Metall elektrod bilan yoyli dastakli payvandlash teskari qutbli o‘zgarmas tokda qisqa yoy bilan bajariladi. Payvandlash uchun ÍÈÊ–2 elektrodlari ishlatiladi. Payvandlash vaqtida elektrodning uchi biroz ilgarilama-qaytarma harakat qildiriladi. Elektrodni al-
mashtirishda yoki yoy tasodifan uzilib qolganida uni kraterdan 5—6 mm ketinga chetlatib (bundan oldin chokni shlakdan toza- lab) yoqiladi. Oldingi payvand birikma sovib, chok shlak qatlam- lari va sachrandilardan yaxshilab tozalanganidan keyin navbatda- gi payvand qatlamini hosil qilishga kirishiladi.
Agressiv muhit tomonida turadigan payvand choklar eng keyin payvandlanadi, bunda ularning krateri pastda joylashgan qatlam- larning kraterlariga mos tushmasligi kerak.
Payvandlash qisqa yoyda teskari qutbli o‘zgarmas tok bilan ba- jariladi.
Qo‘lda argon-yoy bilan payvandlash. Nikel va uning qotishma- lari erimaydigan volfram elektrodlar bilan to‘g‘ri qutbli o‘zgarmas tokda payvandlanadi. Metall chokida g‘ovaklar hosil bo‘lmasligi uchun argonga vodorod qo‘shiladi. Sim tarkibiga niobiy, aluminiy va kremniy qo‘shib ham metall chokida g‘ovaklar hosil bo‘lishi- ning oldini olish mumkin; ular gazlarni o‘zaro bog‘laydi.
O‘z-o‘zini tekshirish uchun savollar:
Aluminiy, nikel, titanni payvandlashdagi qiyinchiliklar nima lardan iborat?
Mis, aluminiy va titanni payvandlashda g‘ovaklar hosil bo‘li shining qanday sabablari bor?
Misni qanday usullar bilan payvandlash mumkin?
Mis oksidlari va chala oksidlar uning payvandlanuvchanligiga qanday ta’sir qiladi?
BOB. PAYVAND KONSTRUKSIYALARNI ISHLAB CHIQARISH TEXNOLOGIYASI
Payvand konstruksiyalar tasnifi
Payvand konstruksiyalarning har xil konstruktiv shakllari yago- na talab bo‘yicha klassifikatsiyalash qiyinchilik tug‘diradi. Ularni maqsadli qo‘llash bo‘yicha klassifikatsiya qilish mumkin (vagon, paroxod, aviatsiya va boshqalar bo‘yicha), payvandlanayotgan ele- mentlarning qalinligiga nisbatan (yupqa devorli va qalin devorli), ashyo bo‘yicha (po‘lat, alumin, titan va boshqalar), tanovarlar olish usuli bo‘yicha (tunukali, yon-tomonli, payvand-quyilgan, payvand-bolg‘alangan va payvand-shtamplangan). Namunaviy texnologik jarayonlarni tashkil etish uchun, ishlatish kuchlanishi xususiyati va konstruktiv shakliga nisbatan olinsa maqsadga mu- vofiq bo‘ladi. Bu qiymatlar bo‘yicha panjarali payvand konstruk- siyalar, balkalar, qobig‘lar, transport korpusi konstruksiyalari va mashina detallari va qurilmalari olinadi.
Panjarali konstruksiya – bu yon tomonli prokatlar yoki quvur- larning o‘zaklar tizimi. Bu konstruksiyalar shunday biriktiriladiki, bunda o‘zaklar cho‘zilish yoki siqilishga, ayrim hollarda bo‘ylama egilishga sinaladi. Bularga fermalar, machtalar, ustunlar, armatu- rali panjaralar va karkaslar kiradi.
Balkalar deb asosan ko‘ndalang egilishga ishlaydigan tavrli, qo‘shtavrli, qutili yoki boshqa xil kesimli konstruksiyalarga ay- tiladi. Ularga ko‘ndalang va bo‘ylama ko‘prik kranlarning bal- kalari, kran osti yo‘li balkalari, qurilish ustunlari va boshqalar kiradi. Qutili konstruksiyalar ikki turga bo‘linadi: ortiqcha bo- simda ishlovchi (sig‘imlar, idishlar va quvurlar) va o‘zgaruvchi kuchlanishda ishlovchi va yuqori haroratda ishlovchi (sement o‘chog‘larining aylanuvchi korpuslari, quvur tegirmonlari va ho- kazolar).
Transport korpusli konstruksiyalar dinamik kuchlanishda ish- laydi. Ulardan minimal og‘irlikda yuqori qattiqlik talab etiladi. Ularga paroxodlar, uchuvchi apparatlar, vagonlar korpusi avtomo- bil kuzovlari kiradi. Mashina detallari va qurilmalari o‘zgaruv- chan tez takrorlanuvchi kuchlanishlarda ishlaydi. Payvandlashda ularning tavsifli talablari bu aniq o‘lchamlarini olishdir. Bunday buyumlar masalan: staninalar, vallar, tranzistorlar, membranli tugunlardir.
Payvand konstruksiyalarni ishlab chiqish texnologiyasi
Ishlab chiqarish buyumini o‘zgartirishi bo‘yicha sodir etila- yotgan ishlab chiqarish jarayonining bir qismi texnologik jarayon deyiladi. Bitta ish joyida bajarib bo‘lingan texnologik jarayonning qismi texnologik operatsiya deyiladi. Bunda ishlab chiqish unum- dorligini aniqlash uchun, mehnatni texnik me’yorlash va jihozlar yuklamasi hisoboti uchun asosiy hisob qiymati hisoblanadi. Tu- gatilgan operatsiyaning qismini ishlatiladigan asboblar doimiyligi bilan va ishlov beriladigan yuzalar yoki yig‘ishda biriktirilishiga o‘tuvchi jarayon deyiladi.
Payvand konstruksiyani tayyorlashda texnologik jarayonni loyihalash uchun birlamchi ma’lumot bo‘lib buyum chizmalari, texnik shartlar va ishlab chiqish programmasi rejasi hisobla- nadi. Chizmalar va texnik shartlar tanovar ashyolari ular kon- figuratsiyasi, o‘lchamlari, payvand birikma turlari, jihozlar va ashyolarga qo‘yiladigan talablar, hamda texnologik va nazorat operatsiyalarini bajarish talabi va payvand birikmaning sifat ko‘rsatkichlari ma’lumotlarini tashkil etadi. Payvand birikma- ni sifati talabi, kuchlanishga ishlatish va avariya holati vujudga kelishi nisbatini hisobga olgan holda sifat talabi qo‘yiladi. Bu talablar bo‘yicha hamma payvand buyumlar shartli ravishda uch guruhga bo‘linadi. Birinchi guruh – bu alohida o‘ta mas’uliyat- li buyumlar, ushbu konstruksiyalar buzilishi oqibatida, hattoki, insonning halok bo‘lishi mumkin. Bularga bosim ostida ishlay- digan idishlar, og‘ir va yuk ko‘taruvchi mashinalar, transport qurilmalari va boshqalar kiradi. Ikkinchi guruhga – mas’uliyatli buyumlar, bularning buzilishi katta moddiy yo‘qotishlarga olib keladi. Bularga, masalan, mahsulot ishlab chiqarish texnologik liniyalarda o‘rnatilgan qurilmalar kiradi. Uchinchi guruh – bu mas’uliyatsiz buyumlar.
Ishlab chiqarish dasturi ma’lum aniq muddat (oy, yil) mobayni- da ishlab chiqarilishi kerak bo‘lgan buyumlar soni ma’lumotlar to‘plamidan iboratdir. Bu ma’lumotlar jihozlar tanlash uchun, mexanizatsiya vositalari va texnologik qurilmalar tanlash uchun nasos bo‘lib xizmat qiladi.
Ishlab chiqarish dasturi hisobiga ko‘ra texnologik jarayonning iqtisodiy unumdorligi baholanadi. Texnologik jarayon har bir alohida operatsiyani eng mukammal bajarish shartlarini ta’min- lashi lozim. Texnologik jarayon nafaqat maksimal ravishda qo‘l
mehnatini almashtirishi balki butun ishlab chiqarishni hisobga olishi kerak. Kam seriyali va seriyali ishlab chiqarishda buyum va tanovarlarni keng o‘lcham turlari diapazoni uchun mo‘ljallan- gan qurilmalar va universal jihozlar ishlatilishi nazarda tutilishi kerak. Ko‘p seriyali va hajmli ishlab chiqarishda yanada murak- kabroq bo‘lgan avtomatik va rotor liniyalar tarkibidagi ixtisos- lashtirilgan jihozlar ishlatiladi. Lekin ixtisoslashtirilgan jihozlar liniyalari qimmat va buyumni almashtirishda qayta tiklash im- koni bo‘lmaydi. Shuning uchun qayta tiklanuvchi moslanuvchi avtomatlashtirilgan ishlab chiqarish tizimlarini qo‘llash foyda- liroqdir. Ularni sanoat robotlari asosida ishlab chiqish mumkin. Sanoat robotlarning universalligi amaliy jihatdan inson bajara- yotgan xohlagan operatsiyani avtomatizatsiyalash imkonini be- radi, dasturlar almashish tezligi esa xuddi shunday inson xizmat ko‘rsatayotgan ishlab chiqarish moslashuvchanligini ta’minlash imkoniga ega.
Payvand konstruksiyani tayyorlash texnologik jarayoni o‘z ichi- ga ketma-ket bajariladigan asosiy tayyorlash, yig‘ish, payvandlash, nazorat qilish, pardozlash operatsiyalarini va qo‘shimcha trans- portirovka qilish, kantovka qilish va boshqa xil operatsiyalarni o‘z ichiga oladi. Shularga asosan texnologik tizim bo‘yicha payvand- lash ishlab chiqarish bo‘limlari tashkil etiladi.
Payvand konstruksiyalarni tayyorlash texnologik jarayonlarini loyihalashda yagona texnologik hujjatlar tizimi (YTÍT)ga aso- san bajariladi. Unda davlat standartlari, ishlab chiqarish holatlari qoidalari o‘rnatilgan, hamda texnologik hujjatlarni olib borish va ro‘yxatga olish talablari kiritilgan.
Texnologik jarayonlarni loyihalash, sexlararo detallarni tex- nologik marshrutlari va yig‘ish birliklari, hamma ish turlariga texnologik operatsiyalarni ishlab chiqish, moddiy va ish norma- larini tayyorlash, texnik nazorat usullari va vositalarini aniqlash, birikmalarni yig‘ish va payvandlash uchun qurilmalarni prinsi- pial sxemalarini ishlab chiqish va qurilmalarini loyihalash uchun texnik masalalarni tayyorlash kabilarni ishlab chiqa- rishini o‘z ichiga oladi. Donali va kamseriyali ishlab chiqarish uchun texnologik operatsiyalar katta qilib marshrutlar kartalari- da yozib qo‘yiladi, seriyali va hajmli ishlab chiqarishda esa yana ham tushunarliroq qilib operatsion kartalarda yozib qo‘yiladi. Operatsion kartalar turli xil ishlar operatsiyasi texnologik ket-
ma-ketlik bo‘yicha maxsus ko‘rsatilgan jihozlar, qurilma, asbob, materiallar va vaqt normalari yozuvlari bilan yozilgan bo‘ladi. Payvandlash va kavsharlash texnologik jarayonlar yozilishida ishlab chiqarish turi va xarakteriga qaramasdan hamma oper- atsiyalar texnologik rejimlar talab etilgan ko‘rsatmalar bilan ba- yon etilishi kerak. Operatsion kartalar eskizlar kartalari bilan to‘ldiriladi, unda rasmlar, eskizlar, chizmalar, jadvallar jamlan- masi, operatsiyalarni tushunish va bajarish uchun va operatsion kartalarda keltirilgan texnologik o‘tishlar bilan to‘ldiriladi.
Donali va kamseriyali ishlab chiqarish uchun namunaviy tex- nologik jarayon ishlatilishi mumkin, ularda texnologik operatsi- yalar va umumiy konstruktiv-texnologik tizimlar bilan buyumlar tayyorlash guruhlariga texnologik o‘tishlar tartibi mavjuddir.
Tayyorlash ishlab chiqarish texnologiyasi
Buyumni yig‘ish va payvandlash sifati ko‘p jihatdan detal- larni tayyorlash sifatiga bog‘liq. Korxonaga keltirilgan metall prokatlar turlariga qarab ajratiladi, masalan, qalinligi, kimyo- viy tarkibi va mexanik xususiyatlariga qarab har biri alohida ajratiladi. Ishlab chiqarish, transportirovka va saqlash davomi- da, hosil bo‘lgan tunukalarning va turli prokatlarning defor- matsiyalanishi to‘g‘rilanadi. To‘g‘rilash ko‘pvalikli tunuka to‘g‘rilovchi yoki turli to‘g‘rilovchi mashinalarda sovuq holatda bajariladi. Qalin devorli o‘ta deformatsiyalangan metalni gaz gorelkasi yordamida lokal yuza qizdirish bilan to‘g‘rilanadi. Metall yuzasini qirlardan, metall quyindilaridan va zanglardan mexanizatsiyalashgan liniyalarda igna frezerli mexanizmlar va oksidlanishdan himoya qiluvchi tozalangan yuzalarga tuproq bilan qoplash uchun kameralar o‘rnatilgan. Haqiqiy o‘lcham bo‘yicha metalga detalkonturini siljitib qo‘l yordamida belgi qo‘yiladi. Belgilashda standart asboblar ishlatiladi bu: po‘lat ruletkalar, chizg‘ichlar, burchaklar, sirkullar, kernerlar, va boshqalar, hamda yupqa tunukali po‘latlardan yoki pleksiglas (organik oyna)dan tayyorlangan belgilovchi shablonlardir. Belgi chiziqlari bo‘r bilan, kerner bilan, grafit qalam bilan yoki temir qalam bilan chiziladi. Belgilashda detallarni payvandlashdagi va mexanik ishlov berishdagi qisqarilish qiymatlari hisobga oli- nadi. Mexanik kesish gilotin qaychilarda va press-qaychilarda bajariladi. Tunukali detallarni egri chiziqli shakllarda qirqib
olish uchun diskli qaychilar bilan foydalaniladi. Ko‘p diskli qaychilar parallel egri chiziqli yoki rulon metalni tasmalarga tushirish uchun qo‘llaniladi. Ajratib kesishni diskli yoki mexa- nik qo‘l arralar bilan, dastgohlardagi ajratib kesish keskichlari bilan, abraziv aylanalar bilan amalga oshiriladi. Seriyali ish- lab chiqarishda yuqori aniqlik bilan tanovarlarni olish uchun shtamplarda chopib kesish bilan bajariladi.
Termik ajratib kesish tayyorlov operatsiyalarida keng qo‘lla- niladi. 75% hajmgacha tayyorlov operatsiyalari shu usuldan foy- dalaniladi.
Qo‘l yordamida listlarni kesish belgilash bo‘yicha bajariladi, avtomatik usulda esa – metall nusxa ko‘chirish bo‘yicha, massh- tab chizma – nusxa ko‘chirish bo‘yicha yoki dasturli boshqaruv mashinalarda amalga oshiriladi. Ko‘p hollarda kislorod yordami- da kesishni, ayniqsa, mashina kislorodli kesishni payvandlashga detallar uchlarini ajratish uchun rax tushirish bilan almashtiradi. Mexanik ishlov berishni qirralarni randalash yoki frezerlash dast- gohlarida olib boriladi.
Silindrsimon yoki konussimon detallar shakllari uch yoki to‘rt namatli juvalarda sovuq yoki issiq holatlarda tayyorlanadi. Agar egilish radiusi metall qalinligiga 25 nisbat bo‘lsa, u holda tu- nukani egishdan oldin 1100°C gacha qizdiriladi, bu nisbatlarning katta qiymatlarida egish sovuq holatda bajariladi. Yirik sharsi- mon rezervuarlar uchun «bargchalari» ni sferik qobiqlarni ishlov berilayotgan radiuslariga nisbatan o‘qlar joylashuvi va namatlar shakli mavjud bo‘lgan ko‘p namatli mashinalarda amalga oshiri- ladi. Turli prokatli detallar (burchaklar, shveller, quvur, tavr va boshqalar)ni egish uchun rolik eguvchi va quvur eguvchi dast- gohlar qo‘llaniladi. Bunday dastgohlar har bir shakl uchun al- mashtiruvchi eguvchi roliklar komplektlari bilan ta’minlangan. Profil tanovarlari tutashgan kabi, spiral va boshqa shakllar kabi egish mumkin. Detal qirralari gratlardan, metall quyindilaridan, g‘adirliklaridan va zanglardan pnevmatik zubilo va abraziv yoki simli aylanalar bilan ishqalanish mashinalar yordamida tozala- nadi.
Yig‘ish-payvandlash ishlab chiqarishi
Detallarni payvandlashga yig‘ish, payvand buyumni tayyor- lanishining umumiy ish hajmidan 10 dan 32% tashkil etadi.
Yig‘ish va payvandlash ishlarining uch usuli mavjud: buyumni hamma detallarini yig‘ish va hamma choklarini payvandlash; detallarni ketma-ketlik bo‘yicha biriktirish va ularni avval- gi payvandlangan buyum qismlarini tutashtirib payvandlash; qismlar bo‘yicha yig‘ish va payvandlash, buyumni texnologik qismlarga ajratilgandan so‘ng ular alohida yig‘ilib payvandlana- di, bundan keyin, ular to‘planib butun buyum payvandlanadi. Ushbu usullardan xohlagan bittasini tanlash buyumning kon- struktiv shakli, uning o‘lchamlari, buyurtmachiga transporti- rovka qilish va ishlab chiqarish masshtabiga bog‘liq. Nisbatan sodda buyumlarni detal sonlari katta bo‘lmagan, shakli mu- rakkab bo‘lmagan buyumlar 1- yoki 2-variant bo‘yicha tayyor- lanadi. Murakkab fazoviy konstruksiyalarni qismalar ajra- tish – yig‘ish va payvandlashni osonlashtiradi va payvandlash kuchlanishi va deformatsiyasini butun konstruksiya bo‘yicha kamaytirishiga ega bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |