Teri-muskul xaltasi. Chuvalchangning tanasi tashqi tomondan yupqa epiteliy teri bilan qoplangan. Terisining sirti shihmshiq modda bilan qoplangan. Shilimshiq modda chuvalchangning tuproqda harakatlanishini osonlashtiradi va teriga kislorod tishiga imkon beradi. Epiteliy ostida halqa va bo’ylama muskullar joylashgan. Ichki tomondan tana devorini bir qavat epiteliy hujayralari qoplab turadi. Shunday qilib, tashqi va ichki epiteliy, halqa va bo 'ylama muskullar teri — muskul xaltasini hosil qiladi. Halqa muskullar chuvalchang tanasining ch zihshiga, b ylama muskullar esa qisqarishiga yordam beradi. Halqa va bo’ylama muskullarning navbat bilan qisqarishi tufayli chuvalchang harakatlanadi. Teri —muskul xaltasi suyuqlik bilan t lgan tana b shlig'ini rab turadi. B shliqda ichki organlar joylashgan. Halqali chuvalchanglar tana bo’shlig'i k ndalang to’siqlar yordamida alohida b lmalarga b lingan. Bu bo’lmalar soni tashqi tana halqalari soniga teng keladi. Hazm qilish sistemasi tanasining oldingi uchidagi og'iz teshigidan boshlanadi. Og'iz muskulli halqumga, halqum esa qizilo’ngachga ochiladi. Halqum muskullari yordamida chuvalchang chirindili tuproqni 48 yutadi. Qizilo ngachning keyingi qismi kengayib, jig'ildonga aylanadi. Jig'ildondagi bezlarning suyuqligi chirindi oziq tarkibidagi gumus kislotani neytrallaydi. Jig'ildondan keyin oshqozon joylashgan. Oshqozon devoridagi muskullar yordamida oziq eziladi. Oziq ichakda hazm shirasi ta'sirida hazm b ladi. Ichakning devori orqa tomondan ichak b shlig'iga chuqur botib kirib, tiflozolni hosil qiladi. Tiflozol ichakning ichki hazm qilish yuzasini kengaytiradi. Ichakda hazm bo’lgan oziq qonga s riladi. Oziqning hazm b lmagan qismi tuproq bilan birga orqa chiqaruv teshigidan chiqarib yuboriladi.
Mollyuskalar (Mollusca) — umurtqasiz hayvonlar tipi. Gavdasi, odatda, bosh, tana va oyoq boʻlimlaridan iborat (ikki pallalilardan tashkari). Tanasi mantiya deb ataladigan teri burmasi bilan oʻralgan. Mantiya bilan tanasi oraligʻida mantiya boʻshligʻi boʻladi. Bu boʻshlikda jabralar va boshqa organlar joylashgan. Ayirish, orka chiqaruv va jinsiy teshiklar ham mantiya boʻshligʻiga ochiladi. Mantiya tananing orqa tomonida chigʻanoq hosil qiladi. Chigʻanoq tanani himoya qilib turadi. Harakat organi tananing qorin tomonidan hosil boʻladigan yassi yoki ponasimon yagona oyoqdan iborat. Ikkilamchi tana boʻshligʻi gʻovak biriktiruvchi toʻqima bilan toʻlgan; selom va uning qoldigʻi yurakoldi xaltasi (perikardiy)ni va jinsiy bezlar atrofidagi boʻshliqni hosil qiladi. Qon aylanish sistemasi tutashmagan; qon tomirlardan. hamda tana boʻshligʻi qoldikdari— lakunlar va sinuslar orqali oqib oʻtadi. Yuragi qorincha va boʻlmacha deb ataladigan 2 yoki 4 ta ka-meradan iborat. Nafas organlari ktenidiy deb ataladigan jabralardan, quruklikda va koʻpchilik chuchuk suvda yashaydigan Mollyuskalarda oʻpkadan iborat. Ayirish organi halqali chuvalchanglarnpnt metanefridiylariga oʻxshash tuzilgan bir juft naysimon buyraklardan tashkil topgan. Buyragi yurakoldi xaltasidan boshlanib, chiqarish sifoni deb ataladigan mantiya boʻshligʻiga ochiladi. Nerv sistemasi koʻpchilik Mollyuskalarda tananing turli qismida joylashgan 3 yoki 5 juft nerv tugunlaridan iborat. Tuban tuzilgan Mollyuskalar nerv sistemasi xalqum atrofi nerv halqasi hamda tana boʻylab joylashgan nerv stvollaridan tuzilgan. Ayrim Mollyuskalarning bosh nerv tu-guni kuchli rivojlanib, bosh miyani hosil qiladi (boshoyokdilar). Faol hayot kechiruvchi turlarida sezgi organlari (koʻzlar, paypaslagichlar) rivojlangan. Mollyuskalar ayrim jinsli yoki germafrodit (qarang Germafroditizm). Dengiz Mollyuskalar tuxumidan troxofora yoki veliger (yelkancha) lichinkasi chiqadi. Boshoyoklilar, quruklik va chuchuk suv qorinoyokdilari metamorfozsiz (oʻzgarishsiz) rivojlanadi.
Mollyuskalar yonbosh nervlilar va chigʻanoklilar kenja tipiga boʻlinadi. 1-kenja tip 2 yoki 3 ta sinfga, 2tip 5 ta sinfga boʻlinadi. 130 mingga yaqin turi maʼlum. Yer yuzida juda keng tarqalgan; bir qancha turlari quruklikda va chuchuk suvlarda; koʻpchilik turlari dengizlarda hayot kechiradi. Koʻpchilik Mollyuskalar suv tubi (bentos)da yashaydi. Mollyuskalar suv xayvonlari uchun oziqsifatida katta ahamiyatga ega. Bir qancha turlari (ustritsalar, kalmarlar, midiyalar, dengiz taroqchalari, tok shilligʻi) isteʼmol qilinadi. Marvariddorlardan marvarid olinadi. Marvariddorlar, midiyalar maxsus koʻpaytiriladi (qarang Akvakultura). Quruklikdatarqalgan ayrim Mollyuskalar (tok shilliq qurti, yalangʻoch shilliq) ekinlarni yeb, katta ziyon keltiradi. Chuchuk suv shilligʻi jigar qurtining oraliq xoʻjayini hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |