Aluminiy va uning qotishmalarini payvandlash
Aluminiy tabiatda eng ko‘p tarqalgan elementlardan biridir; uning zichligi kam, elektr va issiq o‘tkazuvchanligi katta, oksid- lovchi muhitlarda korroziyaga chidamliligi va past haroratlarda mo‘rt holatga o‘tishga chidamliligi yuqori. Aluminiyning zichligi 2,7 g/sm3. Aluminiyning issiqlik o‘tkazuvchanligi kam uglerodli po‘latga qaraganda 3 baravar yuqori bo‘ladi. Sof aluminiy 650°C da eriydi. Qizdirganda aluminiy oson oksidlanib, qiyin eriydigan (2060°C dan ortiq haroratda) aluminiy oksidini hosil qiladi. Qi- yin eriydigan oksid pardasining mavjudligi hamda metall choki- da g‘ovaklar va kristallizatsion yoriqlar hosil bo‘lishi aluminiyni payvandlashdagi asosiy qiyinchiliklardir.
Payvand choklarida g‘ovaklar hosil bo‘lishiga vodorod sababchi bo‘ladi, u aluminiyning suyuq holatidan qattiq holatiga o‘tishida eruvchanligi keskin o‘zgarishi tufayli atmosferaga chiqishga intiladi.
12.1-rasm. Haroratga nisbatan vodorodning aluminiyda erishini o‘zgarishi.
Toza aluminiy payvand choklaridagi kristallizatsion yoriqlar kremniy miqdori ortib ketganligi sababli yuz beradi va aluminiy- ga temir qo‘shimchasi kiritilishi bilan kamayadi.
Texnikada sof aluminiydan tashqari uning marganets, mag- niy, mis va kremniy bilan qotishmalari ham ishlatiladi. Aluminiy
qotishmalari sof aluminiyga qaraganda ancha mustahkamdir. Tarkibida 4—5% gacha mis (AË 7) yoki 10 dan 13% gacha krem- niy (AË 2) yoxud 9,5—11,5% magniy (AË 8) bo‘lgan quyma alu- miniy qotishmalar yaxshi quyiladi.
Quyma konstruksiyalarda tarkibida 1 dan 1,6% gacha mar- ganets bo‘lgan aluminiy-marganets qotishmalari (AMö) va tarkibida 6% gacha magniy bo‘lgan aluminiy-magniy qotishma- lari (AMã) juda ko‘p qo‘llaniladi.
Samolyotsozlikda dyuralumin qotishmasi (Ä qotishma) ish- latiladi. Ä–1 rusumli dyuralumin tarkibi: 3,8—4,8% mis, 0,4— 0,8% magniy, 0,4—0,8% marganets, qolgani aluminiydan iborat bo‘ladi. Ä6 va Ä 16 rusumli ko‘p ligerlangan dyuraluminlar: 3,8— 5,2% mis, 0,65—1,8% magniy, 0,3–1,0% marganets va qolgani aluminiydan iborat bo‘ladi.
Termik ishlagandan keyin Ä6 va Ä16 qotishmalarning mustah- kamlik chegarasi 420—460 MÏa va nisbiy uzayishi 15—17% ni tashkil etadi.
Aluminiy va uning AMö hamda AMã turdagi qotishmalari yaxshi payvandlanadi. Ä turdagi qotishmalar unchalik yaxshi payvandlanmaydi. Bunga sabab shuki, bunday qotishmaning payvand chog‘ida mustahkamligi prokat qilingan asosiy metaldan ikki baravar kam bo‘lgan qo‘yma metall strukturasi hosil bo‘ladi. Bundan tashqari chok metalining ancha cho‘kishi hamda u bir- muncha noplastik bo‘lishi sababli payvandlash jarayonida choklar darz ketadi. Payvandlashda asosiy metall yumshayadi. Oqibatda payvand birikmaning mexanik xossalari yomonlashadi.
Chetlar payvandlashdan oldin bir dm3 suvga 20—25 g o‘yuvchi natriy va 20—30 g natriy karbonat angidridi qo‘shilgan va haro- rati 65°C bo‘lgan eritmada 10 daqiqa, so‘ngra xona haroratidagi suvda yuviladi. Bundan keyin, o‘rta fosfor kislotasining 25% li eritmasida (AMö va AMã qotishmalari uchun) yoki azot kis- lotasining 15% li eritmasida (Ä va AMã qotishmalari uchun) 2 daqiqa davomida tozalanadi. Tozalangandan keyin iliq va sovuq suvda yuviladi hamda mata bilan quruq qilib artiladi. Qaytadan oksidlanmasligi uchun metalning chetlari tayyorlangandan so‘ng ko‘pi bilan 8 soatdan so‘ng payvandlash kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |