UrDU filologiya fakulteti o'zbek tili yo'nalishi 183-guruh talabasi Mammatova Mahbubaning "Hozirgi o'zbek adabiy tili" fanidan TAQDIMOTI Mavzu:Matn va uning tadqiqi muammolari. “Matn – sintaksisning tekshiruv obyekti. Sintaktik hodisa sifatida matn maxsus leksik-grammatik va umumiy mazmun talabi bilan birikkan birdan ortiq mustaqil gap turlarining yig‘indisidan iborat. Matn o‘ziga xos murakkab sintaktik strukturaga ega bo‘lgan nutqning eng yirik ifodasidir”. Matn – nutq ko`rinishi bo`lib, vazifasi jihatidan tugal nutqiy butunlikdir.Har bir matn murakkab tuzilish va mazmun mundarijasiga ega bo`lib, u og`zaki hamda yozma ijod namunasi hisoblanadi. Tilshunoslikda matn tilning alohida birligi (supersintaktik butunlik) va matn tilshunosligi deb atalayotgan sohaning asosiy ob'ekti sifatida talqin qilinadi. Matn hajm va mazmun belgisiga ko`ra ikkiga bo`linadi:
1. Hajm belgisiga ko`ra matn turlari.
2. Ifoda maqsadi va mazmun belgisiga ko’ra matn turlari.
Hajm belgisiga ko`ra matn turlari.
Minimal matn (mikromatn)
Maksimal matn ( makromatn).
Badiiy uslubda minimal matn deyilganda biror mavzuni yoritishga bag`ishlangan qatralar, xalq donishmandligini ifodalaydigan maqol, matal va aforizmlar, miniatyuralar, hajviy asarlar, nomalar, she'r va she'riy parchalar, umuman, kichik mavzuni qamrab oluvchi bir necha gaplardan iborat butunlik tushuniladi. Matnning ichki tomonini mazmun yaxlitligi, tashqi tomonini esa turli shakldagi bog`lamalar, sintaktik vositalar birlashtirib turadi. Maksimal matn deyilganda keng ko`lamdagi voqealarni yoritish ehtiyoji bilan yuzaga kelgan butunlik nazarda tutiladi. Badiiy uslubda hikoya, qissa, roman, epopeya kabi yirik hajmli asarlar maksimal matn hisoblanadi.Maksimal matn mikromatnlardan iborat. Eng kichik butunlik abzatsga, eng katta butunlik esa bob (qism yoki fasl)larga to`g`ri keladi. Bunday matn tarkibida epigraf, so`zboshi (muqadddima), so`ngso`z (epilog) kabi yordamchi qismlar ham ishtirok etishi mumkin. Ular asar mazmuni va g`oyasiga, shuningdek, mavzuning tanlanishi va yoritilishiga oid ayrim masalalarga qo`shimcha izoh, sharh bo`lib keladi. .Ifoda maqsadiga va mazmuniga ko’ra badiiy matnni quyidagi turlarga bo`lib chiqish mumkin:
1. Hikoya mazmunli matn
2. Tasviriy matn
4. Didaktik matn.
5. Xabar mazmunli matn
3.Izoh mazmunli matn
7. Hissiy ifoda mazmunli matn.
6.Buyruq mazmunli matn.
Makromatnning eng kichik birligi abzasdir. Abzas bir mazmuniy butunlik bo‘lib «matnning bir xat boshidan keyingi xat boshigacha bo‘lgan qismi» hisoblanadi. Abzas qisqa xabar (abzasda aytilmoqchi bo‘lgan mavzu haqidagi dastlabki, qisqacha xabar), oldingi xabar bilan keyingi xabarni bog‘lovchi vositalar (bog‘lovchi vositalar abzasni o‘zidan oldingi abzasga bog‘laydi, shuningdek, abzas ichidagi xabar jumlalarini bir-biriga bog‘laydi), xabarning to‘ldirilishi (dastlabki xabar to‘ldiriladi, izohlanadi, sharhlanadi) va xulosa (xabar yakunlanadi, natija aytiladi) qismlarni o‘z ichiga oladigan butunlikdir. «Matn lingvistikasi» qo‘llanmasida abzasni tashkil etgan gaplar o‘zaro sinsemantik (sintaktik va leksik-semantik) hamda, avtosemantik (grammatik aloqalarsiz, faqat semantik) aloqa usulida birikishi aytiladi.
Abzaslarning strukturasiga ko‘ra quyidagi ko‘rinishlari mavjudligi sanab o‘tiladi
1) Sodda gapdan iborat bo‘lgan abzaslar
2) Qo‘shma gapdan iborat bo‘ladigan abzaslar;
3) Periodik nutq formasidan iborat bo‘lgan abzasla
4) Superfrazali sintaktik butunlikdan iborat bo‘lgan abzaslar;
5) Ko‘chirma-o‘zga gapli abzaslar
Abzasdagi «xabar» tema-rematik munosabatdagi gaplarda ifodalanadi. Tema (yunoncha thema – asos bo‘lgan narsa) deb gapning aktual bo‘linishida so‘zlovchi va tinglovchi (o‘quvchi) uchun ma’lum (tanish) bo‘lgan narsani ifodalovchi, yangi narsani ifodalashga o‘tish uchun asos xizmatini bajaruvchi qismga aytiladi. Rema (rheme-commentaire – ma’lumot, sharh) esa temadan keyin kelib so‘zlovchi tinglovchiga (o‘quvchiga) bildirmoqchi, aytmoqchi bo‘lgan yangi xabar mazmunini ifodalovchi qism, gapning yangi ma’lumot (axborot) qismi. Odatda gapning ega sostavi tema, kesim sostavi esa rema vazifasida keladi: Ahmad // darsga kelmadi. Sotvoldi // nima qilishini, qayoqqa borishini bilmay, hayron turardi. U // Sotvoldining dadasi To‘lagan edi. E'tiboringiz uchun rahmat!
Do'stlaringiz bilan baham: |