Uo‘K: 821. 111-3 kbk: 84(4Ingl)



Download 3,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/43
Sana18.04.2022
Hajmi3,57 Mb.
#559742
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   43
Bog'liq
@BOOKS KITOB ANDISHA VA G\'URUR

VIII bob
Mister Bennet ancha paytdan beri o‘z tushumlari-
dan oz-ozdan jamg‘arib qo‘yishni o‘ylayotgan edi. 
Shunday qilgan taqdirda biroz pul to‘plab qizlarini 


320
va agar undan keyin qoladigan bo‘lsa, xotinini ham 
ta’minlab qo‘ygan bo‘lardi. U, ayniqsa, hozir shunday 
qilishi ke rak bo‘lganini chuqur his qildi. Agar u bu-
runroq shu ishni qilganida qanchalik aqlli ish bo‘lgan 
bo‘lishini endi tushunayotgan edi va Lidiya yaxshi 
nomini va nomusini saqlab qolgani uchun tog‘asidan 
qarz dor bo‘lib o‘tirmasdi. U holda butun qirollikdagi 
eng yomon yigitga turmushga chiqqanida ham hech 
qanday gap-so‘z bo‘lmasdi. Bu shubhali baxt to‘lovini 
qaynisi to‘laganini mister Bennet hech hazm qila ol-
mayotgan edi, shuning uchun undan ketkazgan pul-
larining qiymatini bilib olib, imkon topilishi bilan qar-
zini qayta rishni mo‘ljallayotgandi. Mister Bennet yangi 
uylangan paytda, merosxo‘r tug‘iladi, degan fikr bilan, 
pul tejash haqida o‘ylamagan ham edi. O‘g‘il tug‘il-
gan taqdirda, u balog‘at yoshiga yetgach, yer-mulkni 
o‘z nomiga rasmiylashtirib, onasi va o‘zidan kichik 
farzand larning kelajagini ta’minlagan bo‘lardi. Lekin 
baxtga qarshi, ketma-ket qiz tug‘ilib, o‘g‘ildan darak 
bo‘lmadi. Missis Bennet Lidiyani tuqqanidan keyin 
yana ancha paytgacha merosxo‘r tug‘ilishidan umid 
qilib yurdi. Axiri bir kun kelib umidlari puchga chiqdi, 
lekin endi pul jamg‘arishga kech bo‘lgan edi. Missis 
Bennet tabiatan tejamkor bo‘lmay, faqat erining qarzni 
yomon ko‘rishi sababligina ular yerlaridan tushadigan 
pullardan ko‘ra ortiqroq sarf-xarajat qilishmas edi.
Missis Bennet va uning farzandlari uchun nikoh 
shartnomasi bo‘yicha besh ming funt o‘tkazilgan 
edi. Pullarning farzandlar o‘rtasida qanday bo‘linishi 
ota-onaning qaroriga bog‘liq edi. Ayni paytda, Bennet-
lar uchun farzandlari o‘rtasida, hech bo‘lmasa hozir 
Lidiya uchun ushbu masalani hal qilish muammosi 
turardi. Mister Bennetning xayolida mister Gardiner 
tomonidan taklif qilingan shartlar masalasida hech 
qanday ikkilanish yo‘q edi. Unga qilgan yaxshiligi 
uchun qaynisiga qisqacha qilib o‘z minnatdorligini 


321
bildirgan holda, u mister Gardinerning qilgan barcha 
harakatlarini ma’qulladi va uning nomidan qaynisi o‘z 
ustiga olgan majburiyatlarni bajarishiga o‘z roziligi-
ni ta’kidladi. U qizini Uikxemga berishi mumkinligini 
yoki Uikxemning o‘zi shunchalik kam pul sarf qilib, 
qiziga uylanishni xohlagan taqdirda ham – ilgari hatto 
xayoliga ham keltirmagan edi. Lidiyani boqish, uning 
kundalik chiqimlari, onasi tez-tez qilib turadigan pul 
ko‘rinishidagi sovg‘alarni va har yili bu kelin-kuyov-
ga berib turilishi lozim bo‘lgan yuz funtni qo‘shib hi-
soblaganda ham, u yiliga ko‘p yo‘qotmasdi.
U tomondan ko‘p kuch sarflanmayotgani mis
-
ter Bennet uchun ko‘nglidagidek ish bo‘layotgan edi. 
Endi u bo‘lishi kutilayotgan yugur-yugurlardan ham 
iloji boricha qutulishni istardi. U boshida bo‘lgan, qizi-
ni topish uchun yugurishga majbur qilgan g‘azabidan 
tushgan va avvalgi tepsa-tebranmas holiga qaytgan 
Mister Bennet xatini bir zumda yozib tugatdi – u odat-
da biror narsa qilishdan oldin ko‘p o‘ylar, lekin qilishni 
boshlaganda, tez tugatib qo‘yar edi. Xatining oxirida u 
qaynisidan yana nimalarda qarzdorligini so‘radi. Lidi-
yadan esa shunchalik g‘azabda ediki, u haqda biror 
og‘iz so‘z aytmadi.
Yaxshi xabar bir zumda hamma yoqqa tarqaldi. Al-
batta, miss Lidiyani Meritonga qaytarib olib kelishgani-
da yoki olis bir fermaga jo‘natib yuborishganida, bu 
gap-so‘zlar yana ham qiziqarliroq bo‘lardi. Biroq uning 
turmushga chiqayotganini ham maza qilib g‘iybat qi-
lish mumkin edi. G‘iybatchi ayollarning yoshlarga baxt 
tilashayotgani o‘zining asl ma’nosini yo‘qotmayotgan 
edi, chunki Uikxemdek inson bilan turmush qurish 
hech qanaqa baxt va’da qilolmasdi.
Missis Bennet ikki haftadan beri yemakxonaga chiq
-
mayotgan edi. Lekin ushbu bayramona kunda u axi-
ri o‘z xonasidan chiqib, ovqat tepasida o‘zi bosh bo‘lib 
o‘tirdi. U qizi uchun hech ham uyatni his qilayotgani 


322
yo‘q edi. Jeyn o‘n olti yoshdan oshganidan keyin uning 
miya siga o‘rnashib qolgan qizlaridan birini uzatish or-
zusi nihoyat amalga oshayotgan edi. Uning fikr-zikri 
hozir faqat to‘y marosimi, kiyim-kechaklar, karetalar, 
yangi xizmatchilar bilan band edi. U tuganmas bir 
g‘ayrat bilan qizi to‘ydan keyin yashashi uchun yaqin 
atrofdan uy qidira boshladi. U yoshlarning to‘ydan ke
-
yin qo‘llarida bo‘lishi mumkin bo‘lgan jamg‘arma ning 
qiymatini ham bilmay, hatto bu masalani xayoliga 
ham keltirmay, katta-kichikligi to‘g‘ri kelmaydi yoki 
qurilgani yoqmadi, deb ko‘p uylarni rad qildi.
– Agar Goldinglar ko‘chishganda, Xey-parkdagi uy 
yaxshi bo‘lardi, – xayol qilardi missis Bennet. – Yoki 
mehmonxonasi kattaroq bo‘lganda, Stoukdagi uncha 
katta bo‘lmagan uy ham yaxshi edi. Eshuortdagi uy 
esa juda uzoq – agar bizning uyimizdan o‘n mildan 
uzoq bo‘lsa, men chiday olmayman. Palvis Lojedagi uy 
esa menga hech ham yoqmadi!
Xonada xizmatkor bor ekanligida mister Bennet 
xotinining bunday gaplariga xalaqit bermadi. Lekin 
yolg‘iz o‘zlari qolishlari bilan u xotiniga dedi:
– Missis Bennet, qizingiz va uning eri uchun shu 
uylardan birini yoki hammasini ijaraga olishingizdan 
avval ikkalamiz bir narsani aniq kelishib olishimiz ke-
rak. Ular hech qachon biz bilan bir joyda yashamaydi. 
Men ularning Longbornga kelaverib, jonimga tegishla-
rini aslo istamayman!
Missis Bennet erining bu gapiga rosa qarshilik 
ko‘rsatdi, lekin befoyda. Bahs davomida missis Ben
-
net uni dahshatga solgan boshqa yangilikni – eri qizi-
ning to‘y liboslari uchun bir giney ham sarf qilmoqchi 
emasligini eshitdi. Eri, Lidiya otasi tomonidan hech 
qanday e’tibordan umid qilmasligini e’lon qildi. Mis-
sis Bennet nima deyishni bilmasdi. Otasining g‘aza-
bi deb, qizining erga tegayotib qilinishi lozim bo‘lgan 
hamma narsadan mosuvo bo‘layotganini tushunishga 


323
uning aqli noqislik qilardi. To‘y liboslarining kamligi, 
uning nazarida, Lidiyaning qochib ketishi va hali to‘y 
bo‘lmasdan yigit bilan ikki hafta birga yashagani orqa
-
sidan kelgan sharmandalikdan ham ortiqroq edi.
* * *
Elizabet asabiylashib turganida mister Darsiga 
Lidiyaning taqdiridan xavotir olayotganini aytib 
yuborganidan afsusda edi. Singlisining qochib keti
-
shi turmushga chiqish bilan tugar ekan, o‘sha payt-
da Braytonda bo‘lmagan hamma tanishlardan buni 
yashirib turishsa bo‘lar ekan. Qiz Darsining bu 
gaplarni begonalarga aytishidan cho‘chimayotgandi. 
Chunki vazminligiga ishonish mumkin bo‘lgan bosh-
qa odamni topish mushkul edi. Lekin qizga eng alam 
qilayotgani ularning oilasidagi sharmandalikni aynan 
u bilgani edi. Gap bu ishning o‘ziga tegishli narsalarga 
ham salbiy ta’sirida emasdi. Endi bu sharoitda ular 
ikkalasi o‘rtasida katta jarlik bor edi. Lidiya hamma 
tarbiyali qizlardek turmushga chiqsa ham, oldin bor 
bo‘lgan hamma kamchiliklariga yana uning nafrati
-
ga loyiq bo‘lgan inson bilan qarindoshchilik qilishgani 
qo‘shilgan oilaga Darsining kuyov bo‘lishini hatto tax-
min ham qilib bo‘lmasdi. Bu turdagi qarindoshchilik 
fikridan u dahshatga tushsa kerak. Mister Darsi-
ning Derbishirda yaqqol ko‘zga tashlanayotgan uning 
ko‘nglini olishga urinishi mantiqan o‘ylab qaralsa, 
ushbu voqeaga qarshilik qilolmasdi. Qiz o‘zi ham ni-
maligini bilmayotgan narsasini yo‘qotganidan yurak-
lari chok-chokidan so‘kilib ketayotgandek edi. Aynan 
hozir, endi ushlab qolishning hech imkoniyati yo‘qli-
gini tushunganida – yigitning o‘ziga munosabati qan-
chalik azizligini sezib qoldi. Endi yigit haqida birorta 
yangilik eshitishi amrimahol bo‘lganda qiz uning ha-
yotiga qiziqib qoldi. Darsi bilan yonma-yon birgalikda 


324
baxtli hayot kechirishlari mumkin bo‘lganini qiz endi, 
u bilan ko‘rishishlariga hech qanday umid qolmagan-
da, tushunib yetgandi.
«Agar mister Darsi atigi to‘rt oygina burun qilgan 
taklifini hozir minnatdorchilik bilan qabul qilishlari
-
ni bilganida edi, roza izzat-nafsi orom olgan bo‘lardi», 
– degan fikr qizning xayoliga tez-tez kelardi. Yigitning 
boshqa o‘z jinsidagilarga qaraganda ancha oliyjanob-
roq ekaniga ishonchi komil edi. Lekin hamma xom sut 
emgan bandalardek, u ham qo‘li baland kelganidan, 
albatta xursand bo‘l gan bo‘lsa kerak.
Elizabet o‘z tabiati qiziqishlari bilan ayni shu yigit 
unga mos kelishini endi tushuna boshlagan edi. Mis-
ter Darsining o‘zinikidan yuqoriroq bo‘lgan aqli, xarak-
teri ayni uning talablariga javob berardi. Ikkalasining 
birlashuvi har biri uchun ham yaxshi bo‘lgan bo‘lar-
di. Qiz tabiatidagi quvnoqlik yigitning harakatlari va 
fikrlashlariga yumshoqlik kasb etgan bo‘lardi. Yigit
-
ning aqli, bilimlari, sog‘ lom fikr lashi ortida o‘zi ham 
teranroq fikrlaydigan bo‘lardi.
Ammo insoniyatga asl er-xotinlik baxti nimaligini 
isbotlab beradigan bu nikohning bo‘lishi nasib qilma-
gan ekan! Buning o‘rniga, yaqinda Bennetlar oilasi-
da baxtli tugamasligi oldindan ma’lum bo‘lgan nikoh 
bo‘lishi kutilayotgan edi.
Elizabet Uikxem va Lidiyalarning to‘ydan keyin 
mustaqil ravishda ro‘zg‘or yurita olishlarini tasavvur 
ham qila olmayotgandi. Lekin javobgarlik hissidan 
kuchliroq bo‘lgan ehtiros natijasida yuzaga kelayotgan 
bu juftlikni juda ham baxt va’da qilmayotgan kelajak 
kutayotganini ham qiz juda yaxshi tushunardi.
* * *
Tez orada mister Bennet Londondan xat oldi. 
Qilgan ishlari uchun mister Bennet bildirgan min-
natdorchiliklariga javob berayotib, mister Gardi-


325
ner, bu oilaning barcha a’zolariga xizmat qilishga 
doim tayyorligini aytgan va boshqa bu mavzuda 
to‘xtamaslikni iltimos qilgandi. Xatni yozishdan 
maqsadi mister Uikxem polkdan ketishga qaror qil-
ganini aytish ekan.

Download 3,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish