Urganch Davlat universieteti Fizika-matematika fakulteti talabalarining
bitiruv oldi amaliyotini o‘tkazish to‘g‘risida
SH A R T N O M A
“______”________________2022 y. Urganch shahri
Mazkur shartnoma O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 27 iyuldagi “Oliy ma'lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3151-sonli qarorlarida belgilangan iqtidorli talaba-yoshlarni ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanishga keng jalb etish, talabalarning malakaviy amaliyotlari tizimli ravishda o‘tkazilishini, shuningdek ularning amaliy mashg‘ulotlarini bevosita ishlab chiqarishda tashkillashtirish vazifalarini ijrosini ta'minlash maqsadida, shuningdek, talabalarning olgan nazariy bilimlarini amaliyotda sinab, mustaxkamlash maqsadida, bir tomondan ___________________________________________________ nomidan rahbar _______________________________ va ikkinchi tomondan Urganch davlat universiteti fizika-matematika fakulteti nomidan dekan dots. J.U.Xujamov quyidagilar bo‘yicha tuzdilar.
1. Shartnoma predmeti:
2021-2022 o‘quv-yili davomida Urganch davlat universiteti fizika-matematika fakulteti bilan ____________________________________________ o‘rtasida hamkorlik asosida sifatli kadrlar tayyorlashni amalga oshirish.
2. Tomonlarning huquq va majburiyatlari:
I. Oliy ta'lim muassasasi majburiyatlari
1.1. Bitiruv oldi amaliyot boshlanishidan avval amaliyotga boradigan talaba yo‘nalishi (ixtisosligi), amaliyot o‘tkazish muddati va amaliyot dasturi haqida kelishilgan tashkilot raxbariga ma'lumot berish;
1.2. Amaliyot obyektidagi amaliyotni tashkil etish tartibi va o‘tkazilish muddati hamda mazmunini nazorat qilish.
II. Amaliyot o‘tkaziladigan tashkilotning majburiyatlari
2.1. Amaliyotchi talabaga bitiruv oldi amaliyotining samarali o‘tkazilishiga imkoniyat yaratish;
2.2. Amaliyotchi talabani ta'lim yo‘nalishi bo‘yicha bo‘sh joylar mavjudligida, tegishli ish haqi bilan lavozimga qabul qilish (imkoniyat darajasida);
2.3. Amaliyotni o‘tashda Oliy ta'lim muassasasi bilan kelishilgan oy-kunlik ish jadvaliga amal qilish;
2.4. Amaliyotchi talabani o‘quv-tarbiyaviy ishlar, o‘qituvchilar tarkibi, me'yoriy hujjatlari, uning moddiy o‘quv bazasi (o‘quv xonalari, kompyuter xonalari, axborot resurs markazi va boshqalar), pedagogik kengash, metodik birlashma va ota-onalar qo‘mitasi ishlari bilan tanishtirish.
2.5 Amaliyotchi talabaga malakali mutaxassislarni biriktirish;
2.6. Amaliyotchi talabani ta’lim muassasasi faoliyatini samarali tashkil etish va boshqarishda yangiliklardan foydalanish darajasini o’rganishga va tahlil qilishga va sinfdan tashqari mashg‘ulotlarini tashkil qilishda ishtirok qilishga, mavjud to‘garaklar faoliyati bilan tanishishga rozilik berish.
2.7. Hayot faoliyati havfsizligi bo‘yicha ko‘rsatmalar berish.
2.8. Amaliyotchi talabaning mazkur amaliyot obyektida joriy qilingan ichki mehnat tartib – qoidalariga rioya qilishlarini ta'minlash va nazorat qilish;
2.9. Amaliyotchi talaba amaliyot obyektiga kelishilgan oy-kunlik ish jadvaliga muvofiq bormasa yoki ichki mehnat tartib-qoidalariga rioya qilmasa zudlik bilan oliy ta'lim muassasasiga xabar berish;
2.10. Amaliyotchi talabaga texnik vositalar, axborot resurs markazidagi adabiyotlar va boshqa tegishli hujjatlardan foydalanish imkonini yaratish;
2.11. Bitiruv oldi amaliyotini yakunlash bilan amaliyotchi talabaning amaliyotini baholash va amaliyotchi talabaga tavsifnoma berish;
3. Shartnomaning yakuniy qoidalari:
3.1. Shartnoma ikki nusxada tuzilib, imzolangan kundan boshlab kuchga kiradi.
3.2. Shartnomaning amal qilish muddati 2021-2022 o‘quv yili oxirigacha bo‘lib, ikki tomonning roziligi bilan o‘zgartirilishi yoki uzaytirilishi mumkin.
3.3. Shartnoma ikki tomonning roziligi bilan yoki bir tomon shartnoma shartlarini bajarmagan holda bekor qilinishi mumkin.
3.4. Shartnomaga har qanday o‘zgartirish va qo‘shimchalar ikkala tomonning yozma shakldagi kelishuviga asosan kiritiladi.
Tomonlarning manzillari va rekvizitlari:
Muassasa nomi: Urganch Davlat universiteti
Manzili: Urganch shahar H.Olimjon ko‘chasi, 14 uy.
Теl: 224 6232; 224 6700
Imzo _____________________
Sana _____________________
|
Muassasa nomi:____________ _________________________
Manzili:__________________________________________
Теl:____________________
Imzo ___________________
Sana ___________________
|
Amaliyotchi talaba:__________
__________________________
Manzili:___________________________________________
Теl:______________________
Imzo _____________________
Sana _____________________
|
Do'stlaringiz bilan baham: |