Uglerod bilan oksidlantirish. Uglerod oksidlarning kislorodi bi lan asosan elektrod erigan paytida va faqat payvandlash vanna- sining eng yuqori haroratlari zonasidagina o‘zaro ta’sir etishadi. Marganets hamda kremniy bilan oksidsizlantirish jarayoni esa nisbatan ancha past haroratda hamda chok metali kristallasha boshlaguniga qadar o‘tadi.
Uglerod bilan quyidagi reaksiya bo‘yicha oksidsizlantiriladi: [FeO]+[C]=CO↑+[Fe]
Hosil bo‘lgan gazsimon uglerod oksidi (CO) suyuq metalda erimaydi va atmosferaga ajralib chiqib, payvandlash vannasining qattiq qaynay boshlashiga sabab bo‘ladi. Shuning uchun ham kis lotali qoplamlar ba’zan qaynaydigan qoplamlar deb ham ataladi. Chok metalida kremniy yetarli bo‘lmasa, oksidsizlantirish ja rayoni asosan uglerod hisobiga ro‘y berishi mumkin. Bu holda CO hosil bo‘ladi. Uning ortiqchasi qotayotgan metaldan bata mom ajralib chiqishga ulgurmaydi va unda qolib, gaz g‘ovaklar hosil qiladi. G‘ovaksiz zich chok hosil qilish uchun payvandlash vannasi metalidagi kremniy miqdorini 0,2—0,3% gacha oshirib, uglerodning oksidlanish reaksiyasini susaytirish kerak. Chok metali tarkibidagi kremniy miqdorini 0,12% va bundan ham ka
maytirganda albatta ko‘pdan ko‘p g‘ovaklar hosil bo‘ladi.
Aluminiy bilan oksidlantirish. Po‘latni payvandlashda aluminiy bilan oksidsizlantirish kamdan kam hollarda qo‘llaniladi. Yuqori da aluminiy kislorod bilan juda yaxshi birikishi haqida aytib o‘til gan edi. Lekin aluminiy oksidi (Al2O3) suyuq metalda erimaydi va shlakka sekin o‘tadi. Bundan tashqari, aluminiy uglerodning oksidlanishiga yordam beradi, natijada chok g‘ovakli bo‘ladi. Shu- ning uchun ham po‘latni payvandlashda aluminiy chok metaliga boshqa oson oksidlanadigan, lekin aluminiyga qaraganda kislo rod bilan yomonroq birikadigan elementlar, masalan, titanning oksidlanishini kamaytirish zarur bo‘lgan hollardagina oksidsiz- lantirgich sifatida qo‘shiladi.
Azotning ta’siri. Erigan metall azotni atrofdagi havodan tortib oladi. Payvandlash yoyining yuksak harorati ta’sirida azot qisman atomlar holatiga o‘tadi va suyuq metalda eriydi.
Payvandlash vannasi sovishi jarayonida eritmadan azot ajra- lib chiqadi va metall hamda uning oksidlari bilan o‘zaro ta’sir etishib, nitridlar deb ataladigan kimyoviy birikmalar, chunonchi Fe2N, Fe4N, MnN, SiN hosil qiladi. Po‘latdagi nitridlar uning mustahkamligi va qattiqligini oshiradi, ammo plastikligini juda ham pasaytirib yuboradi (2.2.2-rasm). Shuning uchun ham azot eritib qoplangan metaldagi zararli aralashma hisoblanadi.
Joul/sm2 % oq; m·10, MPa
zm
oq
z
Do'stlaringiz bilan baham: |