Urganch davlat universiteti Filologiya fakulteti o‘zbek tili yo‘nalishi 205-guruh talabasi Jumabayeva Sevaraning taqdimoti Mavzu:Umar Xayyomning "Navro‘znoma" asari tahlil
Reja:
1.Umar Xayyom hayoti va ijodi.
2."Navro‘znoma"an‘anaviy urf-odatlar tasvirlangan asar.
3. Umar Xayyom ruboiylari talqini.
Umar Xayyom (1048-1123)-Sharq olimi, faylasuf, shoir. Tabiiy fanlar rivojiga, astronomik kuzatishlarga katta e'tibor bergan, ular asosida 1079 yilda yangi, aniq kalendar ishlab chiqqan. Xorazmiy, Beruniy va yunon olimlari fikriga asoslanib, falsafiy masalalarga bag‘ishlab maxsus asarlar yaratgan, matematika ilmini rivojlantirgan, matematikaga bag‘ishlangan ikkita, fizikaga bag‘ishlangan bitta risola yozgan.
Umar Xayyom tabiat haqidagi va turli etnografik materiallarni o‘z ichiga olgan "Navro‘znoma" asarining ham muallifidir. Xayyomni olamga mashhur qilgan uning chuqur falsafiy mazmunli ruboiylaridir. U tabiatning moddiyligini, undagi o‘zgarishlarning abadiy ekanligini ta'kidladi, moddiy narsalar o‘zgarib, yangilanib turadi, konkret buyumlar yo‘qolib, yangisi vujudga keladi, lekin moddiy asos abadiy saqlanib qoladi, deb hisoblagan. Xayyom tabiatni bilishda insonning aqliy qobiliyatlarini ulug‘lagan, inson tabiatning eng yetuk mahsuli ekanligini, bilishda aql va ilmga asoslanish zarurligini ko‘rsatdi. O‘z falsafiy risolalarida Forobiy, Ibn Sino ta'limotlarini davom ettirib, vujud, mavjudot, modda, shakl, olamiy aql kabi falsafiy kategoriyalarni tahlil qilgan, olamning murakkabligi va yaxlitligi haqidagi panteistik ta'limotni rivojlantirgan. - Umar Xayyom tabiat haqidagi va turli etnografik materiallarni o‘z ichiga olgan "Navro‘znoma" asarining ham muallifidir. Xayyomni olamga mashhur qilgan uning chuqur falsafiy mazmunli ruboiylaridir. U tabiatning moddiyligini, undagi o‘zgarishlarning abadiy ekanligini ta'kidladi, moddiy narsalar o‘zgarib, yangilanib turadi, konkret buyumlar yo‘qolib, yangisi vujudga keladi, lekin moddiy asos abadiy saqlanib qoladi, deb hisoblagan. Xayyom tabiatni bilishda insonning aqliy qobiliyatlarini ulug‘lagan, inson tabiatning eng yetuk mahsuli ekanligini, bilishda aql va ilmga asoslanish zarurligini ko‘rsatdi. O‘z falsafiy risolalarida Forobiy, Ibn Sino ta'limotlarini davom ettirib, vujud, mavjudot, modda, shakl, olamiy aql kabi falsafiy kategoriyalarni tahlil qilgan, olamning murakkabligi va yaxlitligi haqidagi panteistik ta'limotni rivojlantirgan.
Uning ruboiylari yaratuvchiga, dindorlarga, diniy fatalizmga qarshi qaratilgan hurfikrlilik g‘oyalari bilan sug‘orilgan. Umar Xayyom xudoni adolatsizlikda, mantiqiy noizchillikda, mehrsizlikda ayblaydi va olamni insonparvarlik asosida qaytadan yaratish haqida fikr yuritadi, diniy aqidalardan noroziligini bildiradi, ilm-fanni ulug‘laydi va ularni egallashga chaqiradi. Umar Xayyom asarlari Sharqda hurfikrlilikning rivojida katta ijobiy rol o‘ynagan.
Ko‘zamni sindirib, irg‘itding, tangri,
Xurramlik eshigin berkitding, tangri.
Tuproqqa to‘kdingku gulgun mayimni,
Bilmadim, mastmisen, na etding tangri.
Deydilar kim qilsa toat-ibodat,
Qanday o‘lsa, shunday uyg‘onur albat.
Doimo mayu yor bilan birgamen,
Men shundoq tirilgum bo‘lsa qiyomat.
Umar Xayyomning «Navro‘znoma» risolasi uning tarixni, etnografiyani, xalq urf-odatlarini juda mukammal bilganligidan dalolat beradi. Biz bu risolada Navro‘z bayrami bilan bog‘liq bo‘lgan juda ko‘p odatlar, hodisalar, afsonalarga duch kelamiz.
Hozirgi zamonda o‘tayotgan Navro‘z bayrami bilan Umar Xayyom tasvir qilayotgan davrdagi Navro‘z bayrami orasida katta farqlar mavjudligidan hayron bo‘lamiz. Durust, hozirgi zamonda qilichbozlik, tirandozlik, chavandozlik kabi odatlar deyarli yo‘q, ammo risola bu odatlar haqida ma’lum darajada o‘ylab ko‘rishga da’vat etadi. Atom va kosmos asrida yashasak-da, o‘sha go‘zal odatlarni qo‘msagimiz keladi, jiyron, qorabayir otlarimizning kishnashlarini sog‘inamiz.
Umar Xayyom bu risolada nafaqat etnograf, tarixchi, balki bilimdon tabib sifatida ham ko‘rinadi. U inson organizmining fasldan faslga o‘tganda o‘zgarishini hisobga olib, eng kerakli tibbiy maslahatlarni beradi.
Masalan, arpaning ming dardga davo ekanligini hozirda juda kam odamlar bilsa kerak. Yoki may — uzumdan tayyorlangan ichimlikning foyda va zararlarini bilish va uni iste’mol qilishda nimalarga rioya qilish kerakligi haqida ma’lumot olish muhim ahamiyatga egadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |