Referat mavzu : Mehnat haqiga nisbatan ijtimoiy soliqni hisoblash va uning hisobotini tuzish



Download 64,52 Kb.
bet1/4
Sana04.06.2022
Hajmi64,52 Kb.
#635734
TuriReferat
  1   2   3   4
Bog'liq
Buxgalteriya (ma\'ruza)


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI


REFERAT


Mavzu: Mehnat haqiga nisbatan ijtimoiy soliqni hisoblash va uning hisobotini tuzish.

Tayyorladi: Nabiyev Alisher


Tekshirdi: dots. Ochilov Ilyos

Toshkent-2022


Reja:
Kirish.

  1. O’zbekiston Respublikasi Soliq siyosati

  2. Mehnat haqiga nisbatan ijtimoiy soliqni hisoblash

  3. Soliq hisobotini tuzish

  4. Xulosa

Foydalanilgan adabiyotlar.

Kirish

Mehnatga haq to’lashda ishning sifatini, ishlab chiqarish normalarini bajarilishini hisobga olish va ish haqi hisoblashning ma’lum tartibini belgilash zarur. Shu sabab, korxonada mehnatga haq to’lashni tashkil etish bir-biriga bog’liq bo’lgan uchta elementlar bilan aniqlanadi.


Bular:

  • Tarif tizimi

  • Mehnatni normalashtirish

  • Mehnatga haq to’lash shakllari mavjud.

Sifat jihatidan mehnat tarif tizimi bilan baholanadi.
Sarflangan mehnat miqdori normalashtirish bilan hisobga oladi.
Ish haqi hisoblash tartibi esa mehnatga haq to’lash shakllari bilan aniqlanadi.

O’zbekistonda olib borilayotgan soliq siyosatining asosiy yo’nalishlari xo’jalik yurituvchi sub’ektlar zimmasidagi soliq yukini yanada optimallashtirishga, kichik va xususiy biznesni rivojlantirishga, fuqarolarning real daromadlarini oshirishga va ularning xarid qilish qobiliyatini ko’tarishga hamda soliq ma’murchiligini yanada takomillashtirishga qaratilgan. Iqtisodiyotni modernizasiya qilish sharoitida jamiyat iqtisodiy taraqqiyoti bir tomondan uning ichki mexanizmiga bog‘liq bo‘lsa, ikkinchi tomondan boshqaruvning xarakteriga, ijtimoiy-siyosiy holatga, muvozanatga bog‘liq bo‘ladi. Oddiy qilib aytganda ustqurmaga ham bevosita bog‘liqdir. Mazkur jarayonda ijtimoiy siyosat alohida rol o‘ynaydi. Ijtimoiy siyosat o‘z navbatida ichki va tashqi madaniy-ma’rifiy, siyosiy, iqtisodiy siyosat kabilarga bo‘linadi. Iqtisodiy siyosat ham o‘z navbatida moliya, pul-kredit, byudjet, soliq siyosati kabi turlarda amal qilib, ularni yaxlitligi makroiqtisodiy darajada qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatlari faoliyatlarining asosiy ajralmas qismiga aylanadi. Shu o‘rinda soliq siyosatining mazmuniga to‘xtalib o‘tadigan bo‘lsak, yuqorida qayd etilganidek, soliq siyosati - bu iqtisodiy siyosatning ajralmas bir bo‘lagi bo‘lib, davlatning muayyan davrda aniq maqsadlarga qaratilgan soliq sohasidagi faoliyatidir. U tarkiban soliqlarni joriy etish, soliqqa oid huquqiy baza yaratish, joriy etilgan soliqlar va soliqsiz to‘lovlarni amaliyotda ishlash mexanizmini shakllantirish va samaradorligini oshirishga qaratilgan davlatning tegishli vakolatli organlari tomonidan kompleks tarzda olib boriladigan chora-tadbirlar yig‘indisidir.


Mamlakat soliq tizimi xususiyatlari, yo‘nalishlari, qanday soliqlarning joriy etilishi, ular o‘rtasidagi nisbatni ta’minlash kabi masalalarni soliq siyosati belgilab beradi.
Soliq siyosatining huquqiy asoslari sifatida mustaqillikning dastlabki yillarida O‘zbekiston Respublikasining 1991 yil 31 avgustdagi «O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi to‘g‘risida» gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasining «Korxonalar, tashkilotlar, birlashmalardan olinadigan soliqlar to‘g‘risida» gi (1991 yil 15 fevral), «O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari, ajnabiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmaganlarning daromad solig‘i to‘g‘risida» gi (1991 yil 15 fevral), «Mahalliy soliqlar va yig‘imlar to‘g‘risida» gi (1993 yil 7 may) Qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va Vazirlar Mahkamasining Qarorlari kabi me’yoriy hujjatlardan iborat bo‘lgan bo‘lsa, 1997 yilda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining Soliq Kodeksi va O‘zbekiston Respublikasining «Davlat soliq xizmati to‘g‘risida» gi Qonuni yuqoridagi hujjatlarning ayrimlarini o‘z kuchini yo‘qotishiga olib kelgan bo‘lsa, ayrimlarining huquqiy bazasini kengayishiga, kuchayishiga xizmat qilib kelmoqda.
«O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi to‘g‘risida» gi Qonunga muvofiq, shu kundan e’tiboran O‘zbekiston Respublikasi o‘zining mustaqil soliq siyosatini olib boradi. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida fuqarolarning burchlariga soliqlarni to‘lash majburiyati ham kiritilgan: «Fuqarolar qonun bilan belgilangan soliqlar va yig‘imlarni to‘lashga majburdirlar» Shuningdek, respublikamiz hududida yagona soliq tizimi amal qilishi va uni belgilash vakolati haqidagi jumlalar keltirilgan: «O‘zbekiston Respublikasi hududida yagona soliq tizimi amal qiladi. Soliqlar joriy qilishga faqat Oliy Majlis haqlidir».
Bugungi kunda respublikamiz soliq siyosatining huquqiy asoslari O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasining Soliq Kodeksi, «Davlat soliq xizmati to‘g‘risida» gi Qonuni, hukumatning boshqasoliqqa oid qonun, qarorlari, Prezident Farmonlari va boshqa me’yoriy hujjatlar bilan izohlanadi.
Hozirgi paytda respublikamiz soliq siyosatining asosi Prezidentimiz tomonidan ishlab chiqilgan va muvaffaqiyatli tarzda amaliyotda o‘z aksini topayotgan iqtisodiy rivojlanishning besh tamoyilidir. Soliq siyosati ana shu tamoyillar asosida tashkil etilgan bo‘lib, soliq sohasidagi samarali chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Soliq kontseptsiyasi - bu soliqlarni yo‘nalishlarini aniq ilmiy asoslangan holda amalga oshirish g‘oyalarining yaxlitligidir. Mamlakatimizda soliq kontseptsiyasi Prezidentimiz I.A. Karimov tomonidan chuqur ilmiy asosda ishlab chiqilgan bozor iqtisodiyotiga o‘tish kontseptsiyasiga asoslanadi. Agar soliq kontseptsiyasi qanchalik chuqur ilmiy asosga ega bo‘lsa, soliq siyosatining barqarorligi shunchalik mustahkam ta’minlanadi. O‘z navbatida soliq kontseptsiyasi esa, soliqlar sohasidagi chuqur ilmiy tadqiqot ishlari hamda soliq amaliyotida orttirilgan boy tajribalarni o‘zaro uyg‘unligiga asoslangan g‘oyalarning samaradorligiga bog‘liq bo‘ladi.
Shuningdek, soliq siyosati barqarorligini ta’minlashda uning strategiyasi va taktikasi ishlab chiqilishi lozim. Amalga oshirilishi lozim bo‘lgan tadbirlar xususiyati va muddatini e’tiborga olib soliq siyosati: soliq siyosati strategiyasi va soliq siyosati taktikasiga bo‘linadi. Soliq siyosati strategiyasida muayyan uzoqroq muddatga mo‘ljallangan soliqqa oid iqtisodiy munosabatlarni asosiy yo‘nalishlari va chora-tadbirlari ifodalanadi. Bu esa o‘z navbatida ilmiy asoslangan soliq kontseptsiyasi bilan bevosita bog‘liqdir. Masalan, respublikamizda jamiyat taraqqiyotining asosiy strategiyasi qilib erkin, ochiq bozor iqtisodiyotiga, erkin fuqarolik jamiyatiga asoslangan huquqiy, demokratik jamiyat qurish belgilangan. Soliq borasidagi ustuvor strategik vazifa esa davlat byudjeti va xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarni soliqqa oid iqtisodiy munosabatlarida muayyan uyg‘unlikni ta’minlovchi soliq tizimini shakllantirish va shunga mos ravishda takomillashtirib borishdan iboratdir yoki boshqacha qilib aytganda, soliq siyosati strategiyasi - soliq siyosatining uzoq muddatli yo‘nalishi bo‘lib, ijtimoiy va iqtisodiy strategiya belgilab bergan ulkan masshtabli vazifalarni kelajakda bajarilishini ta’minlash ko‘zda tutilgan moliyaviy tadbirlar yig‘indisidir.
Soliq siyosati taktikasi esa, belgilangan soliq siyosati strategiyasi ijrosini ta’minlovchi, tez-tez o‘zgarib turuvchi sayi-harakatlarni bildiradi, ya’ni qisqa muddatli va kichik masshtabli moliyaviy chora-tadbirlarni hal qilishga qaratilgan yo‘nalishlar majmuasi - soliq siyosati taktikasi sifatida qaraladi.
Soliq siyosati kontseptsiyasi soliq siyosati strategiyasiga nisbatan, soliq siyosati strategiyasi esa soliq siyosati taktikasiga nisbatan barqaror, ya’ni kamo‘zgaruvchan bo‘lib, ularning barchasi bir-biriga bog‘liq holda, bir-birini to‘ldirib turadi hamda yaxlit holda soliq siyosatinining mohiyatini tashkil qiladi.
Soliq siyosati tarkibiy jihatdan quyidagi yo‘nalishlarda amalga oshiriladi:
- mamlakat miqyosida amal qiluvchi soliqlar va soliqsiz to‘lovlarni qonuniy joriy etish;
- amal qilayotgan soliqlarni samarali ishlashini ta’minlovchi mexanizm shakllantirish va takomillashtirish, soliqqa oid qonunlar va boshqa me’yoriy hujjatlarni takomillashtirib borish;
- soliq siyosatini amalga oshiruvchi tegishli vakolatli organlarni tashkil etish va ularni ushbu sohadagi vazifalarini belgilash;
- soliqqa tortish tizimini shakllantirishga qaratilgan chuqur ilmiy tadqiqotni amalga oshirish va ularni joriy etishni tashkil etish.

Mehnat haqiga nisbatan ijtimoiy soliqni hisoblash bu asosan mehnat ish haqidan daromad solig’I 12% ushlab qolinadi korxona hisobiga. Korxona hisobidan ushlab qolingan soliq 12% yagona ijtimoiy soliq davlatga to’lanib beriladi.


Yagona ijtimoiy soliq to'lovchilari ikki toifaga bo'linadi :
- birinchi toifaga xodimlarga to'lovlarni amalga oshiruvchi ish beruvchilar bo'lgan yuridik va jismoniy shaxslar kiradi;
- ikkinchi toifaga o'z faoliyati natijasida daromad oluvchi shaxslar kiradi.
Agar soliq to'lovchi bir vaqtning o'zida ikkala toifaga tegishli bo'lsa, u har bir alohida asosda alohida soliq to'lovchi sifatida tan olinadi.
Maxsus soliq rejimlariga o‘tgan tashkilotlar va yakka tartibdagi tadbirkorlar yagona ijtimoiy soliq to‘lovchilari hisoblanmaydi. Ular ushbu faoliyat turlaridan olingan daromadlar bo'yicha yagona ijtimoiy soliqni hisoblamaydilar.
O'z faoliyati natijasida daromad oladigan shaxslar (ularga yakka tartibdagi tadbirkorlar, Shimoliy kichik xalqlarning qabila, oilaviy jamoalari, an'anaviy iqtisodiyot tarmoqlari bilan shug'ullanuvchi, dehqon (fermer) xo'jaliklari rahbarlari va advokatlar kiradi) yagona ijtimoiy to'lovni to'lamaydilar
2020 yil 1 yanvardan boshlab yagona ijtimoiy to'lov o'rniga ijtimoiy soliq joriy etildi.Soliq kodeksining yangi tahrirdagi 405-moddasiga asosan ijtimoiy soliq stavkalari ixtisoslashtirilgan sexlar, uchastkalar va korxonalarda ishlovchi nogironligi bo'lgan shaxslar mehnatidan foydalanuvchi soliq to'lovchilar uchun - 4,7 foiz, SOS - O'zbekiston Bolalar mahallalari uyushmalari uchun - 7 foiz, byudjet tashkilotlari uchun 25 foiz va boshqa soliq to'lovchilar uchun - 12 foiz etib belgilandi.
Soliq kodeksining yangi tahrirdagi 407-moddasiga asosan ijtimoiy soliq bo'yicha soliq hisoboti ortib boruvchi yakun bilan har oyda hisobot davridan keyingi oyning 15 kunidan kechiktirmay, yil yakunlari bo'yicha esa yillik moliyaviy hisobot topshiriladigan muddatda taqdim etiladi. O'zbekiston Respublikasida faoliyatni doimiy muassasa orqali amalga oshirayotgan O'zbekiston Respublikasining norezidentlari bo'lgan yuridik shaxslar tomonidan yil yakunlari bo'yicha soliqning hisoboti. Hisobot yilidan keyingi yilning 25 martiga qadar taqdim etiladi.Soliqni to'lash har oyda, soliq hisobotini taqdim etish muddatlaridan kechiktirmay amalga oshiriladi.

Yuridik shaxslar, ya’ni O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari; O‘zbekiston Respublikasida faoliyatni doimiy muassasa, chet ellik yuridik shaxslarning vakolatxonalari va filiallari orqali amalga oshiruvchi O‘zbekiston Respublikasi norezidentlari. Jismoniy shaxslar, ya’ni O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasida doimiy ravishda yashab turgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar.


Sug‘urta badallarini hisoblash va ushlab qolish majburiyati, shuningdek ularning to‘g‘ri hisoblab chiqarilishi uchun javobgarlik, ish beruvchi zimmasiga yuklatiladi.
Yagona ijtimoiy to‘lovning va sug‘urta badallarini hisoblash uchun obyekt bo‘lib, ish haqi tarzidagi daromadlar hisoblanadi. Yagona ijtimoiy to‘lovni va sug‘urta badallarini hisoblab chiqarish uchun baza imtiyoz sifatida belgilangan to‘lovlar chegirib tashlangan ish haqi tarzida to‘lanadigan daromadlar summasi sifatida belgilanadi.
Ish haqi tarzidagi daromadlar yagona ijtimoiy to‘lovning va sug‘urta badallarining soliq solish obyektidir. Bunda O‘zbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari xodimlari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan xalqaro hukumatlararo tashkilotlarga kvota qilingan lavozimlarga xizmat safariga yuborilgan shaxslar uchun yagona ijtimoiy to‘lovning va sug‘urta badallarining soliq solish obyekti ularning O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga ishlash uchun yuborilguniga qadar oxirgi ish joyi bo‘yicha olingan, O‘zbekiston Respublikasida budjet muassasalari xodimlari uchun ish haqi oshirilishi hisobga olingan holda qayta hisoblanadigan mehnatga haq to‘lash tarzidagi daromadlardan kelib chiqqan holda aniqlanadi. O‘zbekiston Respublikasi hududida ishlash uchun chet ellik xodimlarni berish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish shartnomasiga muvofiq yuridik shaxs — O‘zbekiston Respublikasi norezidentiga to‘lanadigan chet ellik xodimlarning daromadlari ham yagona ijtimoiy to‘lovning soliq solish obyektidir. Ish haqi tarzidagi daromadlar O‘zbekiston Respublikasi hududida ishlash uchun chet ellik xodimlarni berish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish shartnomasiga muvofiq yuridik shaxs – O‘zbekiston Respublikasi norezidentiga to‘lanadigan chet ellik xodimlarning daromadlari ham yagona ijtimoiy to‘lovning soliq solish obyektidir.
Soliq to’lovchilarga ayrim holarda imtiyozlar ham berilgan.
Soliq kodeksiga asosan yagona ijtimoiy to‘lov va sug‘urta badallari hisoblanmaydigan to‘lovlar hamda yagona ijtimoiy to‘lov hisoblab chiqarilmaydigan to‘lovlar va daromadlar belgilangan.
Jumladan, ijtimoiy to‘lov va sug‘urta badallari quyidagi to‘lovlarga nisbatan hisoblanmaydi:mehnatda mayib bo‘lganlik yoki sog‘liqqa boshqacha shikast etganlik bilan bog‘liq zararning o‘rnini qoplash uchun Soliq kodeksi 171-moddasi ikkinchi qismining 9-bandida ko‘rsatilgan miqdorlardan ortiqcha olingan summalar; quyidagi grant mablag‘lari hisobiga olinadigan mehnatga haq to‘lash tarzidagi daromadlar: davlatlar, davlatlarning hukumatlari, xalqaro va chet el hukumatga qarashli tashkilotlar tomonidan berilgan grant mablag‘lari; O‘zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan belgilanadigan ro‘yxatga kiritilgan xalqaro va chet el nohukumat tashkilotlari tomonidan berilgan grant mablag‘lari; O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari doirasida berilgan grant mablag‘lari.
Shuningdek, yagona ijtimoiy to‘lov quyidagilarga nisbatan hisoblab chiqarilmaydi: O‘zbekiston Respublikasi mudofaa, ichki ishlar, favqulodda vaziyatlar vazirliklarining, O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmatining harbiy xizmatchilariga, ichki ishlar organlarining oddiy askarlar, serjantlar va ofitserlar tarkibiga hamda O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining xodimlariga xizmatni o‘tashi (xizmat majburiyatlarini bajarishi) munosabati bilan to‘lanadigan pul ta’minotiga, pul mukofotlariga va boshqa to‘lovlarga; O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining, umumiy yurisdiksiya sudlarining va xo‘jalik sudlarining sudyalari, shuningdek prokuratura organlarining mansab darajalariga (harbiy unvonlarga) ega bo‘lgan xodimlarining xizmat vazifalarini bajarishi munosabati bilan olgan daromadlariga, aksiyadorlik jamiyatlarining boshqaruv xodimlari sifatida jalb qilingan chet ellik xodimlarining mehnatga haq to‘lash tarzidagi daromadlariga.
O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining yangi tahririga muvofiq bir qator yangilik va o‘zgarishlar amaliyotga joriy etildi. Chunonchi, yagona ijtimoiy to‘lov ijtimoiy soliqqa o‘zgartirildi.
Xo‘sh, kimlar ijtimoiy soliq to‘lovchilar hisoblanadi? O‘zbekiston Respublikasining yuridik shaxslari, O‘zbekiston Respublikasida faoliyatni doimiy muassasa orqali amalga oshiruvchi O‘zbekiston Respublikasi norezidentlari bo‘lgan yuridik shaxslar, chet el yuridik shaxslarining vakolatxonalari va filiallari, Soliq kodeksining 408 va 409-moddalarida nazarda tutilgan tartibga muvofiq ijtimoiy soliq to‘laydigan jismoniy shaxslarning ayrim toifalari ijtimoiy soliq to‘lovchilardir. Ish beruvchining xodimlar mehnatiga haq to‘lashga doir xarajatlari ijtimoiy soliqning soliq solish ob’yekti sanaladi. O‘zbekiston Respublikasi hududida ishlash uchun chet ellik xodimlar bilan ta’minlash yuzasidan xizmatlar ko‘rsatishga doir shartnomalar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi norezidenti bo‘lgan yuridik shaxsga to‘lanadigan chet ellik xodimlarning daromadlari ham soliq solish ob’yektidir. Bundan tashqari, jismoniy shaxslarning ayrim toifalari uchun ular tomonidan tadbirkorlik faoliyatini va (yoki) yakka tartibdagi mehnat faoliyatini amalga oshirish soliq solish ob’yekti hisoblanadi.

Hisobot — korxonalar, tashkilotlar, kompaniyalar tomonidan oʻz faoliyati toʻgʻrisida davriy (oy, chorak, yil) va belgilangan shaklda tuziladigan, davlat, statistika va moliya organlariga taqdim etiladigan axborot, maʼlumotlar, hisobkitob hujjatlari elektron shaklda taqdim etiladi. Balans hisobot, moliyaviy hisobot va statistik hisobot, xoʻjalik yurituvchi subʼyektlar faoliyatida muxim ahamiyatga ega. Balans hisoboti — kompaniya buxgalteriya xisobotining asosiy shakli boʻlib, muayyan sana uchun kapitalni shakllantirish manbalari va kapital qoʻyilmalar yoʻnalishini tavsiflaydi. Ikki tomonlama jadval shaklida tuziladi; uning chap qismi (aktiv)da kapital tarkibi va uning joylashtirilishi toʻgʻrisida maʼlumotlar, oʻng qismi (passiv)da kapital manbalari koʻrsatiladi.


Aktivda asosiy va aylanma kapital koʻrsatkichlari, passivda oʻziniki boʻlgan va jalb etilgan kapital tuzilmasi va miqdorlari beriladi. Juda batafsil tuziladigan ichki balans kompaniya boshqaruvi tomonidan kompaniya faoliyatini rejalashtirish va boshqarishda, filiallar ishini nazorat qilishda foydalaniladi. Tashqi balans tashqi xisobotning boshqa shakllari bilan birga kompaniya faoliyati toʻgʻrisida toʻliq va ochiq axborot hisoblanadi. Davlat soliq va yuqori rahbarlik organlariga, fond birjalariga taq-dim etiladi, aksiyadorlar oʻrtasida tarqatiladi, maxsus maʼlumotnomalarda eʼlon qilinadi. Tijorat-savdo sirini saqlash maqsadlarida kompaniyalar balansida rasman ruxsat etilgan modda (band)larni guruhlash va umumlashtirishdan keng foydalaniladi (qisqa balans). Kompaniyalarning moliyaviy hisobot topshirishning majburiy shakli. Unga quyidagilar kiradi: kompaniyaning umumiy balansi; foyda va koʻrilgan zarar toʻgʻrisida hisobot; pul mablagʻlari harakati toʻgʻrisida hisobot va kompaniya rahbariyatining umumiy majlisda koʻrib chiqish va tasdiqlash uchun kompaniya yoki aksiyadorlari eʼtiboriga havola etiladigan yillik dokladi.
Soliq hisoboti shakllariga hujjatga tegishli ilovalarda keltirilgan quyidagi hisobot turlari kiritilgan:

  • qoʻshilgan qiymat soligʻi boʻyicha;

  • aksiz soligʻi boʻyicha;

  • yuridik shaхslardan olinadigan foyda soligʻi boʻyicha;

  • jismoniy shaхslardan olinadigan daromad soligʻi va ijtimoiy soliq boʻyicha;

  • yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha;

  • suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha;

  • yuridik shaхslarning mol-mulkiga solinadigan soliq boʻyicha;

  • yuridik shaхslardan olinadigan yer soligʻi boʻyicha;

  • aylanmadan olinadigan soliq boʻyicha;

  • olingan maqsadli mablagʻlardan foydalanganlik boʻyicha;

  • davlat boji va yigʻimlar boʻyicha;

  • tijoratbop topilma bonusi boʻyicha.




Download 64,52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish