Uo‘K: 821. 111-3 kbk: 84(4Ingl)



Download 3,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/43
Sana18.04.2022
Hajmi3,57 Mb.
#559742
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   43
Bog'liq
@BOOKS KITOB ANDISHA VA G\'URUR

mumkinligini,
yo‘q, 
yo‘q, 
kerakligini
bilganimda edi! Lekin men tushunma-
gandim-ku – chuqurlashib ketishidan qo‘rqqandim! 
Tuzatib bo‘lmaydigan, katta xato qildim!
Darsi uning gaplariga indamadi. Balki xonaning u 
boshidan bu boshiga yurar ekan, o‘z o‘y-xayollari bi-
lan bo‘lib, qizning gaplarini eshitmagandir ham. Uning 
peshonasida chuqur ajinlar paydo bo‘lgan, kayfiyati 
juda yomon edi. Elizabet unga diqqat bilan qarab tu-
rib birdan hammasini tushundi: o‘zining yigit ustidan 


290
hokimligi tugadi. Nahotki, hammasi shunday oilaviy 
sharmandalik bilan tugasa, ko‘rinib turgan nomus-
sizlik bilan tugasa?! Qiz hech narsaga ajablanmadi, 
u yigitni hech narsada ayblay olmasdi. Lekin yigit o‘z 
tuyg‘ularidan ustun kelganini anglashdan unga hech 
qanday yengillik bo‘lmayotgan edi. Bu bilan uning 
g‘ami kamayib qolmagan edi. Aksincha, bu narsa unga 
o‘zining yuragiga boqib ko‘rishi uchun bir turtki edi. 
Ayni shu daqiqalarda, endi o‘rtalarida sevgi to‘g‘risida 
gap ham bo‘lishi mumkin bo‘lmagan daqiqalarda, yi-
gitni qanchalik kuchli sevib qolishi mumkinligini hali 
biror marta ham hozirgidek aniq his qilmagandi.
Qiz xayolida yuqoridagi fikrlar paydo bo‘lgan 
bo‘lsa-da, ular ko‘pga cho‘zilmadi. Lidiya hammalari-
ga yetkaz gan tahqirlanish, g‘am-alam hissi boshqa 
hissiyotlarni siqib chiqargandi. Dastro‘molini yuziga 
bosgancha yig‘layotgan Elizabet atrofdagilarni unut
-
gandek edi. Bir necha daqiqadan so‘nggina, suhbat-
doshining hamdardlik va sarosima bilan gapirayotgan 
gaplari qulog‘iga kirdi: 
– Siz ketishimni kutayotgan bo‘lsangiz kerak. Men 
o‘zimning befoyda bo‘lsa-da, chin dildan o‘z hamdard
-
ligimni aytmasam, bu yerda turishimga boshqa baho-
na topa olmayman. Siz uchun biror nima qila olsam 
yoki sizning g‘amingizni yengillatish uchun biror nar-
sa deya olsam edi! Lekin sizdan minnatdorchilik talab 
qilgandek quruq so‘zlarni gapirishimdan nima naf? 
Bu voqea sabab, endi singlim sizni Pemberlida ko‘rish 
sharafiga muyassar bo‘la olmaydimi?
– Albatta! Iltimos, miss Darsiga mening uzrimni 
aytib qo‘ying. Unga shoshilinch ish chiqib qolib, biz-
ning ketishimizga to‘g‘ri kelganini ayting. Iloji boricha 
undan bu voqeani yashiring. Men bilaman, bu ko‘p 
davom etmasa kerak.
Yigit hozirjavoblik bilan sirni yashirishga va’da berdi, 
balki hammasi u o‘ylaganchalik yomon emasdir, deb 


291
umid bildirdi va qarindoshlariga undan salom aytishni 
so‘rab, ko‘zlari bilan xayrlashgancha, chiqib ketdi.
Yigit ketgach, Elizabetning xayoliga endi ular 
Derbishirda qanchalik yurakdan, samimiylik bilan 
uchrashgan bo‘lsalar, boshqa bu hol takrorlanmasligi 
mumkinligi to‘g‘risidagi fikr keldi. U o‘zining yigit bi
-
lan tanish bo‘lgan, qarama-qarshiliklarga to‘la bo‘lgan 
davri mobayniga nazar solib, tuyg‘ularning qanday 
o‘zgarishi haqida o‘ylab, xo‘rsinib qo‘ydi. Elizabetning 
bu tuyg‘ulari yaqinginada yigitni hayotidan o‘chirib 
tashlashga qaratilgan bo‘lsa, hozir bu do‘stlikni yu-
ragida saqlab qolishga qaratilgan edi. 
Agar hurmat va minnatdorlik hislarini yuraklar-
ni bir-biriga bog‘laydigan rishta deb hisoblaydigan 
bo‘lsak, Elizabet yuragida sodir bo‘layotgan tuyg‘ular-
ning o‘zgarishini bo‘lishi mumkin bo‘lmagan narsa yoki 
qalbaki deb bo‘lmasdi. Nima bo‘lganda ham Darsidan 
ayrilish uni og‘ir xayollarga cho‘mdirdi. Bu ayriliq sing-
lisi bilan bo‘lgan sharmandalik oqibatida ekanligi xayo-
liga kelganda, Lidiyaning qilmishi orqasidan yuragida 
paydo bo‘lgan og‘riq yanada kuchaydi. Jeynning ikkin-
chi xatini o‘qiganidan so‘ng u Uikxemning singlisiga 
uylanishi mumkinligi to‘g‘risida gap ham bo‘lishi mum-
kin emasligiga amin bo‘ldi. Uning fikricha, Jeyndan 
boshqa hech kim bu narsaning bo‘lishi mumkinligiga 
ishon masdi. Voqealarning rivoji yaqqol ko‘rinib turardi. 
Hali ikkinchi xatni o‘qimaganida u Uikxemning qanday 
qilib bir tiyini ham yo‘q qizga uylanmoqchiligiga hay-
ron bo‘layotgan, Lidiyaning yigitni o‘ziga qanday qilib 
shunchalik og‘dirib olganiga aqli yetmayotgandi. Endi 
hammasi tushunarli. Bu taxlit sarguzasht ko‘hlikkina 
singlisi uchun mos edi. Elizabet singlisining turmush-
ga chiqishni hatto o‘ylamagan holda, bilib turib qoch-
gan bo‘lishi mumkinligiga ishongisi kelmasa-da, Lidi-
yaning juda osonlik bilan uni yo‘ldan urgan odamning 
qurboniga aylanishi mumkinligiga ham amin edi.


292
Uikxem xizmat qilgan polk Xartfordshirda ekanligi
-
da Elizabet Lidiyaning yigitga qiziqishini aslo sezmagan 
edi. Lekin u singlisining birorta yigit sal gap otsa ham 
o‘shaning bo‘yniga osilib olishini juda yaxshi bilardi. 
Mulozamatiga qarab goh u, goh bu zobit bilan gapla-
shardi. U intiladigan yigitlar doim o‘zgarib turar, lekin 
yuragi hech bo‘sh turmasdi. Mana shu qizga isho nib, 
uning qarovsiz qolishiga ruxsat berilibdi! Bu fikr Eliza
-
betning yurak-yuragini teshib yuborayotgan edi.
Qiz hamma narsani o‘z ko‘zlari bilan ko‘rib, o‘z 
quloq lari bilan eshitish uchun uyasi buzilgandek uyla-
ridagi hamma muammolarni faqat yolg‘iz bir o‘zi ko‘ta
-
rayotgan opasi bilan teng bo‘lishish uchun tezroq uyiga 
qaytishni istayotgan edi. Bu vaqtda mister Bennet Lon-
donga ketgan, missis Bennet esa ro‘zg‘orni tebrata ola-
digan holda emas, o‘zi unga qarab turishlariga muhtoj 
edi. Elizabet endi Lidiyaga hech narsa bilan yordam 
be 
rish mumkinligiga ishonmasa-da, baribir mister 
Gardi nerning aralashishi biror natija berib qolishidan 
umid qilayotgan edi. Xizmatkordan jiyanlarining ma-
zasi qochib qolganini eshitgan Gardinerlar xavotirla-
nib, tezda yetib kelishdi. Elizabet ularni o‘zining sop-
pa-sog‘lig‘iga ishontirib, vahimasining sababini qisqa 
qilib tushuntirib, opasidan kelgan xatlarni o‘qib berdi. 
Gardinerlar Lidiyani hech qachon yoqtirishgan bo‘lma-
sa-da, bu xabar ularni ham qayg‘uga solib qo‘ydi. Bu 
voqea nafaqat qizning o‘ziga, balki butun oila sha’niga 
ham soya sol gan edi. Bu gaplarni eshitib, attang qilgan 
mister Gardiner yordamga tayyorligini bildirdi. Elizabet 
undan boshqa javob kutmayotgan bo‘lsa-da, ko‘zlarida 
yosh bilan minnatdorchilik bildirdi. Shu zahoti jo‘na-
shni rejalashtirib, yo‘l tadorigini ko‘ra boshlashdi.
– Pemberlini nima qilamiz? – xitob qildi missis Gar-
diner. – Jon, sen uni bizni chaqirishga yuborayot-
ganingda mister Darsi shu yerda ekanligini aytgandi. 
Shu to‘g‘rimi?


293
– Ha. Xavotirlanmang, men unga bora olmasligimizni 
aytdim.
– Xavotirlanmang? – Elizabet narsalarini yig‘ish 
uchun xonasiga kirib ketganda qaytardi missis Gar-
diner. – Nahotki, ularning orasi shunchalik yaqin-
ki, Elizabet hammasini aytib bergan bo‘lsa? Nima 
bo‘lganini juda bilgim kelayapti!
Bu xohishni ro‘yobga chiqarishning hech iloji yo‘q 
edi. Ular shosha-pisha narsalarini yig‘ishar ekan, 
ayolning xayoli shu fikr bilan band edi. Elizabet esa 
ushbu damda agar bekorchi bo‘lsa, boshiga tushgan 
qayg‘udan juda holdan ketgan bo‘lardi. Lekin u ham, 
missis Gardiner ham hali ko‘p ish qilishlari, Lem-
tondagi do‘stlariga bunchalik shoshilib ketayotganlari 
uchun biror nimani bahona qilib, xat yozib qoldirish-
lari kerak edi. Biror soatga qolmay, hamma ishlarini 
tugatishdi. Bu orada mister Gardiner mehmonxona 
bilan hisob-kitob qildi va ular endi jo‘nashga tayyor 
edilar. Bugun sodir bo‘lgan shuncha ko‘rgiliklardan 
keyin Elizabet mo‘ljallaganidan ancha oldin ular ni-
hoyat, Longbornga jo‘naydigan ekipajga o‘tirishdi. 
V bob
– Men hamma narsani o‘ylab ko‘rdim, – ular yo‘lga 
tushishgandan so‘ng biroz o‘tib, Elizabetga dedi mis-
ter Gardiner, – va yaxshilab mulohaza qilib, Jeyn ayt-
ganlari to‘g‘ri, degan qarorga keldim. Menimcha, juda 
ham himoyasiz va yolg‘iz bo‘lmagan, buning ustiga o‘z 
polkining komandirinikida mehmon bo‘layotgan qiz-
ga nisbatan zobitning shunchalik ablahlik qilishi aql-
ga to‘g‘ri kelmaydi. Shuning uchun men yaxshilikka 
umid qilyapman. Har holda, Uikxem Lidiya bilan hech 
kimning ishi bo‘lmaydi, deb umid qilmagan bo‘lsa ke-
rak? Bundan tashqari, polkovnik Forsterni shunchalik 
haqoratlagandan so‘ng polkda qola olmasligiga ko‘zi ye-


294
tayotgandir? Bu darajada yo‘ldan ozish bilan qilingan 
tavakkalning o‘rtasida hech qanday mutanosiblik yo‘q.
– Siz rostdan shundayligiga ishonayapsizmi? – umid 
bilan so‘radi Elizabet.
– Rostini aytsam, – missis Gardiner ham gap-
ga qo‘shildi, – men ham shunday bo‘lsa kerak, deb 
o‘ylayapman. Uikxemni shu darajada aybdor deb 
o‘ylash uchun bu voqea haddan tashqari odob-axloq 
va or-nomus degan tushunchalarga, hatto o‘z man-
faatlariga ham zid. Men uni shu darajada yomon, deb 
ayblay olmayman. Lizzi, nahotki u ko‘z oldingda o‘zini 
shunchalik yerga urdiki, sen o‘zing ham uni aybdor 
sanayapsan?
– O‘z foydasiga bepisandlik masalasida – yo‘q. Le
-
kin qolgan hammasiga u mensimay qaragan. Albatta, 
siz haq bo‘lib chiqishingizni juda ham xohlardim. Le-
kin afsuski, men bunga ishona olmayman. Ularning 
Shotlandiyaga borishmaganini nima bilan izohlash 
mumkin?
– Avvalambor, ularning u yoqqa ketishmagani hali 
aniq emas, – dedi mister Gardiner.
– Ha, lekin ularning pochta karetasidan izvoshga 
o‘tganlari juda shubhali. Buning ustiga Barnetga ke-
tadigan yo‘lda hech qanday iz qoldirishmagan.
– Demak, bundan chiqdiki, ular hozir Londonda, 
deb hisoblaymiz. Boshqa sabablardan tashqari, ular 
Londonga ketlaridan qidirayotganlardan qochish 
uchun ham borgan bo‘lishlari mumkin. Ularning puli 
juda ham ko‘p bo‘lmasa kerak. Shuning uchun ni-
kohdan o‘tishning osonroq yo‘lini izlayotgan bo‘lishlari 
ham mumkin.
– Lekin nega yashirincha? Ularni topib olishlaridan 
qo‘rqishmaydimi? Nega bekitib nikohdan o‘tishmoqchi? 
Yo‘q, yo‘q, ishongim kelmayapti. Jeynning yozishicha, 
Uikxemning eng yaqin do‘sti uning singlimga uylanish 
niyati ham bo‘lmaganini aytibdi. Uikxem sepsiz qizga 


295
uylanmaydi. Bu tarzdagi sarf-xarajatga u qodir emas. 
U Lidiyada nima topdi ekan? Singlim o‘zining yoshli-
gi, sog‘lomligi, yengiltakligidan boshqa nimasi bilan 
uni yo‘ldan ura olibdiki, u uylanish bilan o‘z moddiy 
ahvolini to‘g‘rilab olish imkoniyatini Lidiya uchun qur-
bon qilibdi? Men u harbiy mundirni sharmisor qilish-
dan qanchalik qo‘rqishi kerak edi, bilmadim, chunki bu 
kabi voqealar qanday oqibatlarga olib kelishini men bil-
mayman. Lekin keltirgan ikkinchi sababingiz unchalik 
ishonarli emas, chunki Lidiya uchun turib beradigan 
akalari yo‘q. Mister Bennetning o‘zini tutishi esa, uning 
yuragi kengligi, uy ishlariga befarqligi Uik xemning otam 
bunday holatlarda odatda otalar aralashganichalik 
aralashmaydi, deb hi soblashiga olib kelgan.
– Seningcha, Lidiya o‘zidan boshqa hech kimni o‘y-
lamay, unga turmushga chiqmay turib ham birga ya-
shayverishga rozi bo‘lishi mumkinmi?
– Eng dahshatlisi shuki, Lidiyaning hamma birdek 
amal qiladigan yaxshi fazilat va axloq-odob qoidalariga 
qarashlari butunlay boshqacha, – ko‘zlarida yosh bi-
lan javob berdi Elizabet. – Men hozir fikrimni tushun
-
tirib berolmayman. Balki unga nisbatan men adolat-
sizlik qilayotgandirman. Lekin singlim hali juda yosh. 
U jiddiy o‘ylashga o‘rgatilmagan. Oxirgi yarim yil, yo‘q, 
bir yilcha bo‘ldi – u o‘yin-kulgidan bosh qa narsani 
bilmaydi. Uning hech ish qilmay, bekorchi bo‘lib, qa-
yerlardandir o‘rganib olgani bema’ni qiliqlar qilib yu-
rishiga yo‘l qo‘yib qo‘yilgan. ...shir polkining Meritonga 
kelganidan beri Lidiyaning miyasida faqat sevgi-mu
-
habbat, zobitlar va xushtorlar edi. Faqat shu haqda 
o‘ylab, faqat shu haqda gapirib, u, qanday tushuntir
-
sam ekan, o‘zida shundoq ham yetarli bo‘lgan bu sifat
-
larga moyillikni rivojlantirdi. Uikxemning o‘z tashqi qi-
yofasi va gapirishi bilan ayollarni qanday osonlik bilan 
iydira olishini bilganimiz uchun, u juda osonlik bilan 
bunga erishganini tushunsak bo‘ladi.


296
– Ha, lekin Jeyn uni, Lidiyani yo‘ldan urishi mum-
kin bo‘lgan darajada yomon emas, deb hisoblayap-
ti-ku! – dedi missis Gardiner.
– Jeyn kim haqida yomon o‘ylagan? Jeyn birorta-
sini, ilgari ming yomonotliq bo‘lganiga qaramay, ho-
zirda agar isbot bo‘lmasa, ayolni yo‘ldan urgan deya 
oladimi? Lekin Jeyn Uikxemning qandayligini mendan 
ham yaxshi biladi. Uning haqiqiy ablahligini ikkalamiz 
juda yaxshi bilamiz. Yigitning na uyati va na nomusi 
borligini-yu, yolg‘onchi va nosamimiyligini, tulkidek 
ayyorligini ham.
– Sen rostdan ham shularning hammasini bilar-
miding? – xitob qildi qiz bularni bilganiga hayron qol-
gan missis Gardiner. 
– Ha, bilardim, – qizarib dedi Elizabet. – Men bir 
paytlar uning mister Darsiga nisbatan pastkashlik qil-
ganini sizga aytib bergandim. Siz o‘zingiz ham uning 
Longbornda bir inson unga nisbatan oliyjanoblik qil-
ganini aytib berganini eshitgansiz. Lekin men u haqda 
birovga aytishga haqqim bo‘lmagan butunlay boshqa-
cha gaplarni... yo‘q, hozircha bu gaplarni aytish shart 
emas. Uning mister Darsining oilasi haqida aytgan 
bo‘htonlarining chegarasi yo‘q. Uning menga miss Dar-
si haqida aytganlaridan uni kekkaygan, pismiq va yo-
qimsiz qiz, deb tasavvur qilgandim. Lekin qizning bun-
day emasligini o‘zi juda yaxshi bilardi. U miss Darsi-
ning kecha biz o‘zimiz guvohi bo‘lganimizdek xushmu-
omala va samimiy qizligini yaxshi bilgan bo‘lishi kerak.
– Nahotki, Lidiya shu narsalarni sezmagan? U sen 
va Jeynga ma’lum bo‘lgan narsalarni hech ham bilma-
gan bo‘lishi mumkinmi?
– Afsuski, ha! Meni ezayotgan narsa ham shu. 
Kentga borib, u yerda mister Darsi va uning qarin-
doshi polkovnik Fitsuilyam bilan yaqindan tanishma-
guncha, men o‘zim ham hech narsadan bexabar edim. 
Uyga qaytganimda esa ...shir polki Meritondan jo‘nab 


297
ketish arafasida ekan. Biz Uikxemning nomini ketishi 
oldidan yomonga chiqarishni xohlamadik. Shuning 
uchun na men va mendan hamma gapni eshitgan na 
Jeyn hech kimga hech narsa demadik. Lidiyaning mis-
sis Forster bilan ketishi ma’lum bo‘lganda ham, unga 
bu gaplarni aytib qo‘yish lozimligini hatto o‘ylamagan-
dim ham. Uikxem singlimni aldashi mumkinligini 
xayolimga ham keltirmaganman. Gapimga ishoning, 
bo‘lib o‘tgan voqeani tasavvur ham qilmaganman.
– Demak, Braytonga jo‘nashayotganda ularning 
bir-birlariga befarq emasligini sen sezmagansan?
– Hech ham. Ular bir-birini yoqtirganiga hatto 
ishora ham yo‘q edi. Siz o‘zingiz yaxshi bilasiz, biror 
narsa sezib qolinsa, bizning oilada darrov hamma bil-
may qolmaydi. To‘g‘ri, Uikxem polkka yangi kelganda 
Lidiya uni sevib qolishga tayyor edi. Darvoqe, faqat u 
emas, hammamiz ham shunday holga tushgandik. 
Ikki oylargacha Meritondagi va yon-atrofda yashov
-
chi qizlarning hammasi Uikxem uchun jonlarini fido 
qilishga tayyor edi. Lekin u Lidiyaning borligini ham 
sezmagandi. Lidiya bir necha haftagacha yonib-kuyib 
yurdi-da, keyin sekin-sekin miyasidan chiqarib tash-
ladi va vaqtini unga e’tibor qilayotgan boshqa zobitlar 
bilan o‘tkaza boshladi.
Ushbu mavzuga oid yuqoridagi gaplar, albatta, 
ularning taxminlari, umidlari yoki qo‘rquvlariga hech 
qanday yangilik qo‘shmayotgan edi. Lekin butun yo‘l 
bo‘yi sayohatchilarnig gapi tugamadi. Elizabet bosh-
qa biror narsa to‘g‘risida o‘ylay olmayotgan edi: u o‘zi 
qilgan xatosining jabrini tortayotgan va o‘zini kechira 
olmayotgan edi.
Sayohatchilar juda tezlik bilan harakat qilisha-
yotgan edi. Tunni yo‘lda o‘tkazib, ertasi kuni tushda 
Longbornga yetib kelishdi. Elizabetga taskin berayot-
gan yagona narsa, Jeyn ularning kelishini ko‘p kutib 
qolmaydi, degan fikr edi.


298
Hovliga kirayotib, ular eshik oldida karetaga qarab 
turgan kichik Gardinerlarni ko‘rishdi. Kareta yaqin-
lashganda bolalarning yuzlari yorishib ketdi – ular o‘z 
xursandliklarini yuzlarini ming ohangga solib, sakrab, 
qiyqirishib bildirdilar.
Elizabet karetadan sakrab tushib, bolalarni bir-
ma-bir o‘pdi-da, yugurib ichkariga kirdi. Ichkari-
da onasining xonasidan tushib kelayotgan Jeynni 
uchratdi. Ikkalasining ko‘zlari to‘la yosh edi. Quchoq-
lab ko‘rishishdi va Elizabet opasidan qochoqlardan bi-
rorta yangilik bor-yo‘qligini so‘radi.
– Hali yo‘q, – javob berdi Jeyn. – Lekin mana tog‘a-
miz keldi, endi hammasi joyida bo‘ladi, deb umid qi-
laman.
– Otam Londondami?
– Ha, senga yozgandim, seshanba kuni ketgan.
– Undan xat kelmadimi?
– Bittagina keldi. Chorshanba kuni. Eson-omon ye-
tib kelganini, men undan so‘ragan ishlarni qilganini 
yozib yuboribdi. Yana birorta yozishga arziydigan gap 
chiqmaguncha, xat yozib o‘tirmasligini ham aytibdi.
– Onam-chi? U qalay? O‘zinglar qandaysizlar?
– Onam menimcha biroz o‘ziga kelib qoldi. Asablari 
yomon qaqshagan. Hozir tepada, o‘z xonasida, sizlarni 
ko‘rib, rosa xursand bo‘ladi. Hozircha o‘z xonasidan 
chiqmayapti. Meri bilan Kitti esa, xudoga shukur, yax-
shi yurishibdi.
– O‘zing-chi, o‘zing qanaqasan? Ranging oqarib 
ketibdi. Sen bechoraga rosa qiyin bo‘lgan bo‘lsa kerak.
Jeyn o‘zi sog‘-omonligiga singlisini ishontirdi. 
Opa-singillarning gapi Gardinerlarning bola-chaqalari 
bilan birga kirib kelishlari bilan bo‘lindi. Jeyn ular bi-
lan ham ko‘zlarida yosh bilan jilmayib ko‘rishdi.
Hammalari mehmonxonada to‘planishganda Gar-
dinerlar ham Elizabet so‘ragan savollarni qaytadan 
berishdi va Jeyn ham ularga bor gapni aytib berdi. 


299
Shunga qaramay, Jeyn endi o‘z tabiatiga xos tarzda 
umid qila boshladi: hammasi yaxshilik bilan tugay-
di, otasi yoki Lidiyadan ularning nikohdan o‘tishgani 
aytilgan xat keladi.
Ular mehmonxonada gaplashib bo‘lishganidan 
so‘ng missis Bennetning xonasiga kirishdi. U meh-
monlarni ko‘zlarida yosh bilan o‘zining taqdiridan no-
lib, Uikxemning qilgan qilig‘iga la’natlar aytib, o‘zining 
tortayotgan azoblaridan nolib, qizining yengiltakligi-
ga o‘zi eng ko‘p yo‘l qo‘yib bergan yolg‘iz bir odamdan 
tashqari, hammadan gina qilib, kutib oldi.
– Braytonga hammamiz borishimizga ko‘ndira ol-
ganimda edi, shu gaplar yo‘q edi, – dedi u. – Becho-
ra Lidiyaga g‘amxo‘rlik qiladigan hech kim bo‘lmagan. 
Axir, Forsterlar unga doim ko‘z-quloq bo‘lib turishlari 
kerak edi-ku? Ular juda befarq bo‘lishgan. Agar ular 
yaxshi qarab turishganda edi, mening qizim bun-
day narsalar qiladigan qiz emasdi. Ularga ishonib 
bo‘lmasligini o‘zim ham sezgandim. Lekin har do-
imgidek, men bilan hisoblashishmadi. Bechora bola-
jonim! Endi mister Bennet ham bizni tashlab ketdi, 
bilaman, u Uikxemni topgan zahotiyoq u bilan musht-
lashadi va uni o‘ldirishadi, u holda bizga nima bo‘ladi? 
Uning tanasi sovimay turib, Kollinzlar bizni tashqari-
ga uloqtirishadi! Ukajonim, sen tezroq harakat qilma-
sang, bilmadim, bizlarga nima bo‘ladi?
Hammalari bir bo‘lib uning bunday g‘amgin taxmin-
larini yo‘qqa chiqarishdi. Opasini uni va uning oilasi-
ni juda yaxshi ko‘rishiga ishontirgan mister Gardiner 
ertasi kuniyoq Londonga jo‘nashini va Lidiyani topish 
uchun mister Bennetga yordam berishini aytdi.
– Biz g‘amga botib o‘tirishimiz kerak emas. Lekin 
eng yomoniga ham tayyor turishimiz kerak, – dedi 
mister Gardiner. – Ular Braytondan ketishganiga hali 
bir hafta bo‘lgani yo‘q. Bir necha kun ichida ularni 
topamiz. Uikxem Lidiyaga uylandimi yoki yo‘qligiga 


300
amin bo‘lmagunimizcha, sarosimaga tushmasligimiz 
kerak. Londonga yetib kelishim bilan men mister Ben-
netni Greyschyorch-stritga ko‘chirib kelaman va nima 
qilishimizni yaxshilab kelishib olamiz.
– Oh, ukajonim! – xitob qildi missis Bennet. – Men 
ayni shu gapni kutayotgandim. Iltimos, ularni qayer-
dan bo‘lsa ham toping, agar nikohdan o‘tishmagan 
bo‘lsa, shunday qilingki, ular nikohdan o‘tishsin. To‘y 
liboslari deb buni orqaga surishmasin. Lidiyaga ayting-
lar, erga tekkanidan so‘ng unda xohlagan ko‘ylagini so-
tib olish uchun yetarli puli bo‘ladi. Eng muhimi, mister 
Bennetni duel tushishdan qaytaring. Unga men qanday 
ahvoldaligimni, qo‘rquvdan aqldan ozay deyayotganim-
ni, hamma yog‘im qaqshayotganini, boshim, yura gim 
og‘riyotganidan na kechasi, na kunduzi oromim yo‘qli-
gini ayting. Yana mening jonim Lidiyaga ayting ki, men 
bilan maslahatlashmay turib, nikoh ko‘ylagini buyurtirib 
qo‘ymasin. Chunki qaysi do‘konda yaxshi tikilishini u bil-
maydi. Qanday yaxshisiz-a! Siz, aniq isho naman, mening 
iltimoslarimni unutmaysiz.
Mister Gardiner qo‘lidan keladigan hamma ishni 
qilishga va’da berdi va shu bilan birga, bu haqda kam-
roq o‘ylashni ham maslahat berdi.
Missis Bennet bilan shu tarzda ko‘rishib bo‘lish-
gach, onasini qizlar yo‘qligida unga qarab turadigan 
xizmatchi ayolga qoldirib, hammalari xonadan chiqib 
ketishdi.
Mister va missis Gardinerlar uning bunchalik tarki 
dunyo qilishi uchun yetarli asos yo‘qligini yaxshi tu-
shunishar edi, lekin bu to‘g‘rida gapirib o‘tirishni lozim 
ko‘rishmadi, chunki ovqat mahalida xizmatkorlar oldi-
da ham bemalol bo‘lar-bo‘lmas gaplarni aytib yubori-
shini yaxshi bilishardi. Shuning uchun ular bo‘layot-
gan gap-so‘zlarni hamma bilgandan ko‘ra, chetdan 
bitta, buning ustiga ular ko‘pdan beri taniydigan 
odamgina bilgani yaxshi deb, qo‘ya qolishdi.


301
Yemakxonada ular hali kelishganidan beri ko‘rish-
magani Meri bilan Kittini uchratishdi. Ulardan biri en-
digina kitobdan, boshqasi esa pardoz stolidan boshi-
ni ko‘targan edi. Ikkalasining ham ko‘rinishi beg‘am 
edi. Ikkala qiz ham, agar Kittining hadeb unga ta’na 
qilaverishganidan biroz asabiyroq bo‘lib qolganini hi-
sobga olmasa, deyarli o‘zgarishmagan edi. Meri esa, 
o‘zini tutib turar ekan, Elizabet o‘tirishi bilan uning 
yoniga o‘tirib, ma’yus ovoz bilan dedi:
– Qanday kutilmagan ofat! Rosa gap-so‘z bo‘ladi 
endi! Lekin biz bir-birimizni qo‘llab-quvvatlab, mah-
kam turib berishimiz kerak.
Elizabetning unga javob bermoqchi emasligini 
ko‘rib, gapida davom etdi:
– Lidiya bilan bo‘lgan bu baxtsiz voqeadan biz 
o‘zimizga xulosa chiqarib olishimiz kerak. Bular: qiz 
bola uchun or-nomusini yo‘qotish tuzatib bo‘lmas 
gunoh; uning obro‘si qanchalik toza bo‘lsa, shuncha-
lar nozik; yana, qiz bola o‘ziga munosib bo‘lmagan qa-
rama-qarshi jins vakiliga nisbatan o‘ta ehtiyotkor bo‘la 
olmaydi.
Elizabet singlisiga hayron bo‘lib qarab qo‘ydi, lekin 
biror narsa deyishga hech xoli bo‘lmagani uchun in-
damay qo‘ya qoldi. Meri esa yuqoridagidek odob-axloq 
haqidagi gaplar bilan anchagacha o‘zini ovutib o‘tirdi.
Kechqurunga borib Jeyn va Elizabet yarim soatgi-
na yolg‘iz o‘zlari qolishga erishdilar. Vaqtdan foydala
-
nib, Eliza opasidan o‘zini qiziqtirgan savollarni so‘radi 
va Jeyn ham berilib hamma savollarga batafsil javob 
berdi. Ikkalovi bo‘lib o‘tgan voqeadan kelib chiqadigan 
salbiy oqibatlarga nisbatan o‘z munosabatlarini bildi-
rishgach, Elizabet gapida davom etdi:
– Lekin hali sen menga hamma narsani aytib ber-
ganing yo‘q. Bu voqeaga otamiz qanday munosabat 
bildirdi? Polkovnik Forster nimalarni aytib berdi? Lidi-
ya bilan Uikxem qochib ketishguncha Forsterlar hech 


302
nimani sezishmagan ekanmi? Axir, ularni hamma yo-
qda birga ko‘rishgan-ku!
– Polkovnik Forster ularning, ayniqsa, Lidiyaning 
bir-biriga intilishlarini sezgan. Lekin vahima qilishga 
arzirli hech nimani sezmagan. Uni ko‘rsang, rahming 
kelardi – shunaqa samimiy va ko‘ngilchan inson ekan. 
Qochoqlarning Shotlandiyaga ketmaganliklarini bi-
lishidan oldin ham biznikiga kelmoqchi bo‘lgan ekan. 
Ularning u yerga ketganliklariga shubha tug‘ilgani za-
hoti yetib kelibdi. 
– Denni Uikxemning Lidiyaga uylanmasligiga 
amin ekanmi? Ularning qochmoqchi bo‘lishganini 
bilgan ekanmi? Polkovnik Forster Dennining o‘zini 
ko‘ribdimi?
– Ha. Lekin polkovnik bilan gaplashganda, u 
yoshlarning qochmoqchi bo‘lishganini bilganini ayt-
magan. Ularning nikohdan o‘tmoqchi emasliklari 
to‘g‘risida boshqa gapirmagan va bundan kelib chiqa-
diki, balki uni oldin boshqacha tushungan bo‘lishlari 
mumkin.
– Polkovnik bu yerga kelmaguncha, ular nikohdan 
o‘tishmaydi, degan fikr sizlarning xayolingizga kel
-
madimi?
– Buni o‘ylash esga kelibdimi? Men o‘zim Lidiya 
Uikxem bilan baxtli bo‘larmikan deb, xavotirda edim, 
chunki Uikxemning axloqi juda yaxshi emasligini bi-
lardim-ku! Otam va onam esa hech nimadan shubha 
qilishmadi, faqat bu nikoh juda ham aqldan emasligi
-
ni aytishdi. Birdan, hamma gapdan xabari borligidan 
gerdayib turgan Kitti Lidiya unga yozgan oxirgi xatida 
unga o‘z rejasi haqida gapirganini aytib berdi. U Lidiya 
bilan Uikxemning bir necha haftadan beri bir-birlarini 
yaxshi ko‘rib yurishganini bilar ekan.
– Bu ular Braytonga ketishgandan keyin boshlan-
ganmi?
– Menimcha, shunday bo‘lsa kerak.


303
– Polkovnik Forster Uikxem haqida juda yomon 
fikrdami? U yigitning qandayligini endi bilibdimi?
– Ochig‘i, u Uikxem haqida oldingidek maqtab ga-
pirmadi. U yigitni o‘zini tuta olmaydigan va bor-yo‘g‘ini 
sovuradigan, deb atadi. Bu gaplardan keyin Uik-
xemning Meritonda ko‘pchilikdan qarzdor ekanligi 
ham ma’lum bo‘ldi. Bu gaplar zora yolg‘on bo‘lsa, deb 
umid qilaman.
– Jeyn, opajon, bizga ma’lum bo‘lgan gaplarni 
yashirmasdan hammaga aytib berganimizda, menim-
cha shu ishlarning oldi olingan bo‘lardi.
– Balki yaxshi bo‘lgan bo‘lardi, – dedi Jeyn. – Lekin 
odamning hozir qanaqaligini bilmasdan, uning oldin-
gi xatolarini ochib tashlash, menimcha, adolatsizlik 
bo‘lgan bo‘lardi. Bizning maqsadimiz yomonlik emas-
di-ku!
– Polkovnik Forster Lidiyaning uning xotiniga 
yozgan xati haqida nima dedi?
– U xatni bizga berish uchun olib kelgan ekan.
Jeyn kitob orasidan xatni olib, Elizabetga uzatdi. 
Unda quyidagilar yozilgan edi:

Download 3,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish