14.15-rasm. Radioskopiya chizmasi:
1 – rentgen apparati; 2 – payvand birikma; 3 – elektronoptik o‘zgartirgich; 4 – o‘tish optikasi; 5 – telekamera; 6 – boshqarish pulti; 7 – televizor.
Radiometriya ionlashgan nurlanish bilan buyumni nurlash asosida ishlab chiqilgan (14.16-rasm). Detektor sifatida gaz zar- yadsizlanish o‘lchagichi qo‘llaniladi. Obyekt ingichka nur bilan nurlanadi. Agar buyumda nuqson bo‘lsa, registratsion qurilma nurlanish intensivligi o‘zgarganligini ko‘rsatadi.
Radiometriyaning afzalliklari: yuqori sezuvchanlik (radiografik usulga nisbatan katta), yuqori ishlab chiqaruvchanlik, harakatdagi buyumni tutashishsiz sifat nazoratini olish imkoni borligi.
14.16-rasm. Radiometriya chizmasi:
1 – nurlanish manbayi; 2 – nazorat qiluvchi obyekt; 3 – detektor; 4 – kuchaytirgich; 5 – ro‘yxatga oluvchi qurilma; 6 – nuqson.
Ultratovush defektoskopiya
Bu usul chastotasi 20000 Ãö ga yaqin bo‘lgan yuqori chastotali tebranishlarning metall ichiga o‘tish va nuqsonlar sirtidan qay- tish xossasiga asoslangan. Qaytgan ultratovush to‘lqinlari to‘g‘ri tebranishdagi kabi tezlikka ega bo‘ladi. Ularning bu xossasi ultra- tovush defektoskopiyasida katta ahamiyatga egadir.
Defektoskopiya maqsadlari uchun ultratovush tebranishlari- ning torgina yo‘naltirilgan dastasi kvars yoki bariy titanat (pezo- datchik)ning pezoelektrik plastinalari yordamida olinadi. Elektr maydoniga joylashtirilgan bu kristallar teskari pezoelektrik ef- fekt beradi, ya’ni elektr tebranishlarni mexanik tebranishlarga ay- lantiradi. Shunday qilib, pezokristallar yuqori chastotali (0,8—2,5 MGts) o‘zgaruvchan tok ta’siri ostida ultratovush tebranishlari manbayi bo‘lib qoladi va nisbatan qilinadigan detalga yo‘naltiri- ladigan ultratovush to‘lqinlari dastasini hosil qiladi.
Qaytgan ultratovush tebranishlari qidirgich (shchup) bilan tutib olinadi va u elektr impulslariga aylantiriladi. Qaytgan elektr tebranishlari kuchaytirgich orqali ossillografga uzatiladi va elek- tron trubkaning ekranida nurni og‘diradi.
Signalni jo‘natish va qabul qilish vaqti bo‘yicha, nafaqat nuqson mavjudligi, balki nuqson yotgan chuqurligini aniqlash mumkin.
Pezokristall maxsus o‘zgartirgichga joylashtiriladi. Pezoo‘zgartirgichlar, to‘lqinni perpendikular yuzada yo‘na-
lishga tushirish uchun mo‘ljallangan pezoo‘zgartirgichlar normal yoki to‘g‘ri deb ataladi, hamda burchak ostida yo‘naltirish uchun
prizmatik deb ataladi. Pezoo‘zgartirgichlar alohida, birlashtiril- gan, yoki alohida-birlashtirilgan sxemalar bo‘yicha ulanadi. Alohida-birlashtirilgan sxemada bitta korpusda ekran yordamida bir-biridan ajralgan holda ikkita pezoo‘zgartirgich joylashtiriladi (14.17-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |