Soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni to’lash majburiyati
Soliq to’lovchining muayyan soliq yoki boshqa majburiy to’lovni to’lash, shuningdek Soliq kodeksida nazarda tutilgan holatlar bo’lgan taqdirda, mavjud soliq qarzini uzish majburiyati soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni to’lash majburiyati deb hisoblanadi.
Soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni to’lash majburiyati soliq to’lovchining hisobvarag’ida yetarlicha pul mablag’lari bo’lgan taqdirda, tegishli soliq yoki boshqa majburiy to’lovni to’lash uchun bankka to’lov topshiriqnomasi taqdim etilgan paytdan e’tiboran, soliq yoki boshqa majburiy to’lov naqd pul mablag’lari bilan to’langanda esa pul summasi bankka yoki vakolatli organ kassasiga topshirilgan paytdan e’tiboran bajarilgan deb hisoblanadi.
Soliq yoki boshqa majburiy to’lov summasini o’tkazish uchun to’lov topshiriqnomasi soliq to’lovchi tomonidan chaqirib olingan yoki bank tomonidan soliq to’lovchiga qaytarilgan taqdirda, shuningdek agar soliq to’lovchi bankka to’lov topshiriqnomasini taqdim etgan paytda bu soliq to’lovchining hisobvarag’iga qo’yilgan, qonun hujjatlariga muvofiq birinchi navbatda bajarilishi lozim bo’lgan, bajarilmagan talablar mavjud bo’lsa hamda soliq to’lovchi barcha talablarni qanoatlantirish uchun hisobvaraqda etarlicha pul mablag’lariga ega bo’lmasa, soliq yoki boshqa majburiy to’lov to’langan deb hisoblanmaydi.
Soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni to’lash majburiyati Soliq kodeksining 10-bobida belgilangan tartibda hisobga olish orqali ham bajarilishi mumkin. Soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni to’lash milliy valyutada, qonun hujjatlarida nazarda t
utilgan hollarda esa chet el valyutasida amalga oshiriladi. Soliq yoki boshqa majburiy to’lov summasi soliq to’lovchi tomonidan Soliq kodeksida belgilangan muddatlarda to’lanadi. Soliq kodeksining 9-bobida nazarda tutilgan hollarda soliq to’lovchiga soliq va boshqa majburiy to’lovni, shuningdek penyani to’lashni kechiktirish va bo’lib-bo’lib to’lash imkoniyati berilishi mumkin. Soliq majburiyatining soliq to’lovchi tomonidan bajarilmaganligi yoki Soliq kodeksida belgilangan tartib buzilgan holda bajarilganligi unga nisbatan soliq majburiyatining bajarilishini ta’minlash choralarini qo’llash uchun asos bo’ladi.
Soliq solinadigan bazani hisoblab chiqarish davlat soliq xizmati organlari tomonidan Soliq kodeksida belgilangan tartibga muvofiq amalga oshirilgan hollarda soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni to’lash majburiyati davlat soliq organining yozma talabnomasi olingan sanadan e’tiboran yuzaga keladi.
Soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar, shuningdek moliyaviy sanksiyalar byudjetga va davlat maqsadli jamg’armalariga quyidagi tartibda o’tkaziladi:
asosiy summa;
hisoblangan penya;
jarimalar.
Soliq kodeksining yangi tahriri 339-moddasiga asosan soliq hisoboti quyidagi muddatlarda taqdim qilinadi1 hisobot davri yakunlari bo'yicha - hisobot davridan keyingi oyning yigirmanchi kunidan kechiktirmay2 soliq davri yakunlari bo'yicha - soliq davri o'tgandan keyingi yilning 1 martidan kechiktirmay. Ko'rinib turibdiki, doimiy muassasalar orqali faoliyat yuritadigan norezidentlar tomonidan foyda solig'i hisoboti har chorakda chorakdan keyingi oyning 20 sanasidan kechiktirmay taqdim etiladi.
Soliq hisobotini saqlanishi soliq kodeksining yangi tahrirdagi 84-moddasiga asosan, soliq to'lovchilar va soliq agentlari soliq organlariga soliq hisobotini hisobot taqdim etilgan yildan keyin kamida besh yil saqlashi shart. Ayrim hollarda boshqa muddatlar belgilangan bo'lishi mumkin.
Xulosa qilib aytadigan bo’lsak O’zbekiston Respublikasidagi Soliq siyosatidagi o’zgarishlar har tomonlama xalq uchun foydali bo’lib bormoqda. To’g’ri soliq to’lash ko’p chiligimizga yoqmasligi tayin, soliqdan balki bazi qo’shtirnoq ichidagi insonlar qonuni buzgan holda soliq to’lashdan qochadilar. Bu o’zimizga zarar ekanini ular tushunmaydilar. Ularni nazlida faqat u insongina boy bo’lish fikrida u doim haq u doim birinchi o’rinda yurishdir, lekin bilmidiki soliq to’lagach davlat u pullarni birinchi o’rinda davlat ishida ishlidiganlar uchun maosh beradi. Misol qilib oladigan bo’lsak biz to’lagan soliqdan davlat yanada keng imkoniyatlar yaratadi kelajak yosh avlod uchun esa yanada yanada keng qulayliklar yaratadi. Davlatimiz rivojlansa, jahonga tanilsa bu bizga keng ko’lamli eshiklarni ochish imkoniyatini beradi. Farzandlarimiz boshqa davlatlarda, uyidan uzoqda ishlab yurmaydi balki, o’zimizni yurtda, oilasini oldida tinch faravon yashaydi.
2022-yilda ham Prezidentimiz tashabbusi bilan ko’p soliqlar bekor qilindi, ayrimlariga yengillashtirish borasida chora tadbirlar ko’rilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |