shaharda qidirib topguncha bir necha kun o‘tibdi. Unga
qidirishda bizga noma’lum bo‘lgan bir qancha holatlar
yordam beribdi. Bir paytlar miss Darsiga guvernantka
bo‘lgan, keyin nima uchundir ishdan haydalgan (mister
Darsi nima uchunligini aytishni lozim ko‘rmadi) missis
Yang ism li ayol bor ekan. O‘sha ayol Edvard-stritda
yashar va uyini ijaraga berib, kun ko‘rar ekan. Mister
Darsining aytishicha, bu ayol Uikxemni yaxshi tanir
ekan. Shuning uchun u shaharga kelishi bilan o‘sha
ayolnikiga boribdi, lekin undan biror narsani bilib ol-
gunicha ikki-uch kun ketibdi. Menimcha, u qochoqlar-
ning qayerdaligini yaxshi bilgan, lekin yaxshigina pul
undirmaguncha aytishga rozi bo‘lmagan. Haqiqatan
ham, Uikxem Londonga kelishlari bilan unikiga borgan,
agar bo‘sh xona bo‘lsa, o‘sha yerda qolishni rejalashtir-
gan. Xullas, do‘stimiz bir amallab bu ayoldan o‘ziga
kerakli axborotni sug‘urib olgan. Ma’lum bo‘lishicha,
yoshlar ...stritda yashayotgan ekanlar. Mister Darsi av-
val Uikxem bilan ko‘rishgan, keyin esa Lidiya bilan
gaplashgan. Uning aytishicha, Lidiyani agar ota-onasi
ruxsat bergan taqdirda uyga qaytishga ko‘ndirmoqchi
bo‘lgan va o‘z yordamini ayamasligini aytgan. Lidiya
335
esa qarori qat’iyligini, uning qarindoshlari bilan qiladi-
gan ishi yo‘qligini,Uikxemdan ajralishni, hatto xayoliga
ham keltirmasligini aytib, uning yordamidan ham voz
kechibdi. Lidiya ertami, kechmi baribir Uikxem bilan al-
batta, nikohdan o‘tishlariga ishonishini aytibdi. Uning
gaplaridan kelib chiqib, mister Darsi endi nikoh masa-
lalarini hal qilish kerakligiga va iloji boricha buni tez-
lashtirishga qaror qilibdi. Uikxem bilan birinchi marta
gaplashgandayoq uylanish yigitning xayolida ham
yo‘qligini, polkdan ketishiga sabab qarzlari ekanligini
aytib, qochish fikri Lidiyadan chiqqan, deb unga to‘n
kab qo‘ya qolibdi. U iste’foga chiqmoqchi ekan va kela-
jagini hali hal qilmagan ekan. Qayergaligi hali no-
ma’lum, qayerlargadir ketishni rejalashtirayotgan
ekan. Uning gaplaridan, yashash uchun hech vaqosi
yo‘qligi aniq ekan. Mister Darsi undan nima uchun Lidi-
ya bilan darrov nikohdan o‘tishmaganining sababini
so‘rabdi. Mister Bennetni juda boy deb bo‘lmasa ham,
Uikxemga foydasi tegishi mumkin edi va uning Lidiya-
ga uylanishi mavqeyiga ham ta’sir qilishi mumkin edi.
Uikxemning javoblaridan u yangi joyda uylanib, shu-
ning orqasidan ishlarini yo‘lga qo‘yib olishni rejalashtir-
gani ma’lum bo‘libdi. Bu ahvolida unga qilinayotgan,
Uikxemning hamma ishlari birdaniga hal qilinishi mum-
kin bo‘lgan taklifdan voz kechish qiyin ekan. Ular bir
necha marotaba uchrashishdi – hal qilinadigan muam-
molar juda ko‘p ekan. O‘rtalarida hamma narsa keli-
shib olinishi bilanoq, mister Darsi bu xabarni yetkazish
uchun men sizlarnikidan kelgan kunim, biznikiga kelib-
di. Lekin o‘sha kuni mister Gardiner uyda emasdi. U
xizmatkordan otang shu yerdaligini, ertasi kuni ertalab
ketmoqchi ekanligini eshitgan. Otang bilan suhbat mis-
ter Gardiner bilan bo‘lgandek oson bo‘lmasligini o‘ylab,
u otang ketgandan keyin kelishga qaror qilib jo‘nab ket-
gan. U o‘z ismini aytmagani uchun kim kelib ketganini
hech kim bilmagan. Shanba kuni yana kelgan. Bu payt-
336
Do'stlaringiz bilan baham: |