Uo‘K: 821. 111-3 kbk: 84(4Ingl)



Download 3,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/43
Sana18.04.2022
Hajmi3,57 Mb.
#559742
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   43
Bog'liq
@BOOKS KITOB ANDISHA VA G\'URUR

XVII bob
Endi o‘z sirini ortiq yashirib turishga Elizabetning 
sabri qolmadi. Ertasi kuni ertalab, opasini har xil gap-
lar bilan biroz tayyorlagach, unga o‘zi bilan mister 
Darsi o‘rtasida bo‘lib o‘tgan gaplarni aytib berdi. Al-
batta, Jeynga tegishli joylar haqida gapirib o‘tirmadi. 
Lekin uning gaplaridan Jeynning hayronligi uzoqqa 
cho‘zilmadi. Chunki uning Elizabet to‘g‘risidagi fikrla
-
ri shunchalik baland ediki, birovning unga nisbatan 
inti lishini tabiiy, deb bilar edi. Biroz o‘tib esa uning 
xayolini boshqa fikr band qildi. Mister Darsining o‘z 
tuyg‘ularini bu yo‘sinda ifoda etgani uni juda ranjit
-
di. Bundan ham qayg‘uga solgan narsa esa singlisi-
ning rad javobidan yigitning xafa bo‘lib qolgan bo‘lishi 
mumkinligi edi.
– Albatta, uning bunchalik o‘ziga ishonib gapir-
gani yaxshi emas, – dedi Jeyn. – Buni juda ochiq 
aytishi kerak emas edi. Lekin sening javobingdan 
juda ruhi tushib ketgan bo‘lsa kerak?
– Nima qilay, o‘zimning ham rahmim kelayapti. 
Lekin uning tabiatidagi boshqa sifatlar meni tezda 
unutishiga yordam beradi. Unga rad javobini ber-
ganim uchun meni ayblamayotgandirsan?
– Seni ayblash?! Albatta yo‘q!
– Uikxemni oqlaganimni-chi?
– Nega oqlashing kerak emas edi?
– Endi ertasi kuni nima bo‘lganini eshitsang, 
negaligini tushunasan.
Elizabet opasiga xatning Uikxem haqidagi joyini 
gapirib berdi. Bitta odamda shuncha illat mujassam-
ligiga Jeynning ishonishi juda qiyin edi. Hatto bu bi-
lan Darsini oqlash ham uni ovuntira olmayotgan edi. 
U zo‘r berib Elizabetni bu yerda boshqa bir tasodif 
bo‘lishi mumkinligiga ishontirishga urinardi.
– Yo‘q, boshqacha bo‘lishi mumkin emas! – e’tiroz 
bildirdi Elizabet. – Ikkalasi ham bir xil tarzda be-


237
gunoh emas. Xohlaganingni tanla, lekin faqat bit
-
tasini. Ikkalasini qo‘shganda faqat bittasigagina ye
-
tadigan yaxshi fazilatlar bor. Oxirgi paytgacha bu 
fazilatlar qaysi biriga tegishliligi menga noaniq edi. 
Lekin hozir, bu fazilatlar hammasi mister Darsiga 
o‘tib ketgandek. Sen esa, xohlaganingni tanlayver.
Jeyn biroz jilmayib javob berguncha, vaqt o‘tdi.
– Hech qachon bunchalik hayratga tushmagan 
edim. Nahotki, Uikxem shunchalik ablah bo‘lsa? 
Hech odam ishongisi kelmaydi. Bechora mister 
Darsi! Lizzi, unga rosa qiyin bo‘lgan bo‘lsa kerak? 
Umidlari yo‘qqa chiqqaniga chidash qanday qiyin! 
Yana o‘zing haqingda shuncha yomon gaplar eshi-
tish! Tug‘ishgan singlisi haqidagi sirlarini birovga 
aytishga majbur bo‘lish! Bechora! Elizabet, sening 
ham rosa rahming kelgandir?
– Yo‘g‘-a! Sen qanchalik achinib ketayotganingni 
ko‘rib, mening achinishlarim qochib ketdi. Daqiqa 
sayin mening mister Darsiga achinishim kamayib 
borayapti – seniki unga yetarli bo‘lishiga ishonchim 
komil. Sening bu saxiyliging menga o‘z tuyg‘ularim-
ni avaylay olish imkonini berayapti, agar yana bi-
roz shunday bo‘lib turib bersang, mening yuragim 
yengilgina bo‘lib qoladi.
– Bechora Uikxem! Ko‘rinishi shunday muloyim – 
qarashlari samimiy, o‘zini tutishlari-chi!
– Xudo bu ikki yigitni yaratayotganda katta xato 
bo‘lgan: biriga hamma yaxshi xislatlarni, ikkinchisi-
ga esa faqat tashqi ko‘rinishnigina bergan.
– Men hech ham mister Darsining tashqi ko‘ri-
nishida yaxshi sifatlar yo‘q, deb ayta olmayman.
– Nima bo‘lganda ham, men unga nisbatan befarq 
bo‘lib, o‘zimning o‘tkir fikrlashim bilan mag‘rurlan
-
ib o‘tiribman. Bunday befarqlik aqlni xezlaydi 
va pi-
ching-kesatiqlar uchun zamin yaratadi. Birorta aqlli 
gap aytmagan holda, to‘xtamasdan gapirish mumkin.


238
– Lizzi, xatni birinchi marta o‘qiganingda, bun-
day o‘ylamagan bo‘lsang kerag-a?
– Ha, albatta. O‘sha paytda nima qilishni bilmay 
qoldim. O‘zimni juda baxtsiz his qildim. Yuragim-
ni ochadigan hech kim yo‘q edi. Yonimda mening 
qadr don opajonim, mening u qadar ichi bo‘m-bo‘sh, 
shuhratparast, kekkaygan emasligimni aytadigan 
opam yo‘q edi. O‘sha paytda yonimda bo‘lib qoli-
shingni shunday xohladimki!
– Mister Darsiga Uikxem haqida gapira turib, be-
korga bunday qattiq gaplarni aytibsan. Aslida, un-
day emas ekan-ku!
– Bo‘lmasa-chi. Qolaversa, haddan ortiq o‘tkir 
ohang soxtalikning natijasidir. Aytgancha, sendan 
so‘ramoqchi edim. Nima deysan, qarindoshlarimiz-
ga Uikxem haqida aytaymi?
Jeyn biroz o‘ylab, dedi:
– Menimcha, buni aytib o‘tirish uchun zarurat 
yo‘q shekilli. Nima deysan?
– Ha, hozircha shart emas. Mister Darsi bu ish-
ni qilishga menga vakolat bergani yo‘q. Aksincha, 
singlisiga oid hamma gaplar faqat men uchun edi. 
Uikxemning hamma kirdikorlarini aytsam, birov 
menga ishonarmidi? Mister Darsi haqida odamlar-
ning fikri shunchalar salbiyki, bu gaplarga o‘lib qol
-
sa ham ishonishmaydi. Bari befoyda. Buning ustiga 
Uikxem ketay-ketay deyapti. Shuning uchun uning 
qanaqaligi odamlarga baribir. Axiri bir kun kelib, 
bu gaplardan hamma xabar topadi. Hozircha hech 
kimga hech narsa demay turamiz.
– To‘ppa-to‘g‘ri. Hamma gapni ochib tashlash Uik-
xemni butunlay yer bilan yakson qilishi mumkin. 
Qayerdan bilamiz, balki u qilgan ishlari uchun achi-
nayotgandir va xatolarini tuzatmoqchidir? Biz uni bu-
tunlay chohga itarib yuborishga haqqimiz yo‘q.


239
Bu suhbatdan so‘ng Elizabet taskin topgandek 
bo‘ldi. U o‘zini ezayotgan ikki narsadan xalos bo‘ldi 
va Jeyn timsolida o‘ziga fikrdosh topdi. Lekin o‘zi-
ning nihoyatda ehtiyotkorligi sabab, opasidan ba’zi 
narsalarni yashirdi. U Jeynga Darsining xatidagi 
mister Binglining opasiga munosabatlari qanchalik 
jiddiy bo‘lgani to‘g‘risidagi joylarini aytmadi. Eliza-
bet bu gaplarni hech kimga ocha olmasdi. U Jeyn 
bilan Bingli o‘rtasidagi munosabatlar yana davom 
etgan taqdirdagina bu gapni ochishi mumkinligini 
juda yaxshi tushunar edi. «Ana o‘shanda, – derdi u 
o‘ziga o‘zi, – rostdan agar shunday bo‘ladigan bo‘lsa, 
mister Binglining o‘zi mendan ham yaxshiroq qilib 
aytgan narsalarni aytib berardim. Shuning uchun 
men bu sirni u o‘zining qimmatini yo‘qotmaguncha 
saqlashga majburman».
Elizabet opasining qalbi naqadar azobdaligini 
juda yaxshi tushunardi: Jeyn baxtsiz edi. Uning hali 
ham Binglida ko‘ngli bor edi: qizning bu tuyg‘ulari-
ga birinchi sevgiga xos hissiyotlar bilan odatda 
uning yoshiga munosib sodiqlik tuyg‘ulari qorishib 
ketgandi.
– Lizzi, Jeyn bilan bo‘lib o‘tgan ishlarga sen nima 
deysan? – bir kuni so‘radi missis Bennet. – Menga 
qolsa, endi ularning nomini ham tilga olmayman. 
Yaqinda missis Filipsga ham shunday dedim. Shu 
paytgacha anig‘ini bila olmadim: ular Londonda 
bir-birlarini ko‘rishdimi? Qanaqa odam ekan o‘zi? 
Menimcha, endi undan hech qanday umid yo‘q. Bu 
yerlarga yozda qaytib kelishi to‘g‘risida hech qan-
day gap ham yo‘q. Men bu haqda bilishi mumkin 
bo‘lgan odamlarning hammasidan so‘rab chiqdim.
– U endi Nezerfildga qaytib kelmasa kerak, deb 
o‘ylayman.
– Battar bo‘lsin! Bilganini qilsin! Uning bu yerda 
hech kimga keragi ham yo‘q! Mening qizimga nis-


240
batan pastkashlik qilganini hammaga aytaman. 
Jeynning o‘rnida bo‘lsam, bunday alamni ko‘tara 
olmasdim. Men o‘z-o‘zimni, Jeyn g‘amdan o‘lib qo-
ladigan bo‘lsa, mister Bingli nima qilib qo‘yganidan 
azobda qoladi, degan xayol bilan ovutib yuribman.
Elizabet o‘z-o‘zini yupatishning bu yo‘lini o‘ziga 
ep ko‘rmay, indamay qo‘ya qoldi.
– Xo‘sh, Lizzi, – biroz sukutdan so‘ng davom etdi 
missis Bennet, – Kollinzlar rostdan ham yaxshi ya-
shashar ekanmi? Ishqilib, bu uzoqroq davom et-
sin. Yeyish-ichishlari qanaqa ekan? Sharlotta yo-
mon uy bekasi bo‘lmagan bo‘lsa kerak. Agar onasi 
bo‘lganchalikning yarmicha uddaburon bo‘lsa ham, 
Sharlotta u-bu yig‘ishning ham uddasidan chiqishi 
mumkin. Ular ro‘zg‘orga ko‘p ketkizishmas ekanmi?
– Ha, ko‘p emas.
– Ro‘zg‘or tutishda bu juda muhim. Ha. Ayniq-
sa, Sharlotta boriga qanoat qilib yashashga harakat 
qilishi kerak. Nochorlik ularga tahdid qilmayotgan 
bo‘lsa-da. Mister Bennet vafot etgandan so‘ng Long
-
born ularniki bo‘lishini o‘ylab, maza qilishayot-
ganini tasavvur qilayapman. Allaqachon o‘zlariniki 
bo‘ldi, deb o‘ylashayotgandir?
– Mening oldimda bunday gaplar bo‘lgani yo‘q.
– Bo‘lmasa-chi! Endi shunisi qolgan edi! Lekin 
aniq bilaman: o‘zlari faqat shuni gapirishsa kerak. Bi
-
rovning yer-mulkini indamay tortib olishdan uyalish-
mas ekan, nima ham qilardik. Men erim tomondan 
meros qilib biror narsa olishga uyalgan bo‘lardim!

Download 3,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish