7.1-rasm. Yoy bilan dastakli payvandlash postining sxemasi:
a, b – o‘zgaruvchan tok bilan; d, e – o‘zgarmas tok bilan.
Kabinada chilangarlik asboblari (bolg‘acha, zubilo, qisqich va shu kabilar) qo‘yilgan tokchali dastgoh, elektrodlar uchun zich yopiladigan quti o‘rnatiladi, chunki ba’zan elektrodlar o‘rovi olinganidan keyin ikki soatdan ko‘proq saqlanadi. Elektrodlarni qizdirish uchun quritish shkafi yoki pech zarur, pechni payvand- chilarning ish hajmiga va payvandlash sharoitiga qarab bir necha post uchun bitta o‘rnatish mumkin. Agar payvandchi yig‘ish-pay- vandlash moslamasidan yoki pnevmoyuritmali asbobdan foyda- lanadigan bo‘lsa, kabinaga siqilgan havo o‘tkaziladi. Kabinada payvandchi uchun metall stol va balandligi bo‘yicha rostlanadi- gan o‘rindiqli stul turishi kerak.
Payvandchining stollari muqim mahalliy tutun so‘rg‘ichli qilinadi, bu ichkarisiga filtrsiz shamollatish qurilmasi o‘rnatilgan CCÍ–1 stoli, shuningdek, sexlarning shamollatilishini ajratishni va havo tozalashning umumiy tizimini talab etuvchi CCÍ–2 va CCÍ–3 stollaridir. Ulardan tutunni yuqoriga qaratib so‘rib ol- inadi. Bu stollar tutunni payvandchining nafas olish zonasidan butunlay so‘rib olmaydi. Kombinatsiyalashgan shamollatish qurilmalari bor stollar samaraliroqdir, ularda stolning usti pan- jara ko‘rinishida bajarilgan, tutun esa pastga qaratib ichkariga o‘rnatilgan ventilator bilan va yuqoriga qaratib mustaqil tutun so‘rgich bilan chetga tomon so‘rib olinadi. Ichkariga o‘rnatilgan filtr havoning tutundan va aerozollardan tozalanish darajasining 99,96% gacha bo‘lishini ta’minlaydi.
Katta gabaritli buyumlarni payvandlashda buyumning tashqi tomonidan sexda payvandchining ish o‘rnini boshqa ish o‘rin- lari, o‘tish joylari va dam olish joylari va hokazolar tomonidan ko‘chma shitlar bilan ihotalab qo‘yilishi kerak. Kabina devorlari- ga qanday talab qo‘yilsa, shitlarga ham shunday talablar qo‘yila- di. Ihota ichkarisida ta’minlash manbayi, asboblar va elektrodlar uchun ko‘chma tokcha yoki shkaf bo‘lishi kerak. Bunday pay- vandlash postlarida ham so‘ruvchi mahalliy shamollatishdan foy- dalanish majburiy. Uzunligi 5 m gacha bo‘lgan egiluvchan plastik quvur bo‘lishi mumkin, uning ichkarisida markazdan qochma ventilator bilan birlashtirilgan, filtr bilan jihozlangan vinsimon sim halqa bo‘ladi (7.2-rasm). Tok qisqichlari ko‘rinishidagi dat- chikli elektr tejash avtomatidan foydalanish qulaydir, u ventila- torni faqat yoy yonib turganida ulaydi va yoy o‘chganidan keyin belgilangan vaqt o‘tgach o‘chiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |