Urdu elektron ta'lim tizimi O'zbekcha ‎(uz)‎


     Mamlakatimiz mustaqilligining ma’naviy asoslarini mustahkamlash



Download 467,7 Kb.
bet12/195
Sana01.09.2021
Hajmi467,7 Kb.
#162167
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   195
Bog'liq
2 5197302597328833210

2.     Mamlakatimiz mustaqilligining ma’naviy asoslarini mustahkamlash.

3.     Konsepsiyaning asosiy maqsadi.

 

O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar konsepsiyasiga ta’rif berar ekan, “Xalqni buyuk kelajak va ulug‘vor maqsadlar sari birlashtirish, mamlakatimizda yashaydigan, millati, tili va dinidan qatiy nazar, har bir fuqaroning yagona Vatan baxt-saodati uchun doimo mas’uliyat sezib yashashga chorlash, ajdodlarimizning bebaho merosi, milliy qadriyat va an’analarimizga munosib bo‘lishga erishish, yuksak fazilatli va komil insonlarni tarbiyalash, ularni yaratuvchilik ishlariga da’vat qilish, shu muqaddas zamin uchun fidoyilikni hayot mezoniga aylantirish – milliy istiqlol mafkurasining bosh maqsadidir”,- deydi.



Ma’lumki, XXI asr insoniyat tarixida tez sur’atlar bilan rivojlanish davri, iqtisodiy, ijtimoiy-ciyosiy munosabatlarning mazmunan yangi bosqichi sifatida namoyon bo‘lmoqda.

O‘zbekiston mustaqillikni qo‘lga kiritgach, dunyo mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar bilan ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy, ma’naviy-ma’rifiy hamkorlik munosabatlari tobora kengayib bormoqda.

Mustaqillik tufayli milliy o‘zlikni anglash, tom ma’nodagi yangi davlat va jamiyat institutlarini barpo etish imkoniyati vujudga keldi.

O‘tgan davr mobaynida yurtimizda mohiyatan yangi iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, madaniy-ma’rifiy munosabatlar tizimi tarkib topdi. Dunyoqarashi, ma’naviyati va intellektual salohiyati tamomila yangicha bo‘lgan yangi avlod  shakllandi. Bugungi shiddat bilan o‘zgarayotgan zamon barchadan yangicha qarash va fikrlashni talab etmoqda.

Mamlakatimiz mustaqilligining ma’naviy asoslarini mustahkamlash, milliy qadriyatlarimiz, an’ana va urf-odatlarimizni asrab-avaylash, xalqimiz, ayniqsa, yosh avlod qalbiga ona yurtga muhabbat, milliy istiqlol g‘oyasiga sadoqat tuyg‘ularini chuqur singdirish borasida bir qator islohotlar amalga oshirilmoqda.

Bugungi kunda dunyoda globallashuv jarayonlari kuchayib, tinchlik va barqarorlikka qarshi yangi tahdid va xatarlar tobora ko‘payib bormoqda. Bunday murakkab va tahlikali vaziyat sohada amalga oshirilgan ishlarni tanqidiy baholab, uning faoliyatini zamon talablari asosida takomillashtirishni taqozo etmoqda[5].

Jahonda mafkuraviy, g‘oyaviy va informatsion kurashlar kuchayib borayotgan bugungi murakkab va tahlikali davrda ma’naviy-ma’rifiy ishlarni zamon talablari asosida tashkil etish tobora dolzarblashmoqda.  Mamlakatimiz mustaqilligi, tinch-osuda va farovon turmushimizga xavf tug‘dirishi mumkin bo‘lgan turli xil mafkuraviy tajovuzlarga qarshi izchil kurash olib borish va bu boradagi ishlarni yanada jonlantirish Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashining amaliy targ‘ibot yo‘nalishida faoliyat olib boradigan Respublika Ma’naviyat targ‘ibot markazi hamda ilmiy-amaliy yo‘nalishda faoliyat olib boradigan Milliy g‘oya va mafkura ilmiy-amaliy markazi, Kengashga a’zo tashkilotlar, tegishli muassasa va korxonalar  ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot faoliyatining muhim bo‘g‘iniga aylanmoqda.

SHiddat bilan o‘zgarib boryotgan zamonda, jamiyatimizda, kerak bo‘lsa, butun dunyoda ro‘y berayotgan jarayonlardan ogoh bo‘lib borishni talab etmoqda. Tez sur’atlarda o‘zgarib borayotgan zamon O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.Karimov ta’kidlaganlaridek, g‘oyaga qarshi g‘oya, jaholatga qarshi ma’rifat bilan samarali kurasha oladigan jonkuyar targ‘ibotchilarni to‘la safarbar etishni taqozo etmoqda. Zero, hozirgi intellektual-axborot asri kun tartibiga voqealar rivojidan bir qadam oldinda yurish, ijtimoiy hodisalarning o‘zgarish tendensiyalarini ilmiy bashorat qilib borish asosida faoliyat yuritish, davr bilan hamnafas yashashni taqazo etmoqda.

Bunday vaziyatda O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining “Faqatgina mustaqil fikrlaydigan, iymon-e’tiqodi mustahkam, ota-bobolarimizdan meros bo‘lib kelayotgan ezgu qadriyatlarga sadoqatli bo‘lgan insongina bunday qutqularga uchmasligi, to‘g‘ri yo‘ldan adashmasligi mumkin. Buning uchun, albatta, birinchi navbatda, farzandlarimizni yuksak bilim va ma’naviy fazilatlar bilan qurollantirishimiz, bizga yot va begona bo‘lgan turli zararli oqimlardan himoyalanish uchun xalqimizga bu boradagi bor haqiqatni etkazish, bunday xavf-xatarlardan odamlarni, avvalambor, yosh avlodni haqiqat bilan himoya qilishimiz zarur”, degan fikrlari bizlar uchun dasturilamal bo‘ladi.


Download 467,7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish