402
bor daromadlarni o‘ylamay sovuradigan va kelajak-
ni o‘ylamaydigan bu ikki yosh uchun juda kamligini
juda yaxshi bilar edi. Va ular har safar u yoq bu
yoqqa ko‘chib o‘tganlarida Jeyn ham, Elizabet ham
ularning hozir qarz so‘rashlarini sezib turishardi.
Uikxemlarning o‘zini tutishlari, ular o‘z joylariga
qaytib kelganlaridan so‘ng
ham avvalgidek taral-
labedod bo‘lib qolaverdi. Ular doim arzonroq joy to-
pish umidida bir joydan ikkinchi joyga ko‘chishar,
natijada esa keragidan ortig‘ini ishlatib yuborishar
edi. Uikxemning Lidiyaga bo‘lgan qiziqishi juda tez
so‘ndi. Lidiyaniki esa biroz cho‘zildi. Va qiz o‘zi ning
ko‘rinishi va kelib chiqishiga qaramay, obro‘si u
turmushga chiqish arafasida qanday bo‘lgan bo‘lsa,
hali ham shunday edi.
Mister Darsi Uikxemni Pemberlida ko‘rishni aslo
istamasa-da, Elizabet uchun Uikxemning ish to-
pishida madad berib turardi. Eri Londonda yoki
Batda ayshini surib yurgan paytda Lidiya ba’zan
Pemberliga mehmonga kelardi.
Ular Bingliniki-
ga ham shunchalik ko‘p kelishardiki, farishtadek
bo‘lgan Bingli ham Uikxemga endi jo‘nash kerakli-
gini aytishga majbur bo‘lardi.
Darsining uylanishi miss Binglining qalbini qat-
tiq yaralagan bo‘lsa-da, u Pemberliga borish im-
koniyatini qo‘ldan bermaslik uchun bu tuyg‘uni
hech kimga aytmay qo‘ya qoldi. U Jorjianadan ilga-
rigidan
ham hayratda edi, Darsiga hali ham yaxshi
munosabatda bo‘lib, Elizabetga nisbatan esa o‘zini
o‘ta ehtiromli tutardi.
Jorjiana endi butunlay Pemberlida yashay bosh-
ladi. Va qizlar o‘rtasida Darsi umid qilgan yaqinlik
bor edi, ular hatto bir-birlarini juda yaxshi ko‘rardi-
lar. Boshida Jorjiana Elizabetning
akasi bilan quv-
noq va qiziqqonlik bilan gaplashayotganidan biroz
qo‘rqib turgan bo‘lsa, endi Elizabetni juda yaxshi
403
ko‘rib qolgan edi. U o‘zi doimo g‘oyatda hurmat va
muhabbat bilan munosabatda bo‘lgan
odam endi
Elizabetning quvnoq hazillariga sabab bo‘layotgan
edi. Va qiz asta-sekin ilgari hech uning xayoliga
kelmagan bir narsaga aqli yetdi: qiz bola akasiga
qi lishga haddi sig‘magan munosabatni ayol kishi
eriga qila olar ekan.
Jiyanining Elizabetga uylanishi ledi Ketrinni
g‘oyatda g‘azablantirdi. U kutilayotgan to‘yga taklif
qilib jo‘natilgan xatga javobida o‘zini qo‘yib yubor-
di. Javobda, ayniqsa,
Elizabet haqiga, shunchalik
haqoratli so‘zlar bor ediki, ancha vaqtgacha Ro-
zingsga borish orqaga surildi. Lekin keyinchalik,
Darsi Elizabetning iltimosi bilan arazni yig‘ishtirib
qo‘yib, yarashishga rozi bo‘ldi. Ledi Ketrin tomondan
biroz tixirlikdan so‘ng, jiyanini juda yaxshi ko‘rgani
sababmi, uning xotini o‘zini
qanday tutayotganiga
qiziqishi ustun kelibmi, axiri yoshlarga nisbatan
yumshoq munosabatda bo‘la boshladi. Va shu da-
rajaga yetdiki, nafaqat bu yerga munosib bo‘lmagan
beka bilan, balki uning Londondan amma-xolalari-
ning kelishlari bilan ham bulg‘angan bo‘lsa-da, ledi
Ketrin Pemberliga ham keladigan bo‘ldi.
Yosh kelin-kuyov Gardinerlar bilan juda iliq mu-
nosabatda qolishdi. Darsi ham, xuddi Elizabetdek,
ularni juda yaxshi ko‘rardi. Ikkovi ham Elizabetni
Derbishirga olib kelib, ularning birga bo‘lishlari-
ga sabab bo‘lgan insonlardan
bir umr minnatdor
bo‘lishdi.
(Tamom)