Komenskiyning dunyoqarashi. Komenskiyning dunyoqarashida uch xususiyat ta’sirini ko’ramiz.
1. Natur falsafasi. 16—17-asrlarda ingliz faylasufi — materialist Bekon sensualistik falsafa nazariyasini ilgari suradi. Komenskiy o’qitish jarayoniga shu pozitsiyadan qaraydi. Bilish sezishdan boshlanadi. Sezish bo’lmagan yerda bilish ham yo’q, deydi u.
2. CHex qardoshlari jamoasi diniy jamoa bo’lganligi uchun Komenskiy ham dindor ruhoniydir. Lekin Komenskiyning ruhoniyligi turmushga amaliy qarash bilan bog’liq edi.
3. Komenskiy dunyoqarashining ba’zi jihatlari Uyg’onish davri ta’sirida vujudga keladi. Odamlarga nisbatan muhabbat, hushchaqchaqlik, odamlarning yaxshilik yaratishiga ishonch bilan qarash, bularning hammasi o’rta asr odamiga nisbatan ishonchsizlik bilan qarashga qarama-qarshidir.
Komenskiy tashqi ob’ektiv dunyoning hukm surishiga ishonadi. Dunyo bir butun. Dunyoda hamma narsa bir-biri bilan bog’liq. Ajralib qolgan narsa yo’q. Dunyo qarama-qarshiliklardan iborat. Dunyo qotib qolgan emas. U o’sishda, o’sish esa o’z qonuniyatiga ega. Qonuniyat borliqqa, ya’ni xudoga tegishli, deydi.
Mavzu yuzasidan topshiriq. YAN AMOS KOMENSKIYNING «BUYUK DIDAKTIKA» ASARINl O`RGANAMIZ
1. Gumanist-pedagog Yan Amos Komenskiyning hayoti va ijodini o`rganing. Eng namunali tomonlarini daftaringizga qayd eting.
2. Nima uchun Komenskiyning «Buyuk Didaktika»si mumtoz asar hisoblanadi? Fikringizni misollar bilan ifodalang.
3. Asardagi asosiy fikrlardan biri «tarbiya bilan o`qitishning tabiatga uyg`un bo'lishi» g`oyasi edi. Bu g`oyaga qanday qaraysiz? Bu g`oya asarning qaysi boblarida aks etgan?
4. «Buyuk Didaktika»da qaysi davrni «Ona maktabi» deb atadi va insonning o`sish yillarini qaysi boblarida davrlarga bo`ladi? Pedagogika va psixologiya fanlaridagi yosh davrlar bilan taqqoslang.
5. Asarda Komenskiy Akademiya, ya'ni oliy maktablar haqida qanday fakultetlar bo`lishiga e'tibor qildi?
6. Komenskiyning fikricha o`qitish 4 ta talabga javob berishi kerak:
a) samaradorlik; b) asoslilik; d) osonlik; e) qisqalik.
Bunday talab nima uchun kerak bo`ldi?
7. Asarda Komenskiy nima uchun sxolastik maktablarni qattiq tanqid qildi, bunga qarshi chiqadi. (XVIII bob, 16-b.)
8. Didaktik prinsiplar deb qaysi prinsiplar tan olindi va uning zarariyati nimada edi?
9. «Buyuk Didaktika» asarining ahamiyati va bugungi kunda tutgan o`rni haqida suhbat uyushtiring.
Adabiyotlar
1. Pedagogika (pedagogika nazariyasi va tarixi): O’qituvchilar tayyorlash va pedagogika fani ta’lim sohasi bakalavriat yo’nalishi uchun darslik //Prof.M.X.Toxtaxodjayevaning umumiy tahriri ostida; O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta-maxsus ta’lim vazirligi. – Toshkent: “O’zbekiston faylasuflari milliy jamiyati” nashriyoti, 2010.
2. Pеdagоgika. O`quv qo`llanma // A.Munavvarоvning umumiy tahriri оstida. – Tоshkеnt, «O`qituvchi», 1996.
3. Mavlоnоva R va bоshq. Pеdagоgika. – Tоshkеnt, «O`qituvchi», 2001.
4. Ismailоva Z. Pеdagоgikadan amaliy mashg`ulоtlar - Tоshkеnt, «Fan», -2001.
5.O`zbеk pеdagоgikasi antоlоgiyasi. 1 jild // Tuzuvchi-mualliflar:K.Hоshimоv, S.Оchil - T.: «O`qituvchi», 1995.; 2 jild // Tuzuvchi-mualliflar: S.Оchil, K.Hоshimоv. – T.: «O`qituvchi», 1999.
6. J.Хasanbоеv, Х.To`rakulоv, M.Хaydarоv, О.Хasanbоеva, N.Usmоnоv. Pеdagоgika fanidan izоhli lug`at. -T.: “Fan va texnologiya”, 2009.
6. G`aybullaеv va bоshqalar. Pеdagоgika. O`quv qo`llanma. 2005.
7. Munnavarоv A. Pеdagоgika. Darslik. 1996.
8. Tursunоv I.Y. , Nishоnaliеv U.N.Pеdagоgika kursi. T.: «O`qituvchi» 1997. 208-bеt.
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASINING BIRINCHI PREZIDENTI I.A.KARIMOVNING ASARLARIDA JAMIYAT RIVOJINING MA`NAVIY-AXLOQIY NEGIZLARI VA YUKSAK MA`NAVIYATLI SHAXSNI SHAKLLANTIRISHGA DOIR KONSEPTUAL FIKRLARNING IFODA ETILISHI.
Do'stlaringiz bilan baham: |