Uo‘K: 821. 111-3 kbk: 84(4Ingl)



Download 3,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/43
Sana18.04.2022
Hajmi3,57 Mb.
#559742
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   43
Bog'liq
@BOOKS KITOB ANDISHA VA G\'URUR

«Bizga hech qanday aloqasi yo‘q va bizning oilaga 
butunlay begona bo‘lgan bu odamning shunday payt-
da sizlar bilan birga bo‘lishining sababini bilish men 
uchun qanchalik qiziqligini tasavvur qilayotgan bo‘lsan-
giz kerak, – derdi Elizabet. – Iltimos, xudo haqqi, agar 
Lidiya aytgandek bu sir bo‘lmasa, menga gap nima-
daligini tushuntirib bering. Bo‘lmasa, men juda azobda 
qolaman».
«Hech ham-da, – xatni tugatayotgan Elizabet o‘ziga 
o‘zi dedi. – Agar bor gapni yaxshilik bilan aytmasangiz, 
bilib olish uchun shunaqa ayyorlik qilaman...»
Jeynning o‘ta odobliligi uning Elizabet bilan Lidiya 
aytgan gaplar to‘g‘risida gap boshlashiga yo‘l qo‘ymadi. 
Buning uchun Elizabet undan minnatdor bo‘ldi. Ham-
ma gap ma’lum bo‘lmaguncha, buni hech kim bilma-
gani ma’qul.


333
X bob
Elizabetning baxtiga javob xati juda tez keldi. Xatni 
olishi bilan qiz uni topishlari mushkul bo‘lgan daraxt-
zor orasiga kirib ketdi-da, baxtli daqiqalardan oldin-
dan huzur qilib o‘rindiqlardan biriga o‘tirdi. Xat juda 
uzun bo‘lib, uning qiziqishini qondiruvchi faqat rad 
javobi emasdi.
«Greyschyorch-strit, 6-sentabr.
Aziz jiyanim!
Hozirgina sening xatingni oldim. Senga aytmoqchi 
bo‘lgan narsalarimni bir necha qatorga sig‘dira ol-
masligimni bilganim uchun javob yozishga butun erta-
labki vaqtimni qurbon qildim. Bo‘ynimga olaman, se-
ning xatingni kutmagandim. Iltimos, xating meni xafa 
qildi, deb o‘ylama, faqat menga shunday savol bera-
san, deb hech kutmagandim. Meni tushunmaslikni 
afzal ko‘rayotgan bo‘lsang, unda meni befarosatlik qil-
ganim uchun kechir. Tog‘ang mendan ham battar hay-
ron – faqat bo‘layotgan ishlarda sening qo‘ling bor, de-
gan fikrgina, u qilgan ishlarni qilishga undagandi. Le-
kin rostdan ham sening hech narsadan xabaring 
bo‘lmasa va hech narsaga qo‘l urmagan bo‘lsang, men 
senga aniqroq qilib tushuntirib beraman. Men Long-
borndan qaytib kelgan kunim biznikiga kutilmagan 
mehmon kelgan ekan. Mister Darsi tog‘ang bilan bir 
necha soat yolg‘iz gaplashishibdi. Men kelganimda 
ularning suhbati tugab qolgan ekan, shuning uchun 
men nima gapligiga qiziqmadim. Uning biznikiga kelish-
dan maqsadi mister Gardinerga singling bilan Uik-
xemning qayerdaligini topganini bildirib qo‘yish ekan. U 
yoshlar bilan allaqachon ko‘rishib, Lidiya bilan bir mar-
ta, Uikxem bilan esa bir necha marta gaplashib ham 
bo‘lgan ekan. Men, tushunishimcha, biz ketgan kun-


334
ning ertasigayoq u Derbishirdan ketib, qochoqlarni to-
pish uchun Londonga kelgan. O‘zining xatti-harakatini 
u o‘zini deb Uikxemning pastkashligi hammaga ochib 
tashlanmaganini, aks holda yosh qizlar u bilan qizi-
qishmagan bo‘lardi, deb tushuntirdi. Bo‘lib o‘tgan hodi-
saning sababi o‘zining soxta mag‘rurligi ekanligini 
aytib, ungagina tegishli bo‘lgan holatni hammaga 
ochish ni o‘ziga ep ko‘rmaganini tan olayapti. Odamlar 
kim bilan muloqotda bo‘layotganlarini bilishlari kerak 
ekan. Shuning uchun mister Darsi bu ishga aralashib, 
uning bee’tiborligi orqasida sizlarga yetkazilgan zararni 
qoplashni o‘zining burchi, deb bilibdi. Agar buning yana 
bir boshqa sabablari bo‘lsa ham, men buning uchun un-
dan gina qilish kerak, deb o‘ylamayman. U qochoqlarni 

Download 3,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish