Uo‘K: 62(075) kbk


Himoya gaz muhitida payvandlash



Download 8,16 Mb.
bet110/146
Sana22.07.2022
Hajmi8,16 Mb.
#839054
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   146
Bog'liq
qolda yoyli payvandlash jihozlari

Himoya gaz muhitida payvandlash. Misni himoya gazlari mu- hitida payvandlashda geliy va argon kabi inert gazlar ishlatila- di. Misni yoyli payvandlashda azot ham ishlatiladi, u mis bilan o‘zaro ta’sirlashadi. Payvandlash to‘g‘ri qutbli o‘zgarmas tokda, buyumni 350—400°C haroratgacha butunlay qizdirib, volfram eletrodlari bilan bajariladi. ÁðKMöÇ–1 va boshqa rusumli bron- zadan tayyorlangan sim qo‘shimcha ashyo bo‘lib xizmat qiladi.
Payvandlash chap yoki o‘ng usullar bilan olib boriladi. Pay- vandlashni boshlashdan oldin yoy grafit yoki ko‘mir plastinada yoqilib, so‘ngra buyumga ko‘chiriladi. Yoyni bevosita buyumda yoqish tavsiya etilmaydi, chunki bunda volfram elektrodi suyuqla- nadi va ifloslanadi. Payvandlashni pastki, vertikal va yuqorigi (ship) vaziyatlarda bajarish mumkin.
Argonli muhitda misni o‘zgaruvchan tok bilan ham payvand- lash mumkin, bunda payvandlash tezligi ancha past, chokning tashqi ko‘rinishi esa o‘zgarmas tok bilan payvandlashdagiga qara- ganda yaxshi bo‘ladi. ÁðKMö3–1 simi bilan o‘zgaruvchan tok- da payvandlashda oksidlash uchun bura talab qilinmaydi, chunki suyuqlangan metalning sirtida parda bo‘lmaydi: katodning yoni- shi natijasida u yo‘qotiladi. Katodning yonishi musbat ionlarning katta tezlik bilan katodga tomon harakat qilib, uni bombardimon qilishidan iborat. Payvandlash jarayoni turg‘un boradi va barcha fazoviy vaziyatlarda payvandlash mumkin.
Metall elektrod bilan flus ostida payvandlash AÍ–20C, AÍ– 26C, AÍ–348A va OCC–45 eritib tayyorlangan fluslar bilan teskari qutbda o‘zgarmas tokda bajariladi. 4—10 mm qalinlikdagi mislarni shu fluslar bilan payvandlash qiyinchilik tug‘dirmaydi. Bundan ham qalin bo‘lgan metallarni payvandlashda AÍ–26C va AÍ–20C fluslar aralashmasini 80 va 20 % nisbatda olina- di, yoki maxsus fluslar masalan AÍ-M13 ishlatiladi. Quyidagi tartibli XM–1 sopol fluslarni qo‘llash ham yaxshi natija beradi: marmar – 28%; dala shpati – 57,6%; plavikli shpat – 8%; yog‘och ko‘miri – 2,2% bor shlaki – 3,5%; alumin kukuni – 0,8%.
Misni ÁðKMö3–1, ÁðOC4–3, ÁðX 0,7, ÁðXT 0,6—0,5 ru-
sumli kislorodsiz mis va bronzali elektrod simlar bilan payvand- lanadi. Payvandlash bir o‘tishda tutashuvchi qirralarni to‘liq eritib bajariladi.
Latunni payvandlash ÀÍ–20C flus ostida, ËÊ80–3 latunli va ÁðKMö3–1, ÁðOC4–3 bronzali payvandlash simlari ishlati- lib past yoy kuchlanishida bajariladi. Payvandlashdan so‘ng chok darz ketishini oldini olish va ichki kuchlanishlarni bartaraf etish uchun past haroratda (300°C) kuydirib yumshatiladi. Bronzalarni payvandlashda payvandlash simlari asosiy metall tarkibiga nisba- tan tanlanadi, hamda flus AÍ–20C rusumli katta donadorli (2,3— 3 mm) tanlanadi. Chok shakllanishini yaxshilash uchun flus qat- lamining balandligi 25—30 mm gacha chegaralanishi kerak.
    1. Nikel va uning qotishmalarini payvandlash

Nikel erish harorati 1453°, zichligi 8,9 g/sm3, havoda korro- ziyaga qarshi chidamliligi, plastikligi va mustahkamligi yetarlicha yuqori, shuningdek, issiqbardosh va om qarshiligi katta bo‘lgan metaldir. Nikel, texnikada toza holida va turli qotishmalar tarzi- da ishlatiladi. Texnik toza nikel—Í0, Í1, Í3 va Í4. Nikelning qotishmalari mis-nikelli, nikel-xromli (nixromlar), nikel-molib- denli, nikel-kobaltli bo‘ladi.
Nikelni payvandlashdagi asosiy qiyinchiliklar metall choki- ning g‘ovaklik va kristallanishda yoriqlar hosil qilishga moyilligi tufayli yuz beradi. Nikelni payvandlashda metall chokida g‘ovak- lik hosil bo‘lishiga sabab, gazlarning, ayniqsa, vodorod va kislo- rodning yuqori haroratlarda juda eruvchanligi va kristallizatsiya paytida ularning ajralib chiqishidir.
Metall chokida kristallizatsion yoriqlar hosil bo‘lishiga sabab, oson eruvchan evtektika Ni—NiS ning hosil bo‘lishidir. Kristalli- zatsion yoriqlar hosil bo‘lishining oldini olish uchun suyuqlangan metalga payvandlash jarayonida oltingugurtni NiS ga qaragan- da qiyinroq eriydigan birikmalarga bog‘lovchi elementlar kiriti- ladi. Bunday elementlar marganets va magniy bo‘lib, ular qiyin eruvchan MnS va MgS birikmalarini hosil qiladi. Shu maqsadda payvand chokka biroz titan qo‘shilsa ham foydali bo‘ladi. Erish harorati 1650°C, ya’ni asosiy metalning suyuqlanish haroratidan yuqori bo‘lgan nikel oksidi pardasi ham payvandlashni qiyin- lashtiradi.

Download 8,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish