Uo‘K: 62(075) kbk



Download 8,16 Mb.
bet68/146
Sana22.07.2022
Hajmi8,16 Mb.
#839054
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   146
Bog'liq
qolda yoyli payvandlash jihozlari

Faol himoyalovchi gazlar. Faol himoyalovchi gazlar qizigan va suyuqlangan metalda yoki singiydi yoki ular bilan kimyoviy reak- siyaga kirishadi. Faol himoyalovchi gazlar sifatida po‘latlar uchun karbonat angidrid gazi va mis qotishmalarini payvandlashda azot gazi ishlatiladi.
Karbonat angidrid gazini himoyalovchi gaz sifatida ishlatil- ganda u payvand vannasini qisman oksidlaydi. Shuning uchun maxsus, tarkibida qaytaruvchi (kislorodni biriktirib oluvchi, temirdan faolligi yuqori) elementlari bo‘lgan payvandlash sim- lari ishlatiladi. Jumladan Câ–08ÃC, Câ–08Ã2C, Câ–08Ã2C- MA va shu kabilar.
Karbonat angidrid gazining solishtirma og‘irligi havo solishtir- ma og‘irligidan taxminan 1,5 marta og‘ir bo‘lgani uchun himo- yalash jarayoni birmuncha oson kechadi.
Karbonat angidrid himoyalovchi gazining sarf darajasi mo‘ljaldagidan qisman yuqoriroq olinadi.
Karbonat angidrid gazi quyidagi xususiyatlarga ega:

    • bosim oshganida suyuqlikka aylanadi;

    • bosimsiz sovitilganida qattiq holatga – quruq muzga ayla- nadi;

    • quruq muz harorat oshganida suyuq holatga o‘tmasdan, to‘g‘ridan to‘g‘ri gazga aylanadi.

CO2 gazi 8050–85 ÃÎCÒi asosida tayyorlanadi va 3 ta navda yetkazib beriladi:

    • oliy navli – CO2 tarkibi 99,8%;

    • 1-nav – CO2 tarkibi 99,5%;

    • 2-nav – CO2 tarkibi 98,8%.

Payvandlash ishlari uchun CO2 gaz yoki suyuq holatda kel- tiriladi. Suyuq holatdagi CO2 maxsus qurilma yordamida gaz holatiga o‘tkazilib so‘ng payvandlash joyiga truba o‘tkazgichlar yordamida yetkazib beriladi.
0°C va 760 mm simob ustuni bosimida 1 kg suyuq karbonat angidrid bug‘langanida 506,8 dm3 gaz hosil bo‘ladi.
Suyuq CO2 40 litr suv sig‘imiga ega bo‘lgan ballonda 25 kg og‘irlikda bo‘ladi va gaz holatiga o‘tganda 12,6 m3 hajmni egallaydi. CO2 ballonlari va maxsus idishlarining rangi qora, yozuvining rangi esa sariq bo‘ladi. CO2 gazi sanoatda uch xil usulda olinishi
mumkin:

  1. Ohaktoshga sulfat kislotasi ta’sir ettirish yo‘li bilan.

  2. Maxsus pechlarda koksni yoqish usuli bilan.

  3. Isitish qurilmalarining tutun gazlaridan yig‘ish usuli bilan.



O‘z-o‘zini tekshirish uchun savollar:

  1. Payvandlash simlari qanday belgilanadi?

  2. Elektrod o‘zaklari uchun qanday ashyolar qo‘llaniladi?

  3. Po‘latlarning belgilarida A harfi nima uchun va qayerda ish­ latiladi?

  4. Elektrodlarning xossalari qanday xarakteristikalar bilan bel­ gilanadi?

  5. Elektrodlar qoplamalari tarkibiga qanday komponentlar kira­

di?

  1. Qoplamalar qanday klassifikatsiyalanadi?

  2. Kislota qoplamali elektrodlarning markalarini aytib bering.

  3. Kislota qoplamalarning afzalligi va kamchiliklari nimada?

  4. Asosiy qoplamali elektrodlarning markalarini aytib bering.

  5. Asosiy qoplamalarning boshqa qoplamalardan afzalliklari ni­

mada?

  1. Rutil qoplamaning xususiyatlari nimada?

  2. Selluloza qoplamali elektrodlarning vazifasi nima?

  3. Selluloza qoplama boshqa qoplamalardan nima bilan farq qiladi?

  4. Elektrodlarning qanday ГОСÒ larini bilasiz?

  5. Э42 elektrodlari Э42A elektrodlardan qanday farq qiladi?

  6. Payvandlash uchun ishlatiladigan elektrodlar qanday belgi­ lariga ko‘ra klassifikatsiyalanadi?

  7. Elektrod qoplamalarining turlari qanday belgilanadi?

  8. Flus qanday maqsadlarda ishlatiladi?

  9. Fluslar tayyorlanish usuli va qo‘llanishiga nisbatan qanday ajratiladi?

  10. Qanday gazlar inert va qanday gazlar faol hisoblanadi?
  1. BOB. YOYLI DASTAKLI PAYVANDLASHNING TEXNOLOGIK XUSUSIYATLARI VA JIHOZLARI



    1. Yoyli dastakli payvandlash posti jihozlanishi

Bajariladigan ishlarning turiga, buyumning o‘lchamlariga va ishlab chiqarish turiga qarab, payvandchining ish o‘rni turlicha tashkil etilishi mumkin. Bu ish o‘rinlari katta gabaritli buyum- larni, inshootlarni montaj qilish (o‘rnatish) yoki tayyorlash uchun muqim payvandlash kabinasidan yoki vaqtinchalik payvandlash postidan iborat bo‘lishi mumkin.
Agar payvandlanadigan buyum katta bo‘lmasa va katta seri- yalarda tayyorlansa, u holda ish o‘rni muqim payvandlash ka- binalarida tashkil etiladi, bu kabinalarning o‘lchamlari bitta payvandchi uchun kamida 2,0x2,5 m, balandligi kamida 2,0 m bo‘ladi. Kabina havoning tabiiy harakati hisobiga yaxshi shamol- latib turilishi uchun uning devorlarini polgacha 200–250 mm yet- kazilmaydi. Eshik o‘rniga halqalarda brezent parda osib qo‘yila- di. Kabinaning devorlari o‘tga chidamli materialdan, ko‘pincha metalldan qilinadi. Ichkari tomondan devorlarga o‘tga chidamli qoplama yoki ochiq rangli bo‘yoq chaplanadi, bu ranglar yalti- ramaydi va xira sirt hosil qiladi. Havoni umumiy va mahalliy tortib shamollatish majburiydir. Kabinaga payvandlash yoyi- ni ta’minlash manbayi, uni ta’minlash elektr tarmog‘iga ulash uchun, biriktirgich-ajratgich yoki magnitli yurgizib yuborgich o‘rnatiladi. Agar payvandlash o‘zgartkichdan foydalaniladigan bo‘lsa, uni kabinadan tashqarida, ovozni o‘tkazmaydigan xona- da o‘rnatiladi.
Payvandlash postlariga o‘zgaruvchan tok maxsus transforma- torlardan, o‘zgarmas tok esa o‘zgartirgich va to‘g‘rilagichlardan beriladi.
7.1-rasm, a da o‘zgaruvchan tok bilan elektr yoyi vositasida (qo‘l bilan) payvandlash postining prinsipial elektr sxemasi, 7.1-rasm, b da esa bunday postning umumiy ko‘rinishi ko‘rsatilgan. 220 yoki 380 V kuchlanishli o‘zgaruvchan tok tarmoq 1 dan biriktir- gich-ajratgich 2 va saqlagich 3 orqali tok manbayi – payvandlash transformatori 4 ga beriladi, bu yerda tok yoy hosil bo‘lishi uchun zarur bo‘lgan 60—75 V kuchlanishgacha transformatsiyalanadi va payvandlash simlari 5 orqali qisqich 6 va elektrod tutqich 7 orqali buyum 5 ga beriladi.
7.1-rasm d da o‘zgarmas tok bilan elektr yoyi vositasida das- takli payvandlash postining prinsipial elektr sxemasi, 7.1-rasm, e da esa bunday postning umumiy ko‘rinishi ko‘rsatilgan. Bu holda tok 220 yoki 380 kuchlanishli tarmoqdan o‘zgartirgichga keladi.




Download 8,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish