Urganch davlat universiteti Filologiya va tilllarni o‘qitish: o‘zbek tili ta’limi yo‘nalishi 161- guruh talabasi rahimboyev bazirgonning


- MAVZU: Asqad Muxtor she’riyatiga xos poetik obrazlarni o‘rganish



Download 123 Kb.
bet4/10
Sana12.05.2020
Hajmi123 Kb.
#49406
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
RAHIMBOYEV BAZIRGON mustaqil talim 161-guruh

3- MAVZU: Asqad Muxtor she’riyatiga xos poetik obrazlarni o‘rganish
O‘zbekiston xalq yozuvchisi Asqad Muxtor salmoqli qissa-yu romanlar, badiiy tarjimalar, ko‘plab o‘tkir publitsistik maqolalar barobarida she’riyatda ham yetuk asarlar yaratdi. Ayniqsa, o‘zbek falsafiy-intellektual lirikasi taraqqiyotida uning hissasi katta bo‘ldi.

Asqad Muxtor she’rlarining o‘ziga xos xususiyatlaridan biri (umuman, bu uning butun ijodiga xos xususiyat) falsafiy mulohazalarga boy, oddiy voqealardan ham katta fikr, salmoqli xulosalar chiqarilganidadir. “She’r – inja tuyg‘ularning nozik ifodasi, she’r – ko‘ngil rozi, qalb kechinmalari” kabi tushunchalar Asqad Muxtor she’riyatida o‘zgacharoq mohiyat kasb etadi. Shoir lirikasi misolida aytadigan bo‘lsak, she’r – hissiy tafakkur, ko‘ngil falsafasi, she’r – fikrning tuyg‘ularga o‘ralgan go‘zal suvrati.

Asqad Muxtorning eng yaxshi she’rlarida fikr va tuyg‘u sintezi zuhur topadi. Shoirning ikki banddangina iborat mana bu she’rida oniy kayfiyatdan ilhom olgan lirik qahramon lahzalik holat-manzara (sarg‘ayib, siyraklashib qolgan yaproqlar aro tanga-tanga bo‘lib tushayotgan nur) misolida inson umri haqida tasavvur beradi (darvoqe, she’rning o‘zi ham “Umr” deb ataladi):

Kuni kecha shu so‘rida yotganimda,

Oy shu’lasi tushmas edi yuzlarimga:

Yaproqlarning titroq, yashil sharpalari

Orom olib kelar edi ko‘zlarimga.

Bugun bo‘lsa tanga-tanga nur tushibdi.

Mijjam horg‘in, uyqu bermas yorug‘ yulduz.

Birdaniga yuragim shuv etib ketdi:

Kuz kelibdi, kuz…

She’rdagi ichki ma’nolar silsilasi shundayki, birov uni o‘qib, umr bebaqo, inson hayoti omonat ekani haqida yana bir qur mulohaza qiladi shu bois umrni ko‘proq ezgu amal, ezgu so‘z bilan o‘tkazish kerakligini takror his qiladi. Ayniqsa, she’r so‘ngida lirik qahramonning yuragi shuv etib ketishi holati shoir nazarda tutayotgan fikr ta’sirchanligini oshiradi. Asqad Muxtorning shu kabi satrlarida she’r – uning o‘zi bergan ta’riflardan biri bo‘yicha aytsak – “yarq etgan oniy tuyg‘u”, “shavq tug‘yoni” ekani anglashiladi.

Asqad Muxtorning ko‘plab she’rlarida lirik qahramon – shoirning o‘zi – donishmand, hayotning achchiq-chuchugini tatib ko‘rgan, mulohazakor shaxs. Uning o‘z hayot falsafasi bor. Ezgulik va haqiqat uchun kurash, aziz-u mukarram xilqat hisoblangan inson nomiga munosib ish tutish, shaxs ma’naviyatini yuksaltirish yo‘lida betinim harakat she’rlardagi qahramon e’tiqodi negizini tashkil etadi. Umuman, umr mohiyati, hayot ma’nosini, insonning makon va zamondagi o‘rnini anglash, idrok etishga urinish, bu boradagi fikrlarni badiiy-falsafiy talqin qilish falsafiy-intellektual lirikaning asosiy xususiyatlaridan hisoblanadi.



Download 123 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish