Misol. Ushbu y=x5 funksiya grafigining botiqlik, qavariqlik oraliqlarini aniqlang.
Yechilishi. Funksiyaning ikkinchi tartibli hosilasini topamiz: y’’=20x3. Bundan, agar x>0 bo‘lsa, y’’>0, agar x<0 bo‘lsa y’’<0 bo‘ladi. Demak, (-;0) oraliqda egri chiziq qavariq, (0;+) oraliqda esa botiq bo‘ladi.
Funksiyani to‘la tekshirish va grafigini yasash
Funksiyaning xossalarini tekshirish va uning grafigini yasashda quyidagilarni bajarish maqsadga muvofiq:
Funksiyaning aniqlanish sohasi va uzilish nuqtalari topiladi; funksiyaning chegaraviy nuqtalaridagi qiymatlari (yoki unga mos limitlari) hisoblanadi.
Funksiyaning toq-juftligi, davriyligi tekshiriladi.
Funksiyaning nollari va ishora turg‘unlik oraliqlari aniqlanadi.
Asimptotalar topiladi.
Funksiya ekstremumga tekshiriladi, uning monotonlik oraliqlari aniqlaniladi.
Funksiya grafigining burilish nuqtalari, qavariqlik va botiqlik oraliqlari topiladi.
0>0>
Do'stlaringiz bilan baham: |