395
bilan, egilib-bukilib munosabatda bo‘lishlari jonin-
gizga tekkan, fikri zikri ko‘z qarashi bilan, e’tibori
bilan, xatti-harakati bilan faqat e’tiboringizni tortish
bo‘lgan ayollardan sizning ko‘nglingiz ketayotgan
edi. Menga e’tibor bera boshlaganingizning sababi,
men o‘shalarga o‘xshamaganim uchun bo‘lgan. Agar
yuragingiz toza bo‘lmaganida edi,
gaplarim uchun
mendan nafratlangan bo‘lardingiz. Lekin siz doim
o‘zingizning aslida qanday ekanligingizni yashirish-
ga uringaningiz bilan baribir, sizning tuyg‘ularin-
giz, xatti-harakatingiz doim adolatli va oliyjanob edi.
Ichingizda sizning boyligingiz va jamiyatdagi o‘rnin-
giz uchungina sizga ta’zim qi ladiganlardan nafratla
-
nar edingiz. Mana, sizni birorta narsani tushuntirib
berishdan ozod qilib qo‘ya qoldim. Chindan ham,
bo‘lib o‘tgan hamma voqealarni hisobga olsak, shun-
day bo‘lsa kerak. Albatta,
mening hali qandayligimni
siz tasavvur ham qila olmaysiz. Lekin chindan sevib
qolganda, bu narsalar haqida o‘ylashmaydi shekilli.
– Axir, siz o‘zingizning qanday ko‘ngilchan ekan-
ligingizni Nezerfildda Jeynga qarab o‘tirganda isbot
-
ladingiz-ku!
– Jeyn – farishta! Uning uchun hamma shunday
qilgan bo‘lardi. Mayli, siz buni ko‘ngilchanlik deb hi-
soblay qoling. Endi mening yaxshi xislatlarimga siz
qarab yurasiz va iloji boricha ko‘klarga ko‘tarasiz. Men
esa siz bilan urishish va g‘ashingizga tegish uchun har
bir narsadan bahona topaman. Men buni hozirdanoq
boshlamoqchiman. Qani,
menga aytingchi, nimaga
qat’iy gaplashib olishni shuncha cho‘zdingiz? Birinchi
marta kelganlaringizda nima uchun mendan qochish-
ga harakat qildingiz? Chindan ham, o‘zingizni xuddi
men bilan hech qanday ishingiz yo‘qdek tutdingiz.
– Chunki o‘sha paytda ko‘rinishingiz juda ayanchli
edi. Va menga hech qanday dalda ham bermadingiz.
– Lekin men uyalayotgan edim!
396
– Men ham.
– Shuning uchun ham biznikiga tushlikka kel-
ganingizda men bilan gaplasha olmadingizmi?
– Hissiyotlari menikichalik bo‘lmagan odam balki
bu ishni qila olardi.
– Zo‘r-ku, hamma gapga javobingiz tayyor! Men
esa darrov ishonib qo‘ya qolaman. Lekin o‘zingiz-
ga qolsa, izhori dilni hali anchaga cho‘zarmidingiz...
O‘zim so‘rab olmasam,
qachon aytmoqchi edin-
giz? Mening Lidiya uchun minnatdorchilik bildir-
ganim ish berdi-a? Uyat bo‘lsa ham. O‘zimizning
tinchligimizni og‘iz ochmaslikka bergan va’damizni
buzish asosida quradigan bo‘lsak, biz uzoqqa bor-
maymiz. Unda ishlarimiz yomon!
– Xafa bo‘lmang. Axloqiy e’tiqodlaringizdan xavotir
olmang. Mening ikkilanishlarimni bizlarni behayo-
larcha ajratmoqchi bo‘lgan xolam yo‘q qildi. Bu-
gungi kundagi baxtiyorligim sizning menga minnat-
dorchilik izhor qilganingizdan emas. Men sizning
birinchi bo‘lib qadam qo‘yishingizni kutayotgan
emasdim. Ledi Ketrinning aytganlari menda ishonch
hosil qildi va men o‘sha zahotiyoq o‘zim haqimdagi
hukmni eshitishga shoshildim.
– Ledi Ketrin bizga beqiyos xizmat ko‘rsatdi.
U bun-
dan xursand bo‘lishi kerak. Hammaga foydali bo‘lishni
juda yaxshi ko‘radi. Lekin siz o‘zingiz Nezerfild ga nima
uchun kelgandingiz? Nahotki, faqat Longborn ga kel
-
ganda uyalish uchun bo‘lsa? Yoki uzoqni ko‘zlagan re-
jalaringiz bormidi?
– Asosiy maqsadim – sizni ko‘rish edi. Sizning mu-
habbatingizga erishishga birorta imkoniyatim bor yoki
yo‘qligini bilish edi. O‘z-o‘zimni esa opangiz hali ham
Binglini yoqtiradimi yoki yo‘qmi, aniqlashim kerak deb
ishontirayotgandim. Agar shunday bo‘ladigan bo‘lsa,
do‘stimning oldida gunohimni bo‘ynimga olmoqchi
edim. Keyinchalik shunday qildim ham.
397
– Keyinchalik ledi Ketringa uni nima kutayotganini
aytishga qurbingiz yetadimi?
– To‘g‘rirog‘i, mening qurbim emas, vaqtim yet-
maydi. Lekin
buni albatta qilish kerak, agar menga
bir varaq qog‘oz bersangiz, hoziroq qilaman.
– Men esa – agar o‘zim ham hozir xat yozishim
ke rak bo‘lmaganda – sizning yoningizda o‘tirib bir
tekis yozishingizni tomosha qilib o‘tirgan bo‘lardim.
Lekin mening ham xolam bor, uni unutishga esa
mening haqqim yo‘q.
Elizabet haligacha
missis Gardinerning xatiga
javob bermagan edi. Bir paytlar xolasining mister
Darsi to‘g‘risidagi ishoralariga ishongisi kelmayot-
gan edi. Lekin endi unga bu yangilikni aytsa bo‘la-
di. Eli zabet mister Gardinerlarning uning baxtidan
xursand bo‘lishlari to‘g‘risidagi xabarni uch kun
kechikib eshi tishayotganidan uyalib ketdi va o‘sha
zahotiyoq xat yozishga o‘tirdi.
Do'stlaringiz bilan baham: