Amyobalar (Amoebida) – soxta oyoqlilar sinfiga mansub bir hujayrali umurtqasiz hayvonlar turkumi (ayrim manbalarda sinf). Ba’zi amyobaning diametri 20 mk cha; yirik amyoba (Amoeba proteus) 700 mk keladi. Amyobalar chuchuk suvlarda, nam tuproq va qumda yashaydi. Dengizlarda ham bor. Amyobaning qattiq qobigʻi boʻlmaydi, shu sababli ularning gavda shakli doim oʻzgarib turadi, soxta oyoqlari bilan siljiydi. Ba’zi amyobalar xivchin chiqaradi. Amyobalar bakteriyalar, mayda suvoʻtlar va hokazo bilan ovqatlanadi.
Noqulay sharoitda amyobalar gavdasi yumaloqlanib, qattiq qobiq hosil qiladi va sistaga aylanadi. Ayirish vazifasini qisqaruvchi vakuomar bajaradi. Amyobalar, asosan, ikkiga boʻlinish yoʻli bilan koʻpayadi. Amyobalarning bir qancha turlari odam va hayvonlar organizmida parazitlik qiladi. Asosiy turlari: erkin yashovchi oddiy amyoba (Amoeba proteus) va odam ichagida parazitlik qiluvchi ichburugʻ amyobasi (A. histolitica).
1-rasm
Infuzoriyalar (Infuzoria, Ciliophora) — yuksak rivojlangan bir hujayrali hayvonlar tipi. Tanasining uzunligi 12 mkm dan 3 mm gacha. Tashqi koʻrinishi har xil; erkin va oʻtroq, yakka va koloniya boʻlib yashovchi turlari bor. Harakatlanish organoidlari tanasini qoplab turuvchi kipriklardan iborat. Tanasi yupqa va pishiq pellikula qobiq bilan qoplangan. Yadrosi 2 xil: bitta katta yadro (makronukleus) va bitta yoki bir necha kichik yadro (mikronukleus)dan iborat. Katta yadro loviyasimon, zanjirsimon, taqasimon yoki boshqa shaklda, kichik yadro dumaloq boʻladi. Infuzoriya hazm qilish va ayirish organoidlarining ancha murakkab tuzilganligi bilan boshqa bir hujayralilardan farq qiladi. Erkin yashovchi Infuzoriyada ogʻizoldi chuqurchasi, ogʻiz, halqum, hazm qilish vakuollari va chiqarish teshigi boʻladi. Qisqaruvchan vakuollari 2 ta, murakkab tuzilgan boʻlib, sitoplazmadan suyuklik yigʻuvchi uzun naychalar, su-yukdik saqlovchi rezervuar va chiqarish naychasidan iborat. Infuzoriya ning ektoplaz-masida himoya vazifasini bajaruvchi ipsimon otiluvchi tanachalar (trixo-sistalar) joylashgan. Parazit Infuzoriya ning ogʻiz teshigi va qisqaruvchan vakuollari bulmaydi. Bakteriyalar va suv utlari b-n, ogʻizsiz parazit turlari fagotsitoz usulda oziqlanadi. Infuzoriya ikkiga boʻlinish, ketma-ket boʻlinish, koʻp marta boʻlinish, kurtaklanish orqali koʻpayadi. Infuzoriyada jinsiy jarayon ikkita infuzoriya oʻrtasida irsiy belgilarning almashinuvi (konʼyugatsiya) orqali sodir boʻladi. 8000 ga yaqin turi maʼlum. Dengiz, chuchuk suv va tuproqda uch-raydi. 2 sinf (kiprikli va soʻruvchi infuzoriyalar) ga boʻlinadi. Ayrim infuzoriyalar hayvonlar (halqali chu-valchanglar, mollyuskalar, sut emizuvchilar) oshqozonida simbioz yashaydi. Kavsh qaytaruvchi sut emizuvchilar osh-qozonida ofrioskoleks infuzoriyasi yashaydi. Bir qancha Infuzoriya parazitlik qiladi. Baliqlarda ixtioftirius, uy hayvonlari va odamlarda balantidiy parazitlik qilib, katta ziyon keltiradi. Ayrim infuzoriyalar (mas, tufelka) lab. hayvonlari hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |