m atilgan aloqalar mutloq ustunlikni egallashga imkoniyat 
yaratishi mumkin. Birinchi xaridorlar takroriy xaridlami amalga oshirib 
kompaniyaga kuchli ixlosmandlikni saqlab qoladilar.
Ammo kutish har doim ham muvaffaqiyatsiz yondashuv b o iav er- 
maydi.
«Qaldirg‘och»lar uchun qiyinchiliklar paydo buladi, qachonki:
• birinchi b o iib yurish, yoiboshchilardan keyin yurishga qaragan- 
da ancha qimmatga tushadi;
• texnologik o ‘zgarishlar shunchalik tez amalga oshadiki, ilk inves- 
titsiyalar tezda samarali b o im a y qoladi.
172


• kutayotganlarga bozorga kirish osonroq, chunki xaridorlar har 
doim ham «qaldirg"och»larga sadoqatni saqlab qolavermaydilar.
• ilgarilab ketayotganlarning mahorat va ”nou-xau”laridan oson- 
gina nusxa ko'chirilishi mumkin yoki hatto orqada qolayotganlar to­
monidan takomillashtirilishi ham mumkin.
Raqobatni kuzatib borish tizimi quyidagi to ‘rt asosiy savolga javob 
topishga asoslanadi:
• raqobatchining asosiy maqsadlari nimadan iborat?
• ushbu maqsadlarga erishish uchun ayni paytdagi joriy strategiya 
qanday?
• raqiblar o ‘z strategiyasini amalga oshirish uchun qanday vosita- 
larga egalar?
• ular kelgusida qanday strategiyalami ilgari surishlari mumkin?
Dastlabki uch savolning javobi kelgusi strategiyalami aw ald an
prognozlashga imkon beradi. To‘rtta savolning barchasi bo'yicha to ‘p- 
langan m aium otlam i tahlil qilish natijasida raqiblaming faoliyati 
to ‘g ‘risida to iiq tasaw urga ega b o iis h mumkin. K o‘plab yirik firma va 
kompaniyalar raqobatni kuzatishga katta e ’tibor berib, kerakli m a iu ­
m otlami to ‘plash uchun katta m ab lagiam i sarflaydilar.

Download 7,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   190




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish