Mavzu yuzasidan topshiriq Dars yoki darsdan tashqi mashg’ulot yuzasidan kuzatish o’tkazing va sinf jamoasidagi o`zaro munosabatning xarakteri haqida material to`plang 1. O`quvchilar bilan suhbatlashing va jamoaning takomil-lashuvi darajasi haqidagi ularning fikrlarini aniqlang.
Suhbat uchun savollar:
1) Sizning fikringizcha sinfingizda jamoa bormi? Agar bor bo`lsa, unda bu nimalarda ko`rinadi?
2) Siz o`z xohishingiz bilan maktab uchun, sinf uchun kerakli, foydali ish qila olasizmi? Bular qanaqangi ishlardan iborat?
3) Sizlardagi har bir kishi bir-birining kamchiligi haqida to`g`ridan-to`g`ri gapira oladimi?
4) Sinf faoli jamoa hayotining haqiqiy tashkilotchisimi?
5) Siz o`z jamoangizning yo`lboshchilariga qanday munosabat bildirasiz?
6) Sizlar har doim ham bir-biringizga nisbatan E’tiborlimisizlar? Hayotdagi va ishdagi muvaffaqiyatlar hamda muvaffaqiyatsizliklar hamma tomonidan yaqin qabul qilinadimi yoki ba'zi birovlar tomonidanmi?
7) Jamoangizning o`z an'analari bormi? Siz ularga nisbatan qanday munosabatdasiz?
8) Sinf jamoasining rivojlanishiga nima ko`maklashadi va nimalar halaqit beradi?
Vaziyatli masalalar (Keyslar) 1-masala. Bir gazeta redaksiyasiga 6-sinf o`quvchisining onasidan xat kelibdi:
«Hurmatli tahririyat!
Mening o`g`lim to`g`ri yo'l tutgan-tutmaganligini tushunib olishida menga yordam beringlar. O`g`lim 6-sinfda o`qiydi. Yaqinda u maktabdan kelib geografiya darsida sodir bo`lgan bir hodisani gapirib berdi. O`qituvchi bir qizchani doskaga chiqaribdi va Yevropa daryolarining nomini doskaga yozishni undan so`rabdi. Qizcha barcha nomlarni xaritadan qarab-qarab ko`chirib yozibdi. O`qituvchi uni sezmabdi va:
Juda yaxshi! Senga «besh» qo`yaman! - debdi.
Shunda mening o`g`lim joyidan turib, qizcha nomlarning hammasini xaritadan ko`chirib yozganligini aytibdi. O`qituvchi qizchadan:
- Shu to`g`rimi? - deb so`rabdi.
U hech narsa demasdan boshini xam qilgancha jim turaveribdi. O`qituvchi uni aldaganligini tushunibdi va «besh» o`rniga «ikki» qo`yibdi.
O`g`limning bu gaplarini tinglab turdim, lekin uning bu ishda haq yoki nohaq ekanligi haqida nimagadir hech narsa demadim. Lekin har vaqt o`ylayman: u boshqacha yo'1 tuta olarmidi yoki boshqacha yo'1 tutish kerakmidi?
Buni anglab olishda menga yordam bersalaring».
1. Agar shu maktubga asosli javob yozish sizga topshirilsa, nima deb javob yozgan bo`lardingiz.
2. O`qituvchining o`rnida siz qanday ish tutgan bolardingiz?
3. Shunga o`xshash voqeadan xabardor bo`lgan sinf rahbari o`rnida nima qilardingiz?
4. Javoblarning xarakteri o`quvchi yoshiga bog`liqmi? Masalan, onaning savoliga 4 va 7-sinf o`quvchisi ko`rsatadigan reaksiya bir xil bo`lishi mumkinmi?