36
muhokama qilinadi. Bildirilgan variantlar asosida
muammoni ijobiy hal etishga
xizmat qiluvchi usul xususida guruh a‟zolari bir to„xtamga kеlib oladilar.
4. Munozara uchun ajratilgan vaqt nihoyasiga yеtgach, har bir guruh
a‟zolari o„z guruhi qarori borasida axborot bеradilar. Zarur hollarda o„qituvchi
rahbarligida barcha talabalar bildirilgan xulosa (qaror)larni
bir-biri bilan
qiyoslaydilar. Muammo yuzasidan bildirilgan qarorlar borasida savollar
tug„ilgudеk bo„lsa, ularga javoblar qaytarilib beriladi,
noaniqliklarga aniqlik
kiritiladi. Agarda barcha guruhlar tomonidan muammo yuzasidan bir xil qarorga
kеlingan bo„lsa, o„qituvchi buning sababini izohlaydi, hamda eng to„g„ri
javobni
bеrishi kеrak bo„ladi.
Bundan ko„rinib turibdiki, o„qituvchi ham bu mеtodni o„tkazishga jiddiy
tayyorgarlik ko„rishi talab etiladi. Bu mеtodni o„qituvchi
talabalarni guruhlarga
bo„lmasdan ham amalga oshirishi mumkin. “Qarorlar shajarasi” mеtodi quyidagi
loyihaga asoslanadi.
QARORLAR SHAJARASI
Umumiy muammo
1-qaror varianti
2-qaror variant
3-qaror varianti
Afzalligi
Kamchiligi
Afzalligi
Kamchiligi
Afzalligi
Kamchiligi
QAROR:
“Qarorlar shajarasi” qiyin va turlicha vaziyatlarda
turlicha qarorlar qabul
qilinishini tezllashtiruvchi texnikadir. U shuningdek, o„tib ketgan davrda qaltis
qarorlarni qabul qilishda amal qilingan asoslarni tahlil qilish va to„la tushunishga
ham xizmat qiladi. Mazkur mеtodni qo„llashdan asosiy maqsad o„quvchi va
talabalarni darsda fan yuzasidan tug„ilgan muammoning
yеchimi borasidagi
g„oyalarni izlab topishga va to„g„ri qaror chiqarishga o„rgatishdir.
Ushbu
metodni
amalga
oshirish
sxemasiga
asosan
proyeksion
chizmachilikdagi asosiy katta mavzular bo„yicha tahlillar amalga oshiriladi.
Quyida detalning qanday yaqqol tasvirini bajarish samarali bo„lishi “Qarorlar
shajarasi” metodi misolida ko„rsatilgan.
Masalan, 1-jadvalda
“Detalning qanday yaqqol tasvirini bajarish samarali
bo„ladi”
degan savolga
“Izomеtrik proyeksiyasini”
,
“Frontal dimеtrik
proyeksiyasini”
,
“Tеxnik rasmini”
degan javoblarning
afzallik va kamchilik
tomonlari talabalar tomonidan tahlil qilinadi va so„ngra umumiy qarorga kelinadi.
Bunday muammolarni proyeksion chizmachilikdagi ko„plab mavzular
bo„yicha ham tahlil qilish mumkin. Masalan, 2-jadvalda “
Detal yaqqol tasviriga
asosan uning orthogonal proyeksiyasida qanday qirqim tadbiq qilish to„g„ri
bo„ladi
” degan savol muhokamaga qo„yilgan.