Bundan tashqari irodaviy harakatlar ongli harakatlar sifatida ikkinchi signallar tizimining faoliyati bilan bog’liqdir. - Bundan tashqari irodaviy harakatlar ongli harakatlar sifatida ikkinchi signallar tizimining faoliyati bilan bog’liqdir.
- Ma'lumki, odam ayrim nojo’ya harakatlardan o’zini so’zlari orqali (ya'ni o’ziga-o’zi pand- nasihatlar qilish yoki tarbiya berish orqali ) ushlab qoladi. Shuning uchun irodaviy, ixtiyoriy harakatlarni amalga oshirishda ikkinchi signallar tizimning roli juda kattadir. Ana shu sababdan bo’lsa kerak akademik I.P.Pavlov birinchi signallar tizimiga baho berib, bu signallar tizimi insonlar xulq-atvori va ixtiyoriy harakatlarining yuksak boshqaruvchisidir" - degan edi.
- Irodaviy ixtiyoriy harakatlarni amalga oshirishda nerv tizimining umumiy normal holati ham juda katta ahamiyatga egadir, Masalan, uzoq davom etadigan qattiq kasallikdan so’ng nerv tizimi nihoyatda madorsizlanib, odamning irodasi bo’shashib ketadi. Odam biror ishdan qattiq charchagan paytda ham nerv tizimi zaiflashib, irodasi bo’shashib ketadi. Ana shuning uchun irodaning mustahkamligini ta'minlash maqsadida odam vaqti - vaqti bilan dam olib turishi kerak.
Kishi ba'zan tez qarorga keladi, bu qarorning bajarilishi mumkinligiga ishonadi. Buni qat’iyat deb ataymiz. Ba'zi motivlar kurashi uzoq vaqtga cho’zilib ketadi va qaror bajarilishiga ishonchsizlik hamda ikkilanishlar bilan qabul qilinadi. Bu qatiyat sezgirlikdir. Masalan, o’rta maktabni bitirayotgan va bitirgan ba'zi yigit-qizlar qaysi o’quv yurtiga yoki korxonaga kirish masalasini tez hal qiladilar, boshqalari esa juda uzoq vaqt ikkilanib, xayolga tolib yuradilar. Qatiyat odamda jiddiylik vaziyatining yengillashtirishi mamnunlik tuyg’usini tug’dirsa, qatiyatsizlik ikkilanish hissi, jiddiylik tuyg’usi va alohida noaniq holat bilan birga sodir bo’ladi. - Kishi ba'zan tez qarorga keladi, bu qarorning bajarilishi mumkinligiga ishonadi. Buni qat’iyat deb ataymiz. Ba'zi motivlar kurashi uzoq vaqtga cho’zilib ketadi va qaror bajarilishiga ishonchsizlik hamda ikkilanishlar bilan qabul qilinadi. Bu qatiyat sezgirlikdir. Masalan, o’rta maktabni bitirayotgan va bitirgan ba'zi yigit-qizlar qaysi o’quv yurtiga yoki korxonaga kirish masalasini tez hal qiladilar, boshqalari esa juda uzoq vaqt ikkilanib, xayolga tolib yuradilar. Qatiyat odamda jiddiylik vaziyatining yengillashtirishi mamnunlik tuyg’usini tug’dirsa, qatiyatsizlik ikkilanish hissi, jiddiylik tuyg’usi va alohida noaniq holat bilan birga sodir bo’ladi.
- Biror qarorga kelish sur'ati bir qancha sabablarga, jumladan, ehtiyojga, hal iluvchi motiv kuchiga, vaziyatga, hissiyotga tafakkur va xayolning taraqqiyot darajasiga, kishining turmush tajribasi va bilimlariga, temperarnenti va xarakteriga, boshqa kishilarning nasihat, buyruq, iltimos takliflariga quloq solishiga bog’liq bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |