Uo‘K: 53(072) kbk



Download 4,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet90/288
Sana15.11.2022
Hajmi4,05 Mb.
#866013
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   288
Bog'liq
e1ec71dde00394f7be513a1c627bc7af Temir yo‘llar elektr ta’minoti Т 2017

P

Q

S


parametrlardan birini yoki bir nechtasini o'lchash funksiyasini quvvatni 
o'lchovchi mikrosxema bajaradi. Eng oddiy holatda bu mikrosxema 
сhiqishida aktiv quvvatga proporsional bo'lgan impulslar chastotasi hosil 
bo'ladi. Bu sxemada mikrokontroller impulslarni sanash, ma'lumotni ekranga 
chiqarish va boshqa ayrim funksiya (tarifni o'zgartirish, avariya rejimlari 
haqidagi ma'lumotlarni xotirada saqlash, ish faoliyatiga oid ma'lumotni tashqi 
qurilmalarga chiqarish yoki tok va kuchlanishlar orasidagi faza siljish 
burchagini o'lchash) larni bajaradi. 


91
3.3-rasm 
Impulslar sonini bilish, ma'lumotni ekranga chiqarish va manba 
kuchlanishini avariya natijasida yo'qolib qolishidan himoya qilish 
funksiyalarnigina bajarish lozim bo'lganda, tizim 3.4-rasmda keltirilgan 
struktura bo'yicha qurilishi mumkin. Tarmoqdagi tok va kuchlanish 
to'g'risidagi signallar tok va kuchlanish datchiklaridan mikrosxemaning 
"quvvat-chastota" o'zgartkichining kirishiga beriladi. Uning chiqishidan 
chastotali signal mikrokontroller kirishiga beriladi. Mikrokontroller unga 
kirayotgan impulslarni to'plab, Vt

soat energiyaga proporsional bo'lgan 
signalga o'zgartirib beradi. Har bir Vt

soat energiyaga mos impulslar 
yig'ilganda, unga mos ma'lumot ekranga chiqariladi va xotira qurilmasiga 
uzatiladi. Tarmoqdan elektr energiyasi ta'minoti vaqtincha to'xtaganda ham 
energiya hisoblagich xotirasida sarflangan energiya miqdori to'g'risidagi 
ma'lumot saqlanib qoladi. Tarmoqda elektr energiyasi ta'minoti qayta 
tiklanganda mikrokontrollerdan ma'lumot o'qilib ekranga chiqariladi va 
hisoblash shu qiymatdan davom ettiriladi. Bu strukturani amalga 
oshirishdamikrokontrollerdan 1 kbayt hajmdagi xotira talab etiladi. Ekran 
(displey) sifatida mikrokontroller yordamida boshqariladigan oddiy suyuq 
kristalli indikator ishlatiladi. 
Ko'p tarifli elektron energiya hisoblagichda tashqi qurilmalar bilan 
ketma-ketli interfeys orqali axborot almashinadi. Bundan tashqari, interfeys 
elektr tarmog'iga elektr energiyasi hisoblagich guruhini ulash va har biriga 
murojaat qilish imkonini beradi. 


92
3.4-rasm 
Bunday qurilma struktura sxemasi 3.5-rasmda keltirilgan. Energiya 
hisoblagichning ishlash algoritmi quyidagicha. Qurilmaxotirasi bir nechta
3.5-rasm. 
qismga bo'lingan bo'lib, ularda to'rt xil: imtiyozli, umumiy, pik (yuklama 
miqdori maksimal qiymatga ega paytlar) paytdagi va jarima tarifli to'plangan 
elektr energiya haqidagi axborotlar saqlanadi. Xotiraning birinchi qismi 
(banki) da energiya hisoblagich foydalanishga topshirilgan vaqtdan boshlab 
to'plangan axborotlar saqlanadi. Xotiraning keyingi bir nechta bankida 
avvalgi 11 va xozirgi oylar mobaynidagi axborotlar saqlanadi. Bu holat 
yilning istalgan oyida sarflangan elektr energiya miqdorini aniqlash imkonini 
beradi. 


93
Elektr energiya tarifini kunning ixtiyoriy vaqtlari bo'yicha o'zgartirish 
mumkin: haftaning har bir kuni uchun tarif jadvalini tuzish mumkin 
bo'ladi. 
Iste'molchining xohishiga qarab bir yilda 16 kungacha dam olish kunlari 
tarifi bo'yicha bayram kunlari belgilanishi mumkin.
Elektron energiya hisoblagichda bir oyda iste'mol qilinadigan quvvat va 
energiyani cheklash rejimini nazarda tutish mumkin. Bu rejimga ko'ra 
energiya hisoblagich bir oyda belgilangan (limit) energiyadan ortig'ini 
alohida qayd etadi. 
Elektron energiya hisoblagich iste'molchiga elektr tarmog'idan 
kelayotgan energiya uzilib qolgan vaqt va uning davomiyligini alohida qayd 
etib beradi. 
Energiya hisoblagichni dasturlash RS-232 yoki RS-485 interfeys 
yordamida qayd qilingan topshiriqlar tizimi asosida amalga oshiriladi. Bu 
topshiriqlar bitta hisoblagich bilan o'zaro aloqani amalga oshiruvchi shaxsiy 
va interfeysga ulangan hisoblagichlar guruhi uchun umumiy topshiriqlar 
tizimiga bo'linadi. Kun, vaqt, vaqtinchalik tariflar, quvvat limitlari, bayram 
kunlarini rejalovchi topshiriqlar tizimi mavjud. Bundan tashqari, energiya 
hisoblagichni testlovchi va darajalovchi qiluvchi topshiriqlar ko'zda tutilgan. 
Bir nechta tarif rejimining mavjudligi hisoblagich displeyiga turli tarifli 
iste'mol qilingan elektr energiya miqdori to'g'risidagi ma'lumotlarni chiqara 
oladi. Bunday hisoblagich displeyi (3.6-rasm) ga iste'mol qilingan energiya
3.6-rasm 
to'g'risidagi ma'lumot 8 quyi razryad ko'rinishida chiqariladi (maksimal 
qiymati 99999. 999 kVt

s). Dastlab hozirgi oyda iste'mol qilingan 
elektrenergiya ("oy mobaynida" yozuvi ostida), keyin esa hisoblagich 
foydalanishga 
topshirilgandan 
buyongi 
iste'mol 
qilingan 
energiya 
("hammasi" yozuvi ostida) chiqariladi. 
Bir vaqtning o'zida indikator belgilar maydoni (5x7 nuqtalar)da joriy tarifga 
mos keluvchi belgi ("a" - asosiy, "i" - imtiyozli, "p" - pik, "j" - jarima) paydo 


94
bo'ladi. Agar iste'molchi bir oy uchun belgilangan energiya miqdoridan 
ko'proq iste'mol qilgan bo'lsa, u holda ekranda "energiya limiti" yozuvlari 
paydo bo'ladi. 
O'tgan 11 oy mobaynidagi energiya iste'moli to'g'risidagi axborotni olish 
uchun hisoblagich qutisida maxsus tugma ko'zda tutilgan. 
Elektron energiya hisoblagich: 
- elektr energiyani yuqori aniqlikda hisoblash imkonini beradi va 
konstruksiyasi aylanuvchan qismga ega emasligi tufayli yuqori ishonchlilikka 
ega; 
- bir vaqtning o'zida energiyaning aktiv va reaktiv tashkil etuvchilarini 
aniqlash imkonini yaratadi. Hisoblagichning bu xususiyati ayniqsa uch fazali 
zanjirlardagi energiyani hisobga olishda juda qo'l keladi; 
- ko'p tarifli energiya hisoblagichlarni yaratish imkonini beradi. 
Kundalik tarifni tanlash avtomatik ravishda amalga oshiriladi. Masalan, 
kechasi va bayram kunlari "imtiyozli" tarifga o'tilsa, ish kunlarining soat 13
00
dan 15
00
gacha "maksimal (pikoviy)" tarifga o'tiladi. "Jarima" tarifi esa 
energiya iste'moli limitidan ortib ketganda joriy etilishi mumkin. Boshqa 
paytlarda hisoblagich "asosiy" tarif rejimida ishlashini nazarda tutish 
mumkin; 
- tashqi interfeys amalga oshirilishi mumkin. Bunda diagnostika va 
boshqaruv amallarini bajarish hamda bir necha energiya hisoblagichlar 
markazlashgan axborot tarmog'iga ulanish mumkin; 
- statistik hisoblarni amalga oshirish mumkin. Masalan, iste'mol 
qilinayotgan o'rtacha quvvat va uning dispersiyasi hisoblanishi mumkin. 
Energoresurslar taqsimlanishi istiqbolini belgilash va uni boshqarishda 
statistik ma'lumotlardan foydalanish energetik tizim ish samaradorligini 
oshiradi; 
- elektr energiya iste'moli, uni hisoblash, taqsimlash va to'lovni 
avtomatlashtirilgan tizimi talablariga to'liq javob beradi. 

Download 4,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   288




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish