13.2-rasm. Panjarasimon fermalar uzellari:
a – kosinkali; b – ust quymali; d — tayanch uzel; e — trubkasimon birikma.
Fermalar reja bo‘yicha kopir bo‘yicha va konduktorlarda, geo- metrik o‘lchamlarining hamda biriktiriladigan elementlar o‘qlari- ning bir nuqtada, ya’ni ana shu uzel kesimining og‘irlik markazi- da kesishish aniqligini ta’minlaydigan stendlar hamda stellajlarda yig‘iladi va payvandlanadi. O‘qlar ko‘pi bilan 5 mm chetga chi-
qishi mumkin. Uzellardan fermalar o‘rtasidan tayanchlari to- mon ketma-ket payvandlanadi. Avvalo uchma-uch tutashtirila- digan joylari payvandlab olinadi, uzellarda oldin ro‘para choklar, so‘ngra yon choklar payvandlanadi. Bunday konstruksiyalarda asosiy yig‘ish – payvandlash ishlarining mehnat talabchanligi konstruksiyani tayyorlash uchun sarflanadigan jami mehnatning 80—85 foizini tashkil etadi, qolgan 15—20% esa yordamchi ish- lar, ya’ni rejalash, to‘g‘rilash, randalash va boshqalarga To‘g‘ri keladi.
Mashinasozlik hamda qurilishda fazoviy rom konstruksiyalarni tayyorlash uchun prokat – burchakliklar, shvellerlar, qo‘shtavrlar hamda shtamplangan elementlar ishlatiladi. Bunday konstruksi- yalar elementlarining birikish turlari 13.3-rasmda ko‘rsatilgan.
13.3-rasm. Shtamplangan va bukilgan elementlar, prokatdan tayyor- langan rama va balka uzellarni biriktirish.
Konstruksiyalar payvandlash plitalari va stendlarda yoki kon- duktorlarda payvandlanadi. Dastlab asosiy uzellar payvandlana- di, so‘ngra butun rama, o‘rtasidan boshlab uning chetlari tomon payvandlab chiqiladi.
Devorlarining kesimi yaxlit balkalar tunukadan tayyorlana- di. Qo‘shtavr va qutisimon kesimdagi balkalar ham ishlatiladi.
Keyingi vaqtlarda egilgan tunuka elementlardan iborat qutisimon payvand balkalar keng qo‘llanila boshlandi.
Yakkalab va kichik seriyalab ishlab chiqarish sharoitlarida balkalar reja bo‘yicha dastaki va yarim avtomatik payvandlab yig‘iladi. Ko‘plab va yirik seriyalar ishlab chiqarishda buyum konduktorlarda yig‘iladi va maxsus qurilmalarga o‘rnatib flus os- tida hamda karbonat angidrid gazida dumalatgich (kontovatel) dan foydalanib, avtomatik payvandlanadi.
13.4-rasm, a da tunukadan yasalgan qo‘shtavr balkalarning uchma-uch tutashgan joylarini payvandlash usullari ko‘rsatil- gan. Uchma-uch joyi balkaning eng ko‘p yuk tushadigan qismida bo‘lganidagina qo‘shimcha qoplamlardan foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |