13.4-rasm. Qo‘shtavr balkalarning uchma-uch ulangan payvand joylari
(a) va choklarni payvandlashda balkalarning ketma-ket holatlari sxemasi (b).
Sidirg‘a devorli payvand balkalar va ustunlar avvalo bikrlik qobirg‘asisiz yig‘iladi. 13.4-rasm, b da 1, 2, 3 va 4 raqamlari bi- lan balka choklarini payvandlash tartibi ko‘rsatilgan. I, II, III va IV holatlardan o‘tishda balka dumalatgich bilan 90° ga buriladi.
Galdagi har qaysi chok avvalgisiga teskari yo‘nalishda payvand- lanadi. Bikrlik qobirg‘alari yoy yordamida dastaki yoki yarim avtomatik usulda ikkita payvandchi bir yo‘la ikkala tomondan balkaning o‘rtasidan chetlari tomon payvandlaydi.
Balkalarni montaj qilishda birinchi navbatda uchma-uch joy- larini, shundan keyingina valikli choklarni payvandlash kerak. Prokat qilingan balkalarning montajda uchma-uch ulanadigan joylarini payvandlash tartibi 13.5-rasm, a da ko‘rsatilgan.
13.5-rasm. Balkalarning uchma-uch ulanadigan joylarini montajda payvandlash tartibi:
a – prokat qilingan; b – va d – payvand qilingan.
Avvalo vertikal chok 1, so‘ngra chok 2 va 3 lar payvandlana- di. Tunuka chok 2 va 3 lari bir vertikal tekislikda (9.5-rasm, b) yoki bir-biriga nisbatan surilgan (9.5-rasm, b) bo‘lishi mumkin.
Dastlab vertikal devor choki 1, so‘ngra list chok 2 va 3 lari pay- vandlanadi. Bo‘ylama choklar, odatda, balka uchlariga 400—500 mm yotqizilmaydi va montaj joyida choklar 4 bilan tugallanadi. Bu choklar oxirgi navbatda payvandlanadi.
13.6-rasm. Trubkasimon konstruksiyalarning uchma-uch birikmalari turlari.
Qurilish amaliyotida ustunlar, kolonnalar, tayanchlar va shun- ga o‘xshash boshqa konstruksiyalarni tayyorlash uchun asosiy ele- mentlar tariqasida ba’zan trubalardan foydalaniladi. Diametri 300
mm gacha bo‘lgan trubalarni tugashtirishda chok hamda butun konstruksiyaning mustahkamligini oshiradigan qo‘shimcha de- tallar ishlatiladi (9.6-rasm).
Qoldiriladigan taglik halqada uchma-uch biriktirilgan choklar puxta bo‘ladi (9.6-rasm, a). Bunday biriktirishda tirqish bir xil- da bo‘lishi hamda chetlar va taglik halqa to‘la payvandlanishi uchun qirralarini to‘mtoqlash lozim. Yon tomoniga tunuka qis- tirma qo‘yib uchma-uch tutashtiriladigan choklar tavsiya etila- di (12.6-rasm, b va d). Quvurlar yon tomon tunukaga burchak chok yordamida payvandlanadi (12.6-rasm, d), mas’uliyatliroq uzellarda esa truba devori butun qalinligi baravari eritib pay- vandlanadi (12.6-rasm, b). Bunda chok ancha puxta chiqadi. Montajda, ya’ni quvur uchlarini bir-biriga aniq to‘g‘rilash qi- yin bo‘lgan sharoitlarda payvandlashda muftalar (12.6-rasm, e) ishlatiladi. Shakldor kesikli muftalardan (12.6-rasm, f) diametri 250 mm dan ortiq quvurlarni payvandlashdagina foydalaniladi. Polosalar (12.6-rasm, g) hamda burchakliklar (12.6-rasm, h) vo- sitasida biriktirishda mustahkamligi kamayishi tufayli bu usul tavsiya etilmaydi.
Quvur uzatmalar ishlab chiqish texnologiyasi
Payvandlash usulidan foydalanib quriladigan quvur uzatma- larni shartli suratda quyidagi ikkita guruhga bo‘lish mumkin: tunuka po‘latdan payvandlanadigan quvur uzatmalar va tayyor quvurlardan payvandlanadigan quvur uzatmalar.
Birinchi guruh quvur uzatmalarni payvandlash ko‘p jihatdan tunukadan rezervuar konstruksiyalarini payvandlashga o‘xshash- dir. Bu quvur uzatmalar oldindan tunukalardan juvalangan obechaykalardan bo‘ylama va ko‘ndalang choklab payvandlanadi. Agar bunday quvur uzatmalar 0,07 MPa dan oshmaydigan bosim ostida ishlasa, ular Davlat texnik nazorati tartib-qoidalariga rioya qilmasdan ishlanishi ham mumkin. Ba’zan gaz quvur bikrligini oshirish uchun uning tashqi tomoniga burchak, tavr yoki shveller temiridan qobirg‘alar payvandlanadi.
Tayyor quvurlardan payvandlanadigan ikkinchi guruh quvur uzatmalar bug‘, gaz, suv va har xil suyuqliklar uchun ishlatiladi. Ular, odatda, yuqori bosim ostida ishlaydi. Neft-kimyo quril- malarining quvur uzatmalaridagi ish bosimi 50–70 MPa gacha boradi. Magistral quvur uzatmalarida bosim 6–7 MPa ni tashkil
etadi. Bunday quvur uzatmalarda ko‘ndalang choklarnigina uch- ma-uch payvandlashga to‘g‘ri keladi.
Hozirda payvand quvurlarni avtomatik payvandlash usulidan foydalanib tunuka prokatdan tayyorlash yangi usullari joriy etil- gan. Magistral gaz quvurlari uchun payvand quvurlar 2500 mm gacha diametrda tayyorlanadi. Diametri 720 mm gacha bo‘lgan yupqa devorli quvurlar tasmadan kontaktli payvandlash usulida ishlanadi. Diametri 200 mm gacha quvurlar yuksak chastota va radiochastotadagi toklar bilan payvandlanadi. Spiralsimon chokli yupqa devorli quvurlar ham tayyorlanadi. Bunday hollarda po‘lat tasma rulondan maxsus stend yordamida uzluksiz suratda quvur qilib o‘rab turiladi va spiral bo‘yicha flus ostida avtomatik pay- vandlanadi.
0,1 MPa dan ortiq bosim ostida ishlaydigan bug‘ va qaynoq suv quvur uzatmalar (harorati 120°C dan ortiq) Davlat texnik na- zorati tartib-qoidalariga rioya qilgan holda imtihonlardan o‘tgan hamda bosim ostida ishlaydigan quvur uzatmalarni payvandlash huquqi haqida guvohnomasi bo‘lgan payvandchilar tomonidan payvandlanadi.
Payvandlash yo‘nalishi
Quvur uzatmalarni yotqizishda quvurlarni uchma-uch pay- vandlab tutashtiriladigan joylari aylanadigan, aylanmaydigan va gorizontal vaziyatda bo‘lishi mumkin (13.7-rasm).
Quvurlarning aylanishi
Payvandlash yo‘nalishi
13.7-rasm. Quvurlarning payvandlanadigan birikma yuzalari:
a – buriladigan; b – burilmaydigan; d – gorizontal.
Yig‘ishdan va payvandlashdan oldin quvurlarni yotqizishda amal qilinadigan loyihaga va texnik shartlarga ularning mosli- gi tekshirib ko‘riladi. Asosiy loyihaviy va texnik talablar quyi- dagilardir: quvurga sertifikat bo‘lishi; quvur ellips shaklida bo‘lmasligi; quvurlarning devorlari har xil bo‘lmasligi; quvur metalining kimyoviy tarkibi va mexanik xossalari texnik shart- larda yoki ÃÎCÒlarda ko‘rsatilgan talablarga mos kelishi kerak. Quvurlarning tutashadigan joylarini payvandlash uchun tayyorlashda quvurning kesilish tekisligining uning o‘qiga per- pendikularligi, chokni ochish burchagi va to‘mtoq joyining kat- taligi tekshirib ko‘riladi. Yupqa devorli (devorining qalinligi ko‘pi bilan 5 mm) quvurlar chetlari qiyalanmasdan payvandlanadi. De- vori 5 mm dan qalin bo‘lganda chokni ochish burchagi 60—70°, to‘mtoq joyining kattaligi esa 2—2,5 mm bo‘lishi kerak. Quvur- larning yon tomonlarida faskalar mexanik usulda, gaz bilan ke- sib yoki ishlanadigan qirralarning shakli, o‘lchamlari va sifatini
ta’minlaydigan boshqa usullar bilan olinadi.
Payvandlashga yig‘ishda quvurlar og‘zi surilish chegarasi 13.1-jadvalda ko‘rsatilgan.
13.1jadval
-
Devorining qalinligi, mm
|
6
|
8
|
9–10
|
12 va undan ortiq
|
Surilish ko‘pi bilan, mm
|
1,0
|
1,5
|
2,0
|
2,5
|
Payvandlanadigan quvurlar devori qalinligining har xilligi 10 foizdan oshmasligi, lekin ko‘pi bilan 3 mm bo‘lishi kerak. Quvur- larni uchma-uch ulashda payvandlanadigan elementlarining o‘za- ro biriktiriladigan qirralari orasidagi tirqishning bir tekisda, 2—3 mm bo‘lishi ta’minlanishi zarur.
Yig‘ish oldidan uchma-uch ulanadigan quvurlarning qirralari, shuningdek, unga yondosh ichki va sirtqi sirtlar 15—20 mm uzun- likda moy, kuyindi, zang va iflosdan tozalanishi lozim.
Payvand chokning tarkibiy qismi bo‘lgan uchma-uch ulana- digan quvurlarni o‘zaro ilashtirib olish ham asosiy payvandchi tomonidan aynan o‘sha elektrodlar bilan bajariladi.
Diametri 300 mm gacha bo‘lgan quvurlarni payvandlashda ilashtirib olish aylana bo‘ylab bir xil masofada 4 joyda, balandligi 3—4 mm va har qaysisining uzunligi 50 mm bo‘lgan chok bilan bajariladi. Diametri 300 mm dan ortiq bo‘lgan quvurlarni pay-
vandlashda ular aylana bo‘ylab bir xil masofada har 250—300 mm dan keyin ilashtirib olinadi.
Quvur uzatmalarni montaj qilishda ulanadigan joylarni iloji boricha ko‘proq burilgan vaziyatda payvandlashga intilish lozim. Devorining qalinligi 12 mm bo‘lgan quvurlar uch qatlam chok bilan payvandlanadi. Birinchi qatlam chok tubining erishini va qirralarning o‘zaro yaxshi erib yopishishini ta’minlaydi. Buning uchun suyuqlangan metall quvurning ichida balandligi 1—1,5 mm bo‘lgan, butun aylana bo‘ylab bir tekis joylashgan nozik valik hosil qilishiga erishish zarur. Erigan joyda pitrlar hosil bo‘lmasligi uchun elektrod qaytarma-ilgarilama harakat qildirilishi, bunda elektrod payvandlash vannasida juda oz vaqt tutib turilishi, qir- ralar orasida ko‘ndalangiga biroz tebranib turishi va bunda qirra qiyaligi burchagining uchida kichik teshik ochishi lozim. Bu te- shik asosiy metalning yoy ta’sirida suyuqlanishidan hosil bo‘ladi. Uning o‘lchami quvurlar orasida o‘rnatilgan tirqishdan 1—2 mm ga katta bo‘lmasligi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |