Urganch – 2020 O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi urganch davlat universiteti pedagogika fakulteti


KONSTANTIN DMITRIYEVICH USHINSKIYNING PEDAGOGIK TIZIMI



Download 2,64 Mb.
bet95/262
Sana07.07.2022
Hajmi2,64 Mb.
#754649
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   262
Bog'liq
2 5228766376688098170

KONSTANTIN DMITRIYEVICH USHINSKIYNING PEDAGOGIK TIZIMI.
Reja:
1Konstantin Dmitriyevich Ushinskiyning hayoti va ijodi
2.Konstantin Dmitriyevich Ushinskiyning pedagogik qarashlari.


Mavzu bo`yicha asosiy matn
Mashhur rus pedagogi, rus pedagogikasi va xalq maktablarining asoschisi, «rus o’qituvchilarining o’qituvchisi» Konstitantin Dmitriyevich Ushinskiy 1824 yilning 19 fevralida Tula shahrida tug’ildi.
Ushinskiy 9 yoshga qadar oilada tarbiyalanib, savod chiqardi. So’ngra Novgorod-Seversk gimnaziyasiga o’qishga kirib, uni 1840 yilda muvaffaqiyatli tamomladi. O’sha yili Moskva dorilfununining yuridik fakultetiga o’qishga kirdi va o’sha davrning mashhur professori Redkinning bevosita rahbarligi ostida ta’lim oldi.
Ushinskiy 22 yoshida YAroslav litseyiga kameral (yuridik) fanlar professori vazifasini bajaruvchi sifatida xizmatiga kirdi va ish boshladi. U uch yillik dastlabki pedagoglik faoliyatida katta iste’dod egasi ekanini namoyish eta oldi. SHuningdek, Ushinskiy zo’r ishtiyoq bilan o’qituvchilik ishini olib borib, talabalarga havas bilan bilim berishga harakat qildi, ularda ilm-fanga nisbatan qiziqish uyg’otdi, eng muhimi, o’z halqi va ona yurtini jondan sevish, ardoqlash hamda vijdonan halol mehnat qilishga da’vat etdi. Bu yosh va iste’dodli professorning mazmunli ma’ruzalarini litsey talabalari maroq bilan tinglab, chuqur va mustahkam saboq olar edilar.
K.D.Ushinskiy pedagoglik faoliyatini ilmiy-ijodiy ish bilan birga qo’shib olib bordi. 1848 yilda uning birinchi ilmiy ishi — «Kameral fanlarni o’qitish haqida» degan asari nashr qilindi. Bu asarda Ushinskiy oliy o’quv yurtlaridagi mavjud o’qitish tizimiga nisbatan tanqidiy ko’z bilan qaradi. Hukumat tomonidan erkinlik berilishini talab etdi. O’qitish tizimini yaxshilashga oid yirik uslubiy muammolarni o’rtaga qo’yib, ularni qanday hal etish yo’llarini ko’rsatib berdi.
Ushinskiyning ilm-fanni demokratik tarzda targ’ib etishi reaktsion doiralarga ma’qul tushmadi. 1849 yil sentyabrida Ushinskiy va uning do’stlari, demokratik ruhdagi o’qituvchilar, siyosatda shubhali, hukumatga ishonchsiz kishilar sifatida litseydan chetlatildi. K.D.Ushinskiy boshqa ish topish maqsadida 1949 yilda Peterburgga ko’chib borib, juda katta qiyinchiliklardan so’ng 1850 yilda ichki ishlar vazirligida kichik bir amaldor vazifasida ishlashga majbur bo’ldi va u yerda to’rt yil ishladi.
Ushinskiy faqat 1854 yildagina YAroslavl litseyi sobiq direktorining tavsiyasi bilan Gatchino institutida til-adabiyot va qonunshunoslik o’qituvchisi bo’lib ishga kiradi va u yerda tez fursatda shu institutning sinflar inspektori vazifasiga ko’tariladi. Ushinskiyning pedagogik faoliyati tom ma’nosi bilan ana shu vaqtdan boshlandi. U 1859 yilda Smolniy institutining sinflar inspektori vazifasiga tayinlanib, unga shu institutning juda achinarli holga tushib qolgan ilmiy bo’lim ishlarini qaytadan tartibga solishday muhim topshiriq yuklandi. Ushinskiy bu ishni epchillik bilan puxta bajarib, pedagoglik jarayonni uyushtirish sohasida katta qobiliyat sohibi ekanini ko’rsatdi. SHu bilan birga uning pedagogika masalalariga bag’ishlangan va muntazam chop etilayotgan nazariy tadqiqotlari uning faqat amaliyotchi emas, balki o’z ixtisosi bo’yicha kuchli nazariyotchi ekanligini ko’rsatdi.

Download 2,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   262




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish