Yusuf Xos Hojib, Mahmud Qoshg‘ariy va Ahmad Yugnakiyning ta’limiy-axloqiy qarashlari.
Reja:
1.Yusuf Xos Hojibning hayoti va ijodi
2.Yusuf Xos Hojibning pedagogik qarashlari
3. Muhammad Sodiq Qoshg’ariy haqida
4. Ahmad Yugnakiyning hayoti va faoliyati.
5. «Hibat ul-haqoyiq» asarida komil insonga xos xislatlarning ifodalanishi.
Yusuf Xos Hojib turk dunyosi milliy uyg’onish davrining eng yirik mutafakkirlaridan biridir. Uning Sharq ijtimoiy-siyosiy, axloqiy-ta’limiy hamda badiiy tafakkuri taraqqiyotiga qo’shgan hissasi beqiyos. Alloma adibning pedagogik qarashlari xam bu sohadagi ulkan merosdir. Ular tarixiy ahamiyati bilangina emas, bugungi kunimizga xizmat qilishi jihatidan ham zo’r ahamiyat kasb etadi.
Yusuf Xos Hojib XI asrda - qoraxoniylar davrida yashab ijod etgan. Adib haqidagi ma’lumotlar uning hozircha topilgan yagona asari «Qutadg’u-bilig» («Saodatga yo’llovchi bilim»)da mavjud.
Asarda keltirilishicha, Yusuf Xos Hojibning tug’ilgan joyi Ko’z urdu (hozirgi Bolasog’un) ekani, turli o’lkalarga safar qilgani, umrining nihoyasida esa Qashqarga kelganligi aytiladi. Demak, Yusuf Xos Hojib 1019 milodiy yillarda Bolasog’unda tug’ilgan.
Yusuf Xos Hojib «Qutadg’u bilig» asarini 50yoshlaridan yoza boshlagan. U 6500 bayt — 13000 misradan iborat.
Buyuk mutafakkir asarni yozib tugatgach, uni qoraxoniylar hukmdori Tavg’achxonga taqdim etadi. Kitob xonga manzur bo’lib, muallifga Xos Hojiblik (mukarram eshik og’asi) lavozimini beradi. «Qutadg’u bilig» asari katta shuhrat qozonadi.
Buni bilib qo’ying!
Yusuf Xos Hojib faylasuf va qomusiy olim sifatida o’z asarida quyidagi sohalarga oid fikrlarni bayon etadi.
Eslab qoling!
Qutadg’u bilig - baxt va saodatga eltuvchi bilim, ta’lim degan ma’noni bildiradi.
Buni bilasizmi?
«Qutadg’u bilig» qator o’zbek olimlari tomonidan tadqiq va tahlil qilingan.
Yusuf Xos Hojibning «Qutadg’ubilig» asari pedagogika tarixida ta’limiy axloqiy usulda yozilgan barcha asarlar uchun tamal toshi hisoblanadi.Shoir Xasrning o’rtalarida tashkil topgan qoraxoniylar hukmronligi davrida yashab ijod etgan.
Qoraxoniylar dastlab Sirdaryodan Yettisuvgacha, Shimoliy Farg’ona va butun Sharqiy Turkistonda hukmronligini o’rnatgan, so’ng Movarounnahrning ichki hududlariga kirib borib, Qoshg’ardan Kaspiygacha bo’lgan keng maydonda o’z davlatini barpo etgan edi.
Mazkur tarixiy davrda Qoraxoniylar davlatini har tomonlama mustahkamlash va boshqaruv siyosati hamda ta’lim-tarbiya usullarini yaxshilash uchun Nizom — qomus zarur edi.
Ana shu zarurat tufayli «Qutadg’u bilig» asari yaratildi. Bu asarda Qoraxoniylar davlatining idora usullarini yaratish, barcha tabaqa, toifalardagi kishilarning huquq va burchlari, jamiyatda tutgan o’rni, davlatni iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy jihatdan mustahkamlash, fuqarolarning madaniyati, ma’naviyatini kamolotga yetkazish masalalari o’z ifodasini topgan.
Yusuf Xos Hojibning «Qutadg’u bilig» asari ta’limiy-axloqiy asar sifatida pedagogika tarixida eng yuqori o’rinlarda turadi.
Asar pandnoma uslubida bitilgan, unda aniq bir syujet yo’q. Asarning asosiy g’oyasi — to’rt qahramonning o’zaro bahs- munozaralari vositasida ochilib boradi. Qahramonlarning nomlari ham ramziy inohiyatga ega
Do'stlaringiz bilan baham: |