«Azizam Lizzi, bu kutilmagan va jiddiy hodisa yuz
berganda xatning boshini yozib qo‘ygan edim. Lekin
qo‘rqib ketma – biz hammamiz sog‘miz. Senga ayt-
moqchi bo‘layotgan yangiligim bechora Lidiya haqida.
Kecha kechasi, biz endigina uyquga yotay degan payt-
da Londondan polkovnik Forster xat berib jo‘natgan
chopar kelib qoldi. Xatda yozilishicha, Lidiya zobitlar-
dan biri... qisqasi Uikxem bilan Shotlandiya ga ketib
qolibdi! Bizning ahvolimizni ko‘z oldingga keltiraver.
Lekin bu gap Kitti uchun kutilmagan yangilik bo‘lmadi.
Men o‘zimda yo‘q xafaman. Ikkalasi uchun ham to‘g‘ri
kelmaydigan nikoh! Men juda yomon tomonini o‘ylagim
kelmayapti, balki bu bechora yigit haqida odamlar
aytgan gaplar yolg‘ondir! Uning o‘ylamay ish qilishi
va yengiltabiat ekanligiga ishonaman. Lekin bu qilig‘i
uchun uni yomonotliqqa chiqarish mumkin emas. Chun-
ki juda bo‘lmaganda, uning bu qilig‘ida o‘z manfaatini
o‘ylash yo‘q – otamiz unga hech vaqo bera olmasligi-
285
ni juda yaxshi biladi-ku! Bechora onam nima qilishni
bilmayapti. Otamiz biroz tuzuk. Yaxshiyam, Uikxem
to‘g‘risida eshitganlarimizni ularga aytmagan ekan-
miz! U gaplarni endi o‘zimiz ham esdan chiqarib yubori-
shimiz kerak. Taxmin qilishlaricha, ular shanba kuni
yarim kechasi ketishgan, ularning yo‘qligini esa kecha
ertalab soat sakkizda bilib qolishgan. O‘sha zahotiyoq
chopar yuborilgan. Lizzi, azizam, ular uyimizdan ati-
gi o‘n mil naridan o‘tib ketishgan! Xatiga qaraganda,
polkovnik Forster yaqin orada bu yerda bo‘lsa kerak,
deb umid qilyapmiz. Lidiya o‘zlarining rejalari haqida
qisqagina xat yozib polkovnikning xotinida qoldiribdi.
Boshqa yoza olmayman – onam bechorani yolg‘iz qoldi-
rib bo‘lmayapti. Senga hammasini tushunib olish qiyin
bo‘lsa kerak – nimalar yozganimni o‘zim ham tushun-
mayapman».
Hech narsani o‘ylab o‘tirmay, Elizabet birinchi xat-
ni o‘qib bo‘lishi bilan ikkinchisini ochib, quyidagilarni
o‘qidi (bu xat oldingisidan bir kun o‘tib yozilgandi):
«Aziz singlim, bu paytga kelib men kecha shoshi-
linchda yozib yuborgan xatimni olgan bo‘lsang kerak.
Bu xatim tushunarliroq bo‘lishiga harakat qilaman, le-
kin boshimda ming xil xayol borligidan buning uddasi-
dan chiqamanmi yoki yo‘qmi, bilmadim. Lizzi, azizam,
qanday yozishni bilmayapman, lekin bu yerda yo-
mon gaplar ham bor va men senga ularni yetkazishim
shart. Mister Uikxem bilan bechora Lidiyamizning ni-
kohi o‘xshamagan narsa bo‘lsa ham, ayni paytda biz
bu nikohning bo‘lishiga ishonishni xohlardik. Chunki
ular Shotlandiyaga umuman bormagan, degan gaplar
yuribdi. Chopar kelib ketganidan bir necha soat o‘tib,
biznikiga polkovnik Forsterning o‘zi keldi. Lidiyaning
missis Forsterga yozib yuborgan xatiga qaraganda
ular Gretna-Gringa ketishgan bo‘lishi kerak edi. Lekin
mister Denni kimgadir Uikxemning umuman Lidiya-
286
ga uylanish niyati bo‘lmaganini aytgan ekan. Bu gap
polkovnik Fors terga yetib kelgan va u o‘sha zahoti vahi-
ma qilib, ularning qayoqqa yo‘l olganlarini bilish uchun
Braytondan jo‘nab ketgan. U yoshlarning izidan Klep-
xemgacha to‘g‘ri borgan, lekin u yerda izini yo‘qotgan.
Chunki ular shu yerda karetadan tushib, izvoshchi yol-
Do'stlaringiz bilan baham: |