O2
2.2.2-rasm. Azot chok metalli xossalariga ta’siri:
z
oq
– zarbiy qovushoqlik, δ – nisbiy uzayish,
va
m– oquvchanlik va
mustahkamlik chegaralari.
Uzun yoy va yalang elektrodlar bilan yoy vositasida payvand lashda metall, ayniqsa, azotga ko‘p (0,2% gacha), flus ostida pay
vandlashda esa eng oz (0,002%) to‘yinadi. Qoplamli elektrod lar bilan payvandlaganda chok metali tarkibidagi azot miqdori 0,002—0,05% gacha yetadi. Tok ortishi bilan eritib yopishtiriladi gan metaldagi azot miqdori kamayadi. Eritiladigan sim tarkibidagi uglerod va, ayniqsa, marganets miqdorini oshirish yoki elektrodni qoplam bilan qoplash eritib yopishtiriladigan metall tarkibidagi azot miqdorini ancha kamaytiradi.
Vodorodning ta’siri. Vodorod po‘lat tarkibidagi zararli aralash madir. Yoy haroratida vodorod molekulalari atomlarga parcha lanadi (dissotsiyalanadi), vodorod atomlari esa eritilgan metalda yaxshi eriydi.
Metall soviganida va qotganida vodorod atomlari yana moleku lalar hosil qiladi. Molekulalar chokning ayrim joylarida to‘planib, gaz pufakchalari hosil qiladi. Vodorod hamma vaqt to‘la ajralib ulgurmaydi va metalning g‘ovaklashishiga, mayda darzlar hamda flokenlar hosil bo‘lishiga olib keladi. Flokenlari bor po‘lat mo‘rt bo‘ladi, singan joyda flokenlar yorug‘ dog‘lar ko‘rinishida bo‘ladi. Ular payvand choklarni kontrol qilishning odatdagi usullarida sezilmaydi. Faqat sindirib ko‘rgandagina aniqlanishi mumkin.
Elektrod qoplami, flus hamda atrofdagi havo tarkibida bo‘lgan yoki payvandlanadigan metall yuzasidagi suv, qor, qirov ko‘rini_ shidagi nam metalning vodorod bilan to‘yinish manbayi bo‘la di. Bundan tashqari vodorod payvand sim yoki metall chetlarida bo‘ladigan zang tarkibida ham bo‘ladi. Teskari qutbli o‘zgarmas tokda payvandlashda metall vodorodga juda oz, o‘zgaruvchan tokda payvandlashda esa juda ko‘p to‘yinadi. Bunga sabab shuki, o‘zgaruvchan tokda payvandlashda tok nolinchi qiymatdan o‘ta- yotgan payt suyuq metall yoyning elektr maydoni ta’siridan mu hofazalanmagan bo‘ladi va unda manfiy elektr zaryadlarini olib o‘tayotgan vodorod atomlari eriydi.
Payvandlashda metall vodorodga to‘yinmasligi uchun quyi_ dagilarni bajarish zarur:
Qoplam hamda fluslarda, chok atrofidagi atmosfera va metall chetlari tarkibida nam juda kam bo‘lishini ta’minlash ke- rak. Shu maqsadda payvandlashda ishlatiladigan elektrodlarni obdon qizdirib quritish zarur. Elektrodlar quruq joyda saqlani- shi kerak. Namlanib qolgudek bo‘lsa, payvandchiga berishdan oldin yana qizdirish kerak. Payvandchilar ochiq havoda ishlagan da elektrodlarni saqlash uchun germetik yopiladigan g‘iloflardan
foydalanganlari ma’qul. Yomg‘ir va qorda ishlaganda payvandlash joylariga nam tushmasligi uchun brezent, fanera va boshqa mate riallardan palatkalar yasab, muhofazalash zarur.
Payvandlashdan oldin metalning payvandlanadigan chetlarini yaxshilab artish va quritish zarur. Trubalarni payvandlashda ular- ning og‘izlarini yog‘och probkalar bilan berkitib, nam havoning truba ichida aylanib yurishiga va uning trubadan chokka surili- shiga yo‘l qo‘ymaslik kerak.
Zanglamagan sim ishlatish va payvandlanadigan metall chetlaridagi zangni qirib tashlash zarur.
Flus ostida avtomatik payvandlashda bir necha marta o‘tib hosil qilinadigan choklar ishlashdan qochish kerak. Chunki ke_ yingi qatlamlarni hosil qilishda undagi erigan metall oldingi qat lamlarni vodorodga to‘yintiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |