Uo‘K: 53(072) kbk


Kontakt tarmog‘ining fiksirlovchi poperechinasi (F.p) –



Download 4,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet229/288
Sana15.11.2022
Hajmi4,05 Mb.
#866013
1   ...   225   226   227   228   229   230   231   232   ...   288
Bog'liq
e1ec71dde00394f7be513a1c627bc7af Temir yo‘llar elektr ta’minoti Т 2017

6.94. Kontakt tarmog‘ining fiksirlovchi poperechinasi (F.p) – 
Фиксирующая поперечинаконтактной сети
– 
Fixing cross member of 
the contact network -
bir nechta t.y.lar ustidagi kontakt osmasi simlari 
holatini tok qabul qilgich o‘qiga nisbatan gorizontal tekislikda fiksirlovchi 
qurilma bo‘lib, u elektrlashgan t.y.larga perpendikulyar tortilgan va 
fiksirlovchi tayanchlarda mahkamlangan bitta yoki ikkita trosdan ibotar 
bo‘ladi. Kontakt simi va ushlab turuvchi tros o‘zaro vertikal va 
(tayanchlararo oraliq o‘rtasida) bir-biriga yaqin joylashgan hollarda bitta, 
tayanchlar yaqinida ko‘rsatib tilgan simlar orasidagi masofa katta bo‘lganda 
esa ikkita trosdan foydalaniladi. 
6.37- rasm. Bitta fiksirlovchi trosli fiksirlovchi poperechina sxemasi:
1 – 
fiksirlovchi tayanchlar; 2 – izolyatorlar; 3 – fiksirlovchi tros; 4 – kontakt simlari 
fiksatorlari; 5 – kontakt simlari; 6 – ushlab turuvchi tros tortqilari; 7 – ushlab turuvchi 
troslar; 8 – yo‘l o‘qi. 
Keyingi holatda pastdagi trosda kontakt simi fiksatorlari, yuqoridagi 
trosda esa ushlab turuvchi trosni fiksirlash uchun tortqi(ottyajka)lar qotiriladi. 
Fiksirlovchi tros bitta bo‘lgaanda fiksatorlar va tortqilar shu trosda qotiriladi.
6.95. Kontakt tarmog‘ining fiksirlovchi trosi - Фиксирующий 
тросконтактной сети – Fixing cable of the contact network -
Elastik 
poperechina 
ga qarang! 
6.96. Kontakt tarmog‘ining shamolda barqaror ishlashi (K.t.sh.b.i.) 
– Ветроустойчивость контактной сети – Wind resistance of the 
contact network - 
shamolning hisob-kitob asosida belgilangan tezligigacha 
kontakt tarmog‘ini elektrovozlarga tokni uzata olish qobiliyati. Shamol 
natijasida kontakt osmasi simlari vertikal va gorizontal tekisliklar bo‘ylab 
siljiydi. Simlarning vertikal siljishi va ularga tok qabul qilgich ko‘rsatadigan 
bosim natijasida tok qabul qilgichlar polozlari kontakt simi fiksatorlariga 


306
zarba berishi mumkin. Shamol ta’sirida kontakt simining gorizontal 
yo‘nalishda ko‘proq siljishi uning polozdan chetga chiqib ketish xavfini 
tug‘diradi, natijada kontakt osmasi va tok qabul qilgich shikastlanadi. 
Gorizontal yo‘nalishda shamol yuklamasi fiksatorlar qo‘shimcha sterjenlari 
holatini shunday o‘zgartirishi mumkinki, bunda kontakt simi dastlabki ishchi 
holatiga qaytmasligi mumkin. Kontakt tarmog‘idagi bunday holat to‘ntarilish 
deb ataladi va unda fiksatorlar va izolyatorlar sterjenlari sinishi kuzatiladi. 
Ochiq joylarda, shamol yo‘lga perpendikulyar esganda, odatda, 
muzlamada, yani simlar aerodinamik xarakteristikalari o‘zgarganda, 
tebranish chastotasi 1 Hs ga yaqin bo‘lgan avtotebranishlar yuzaga keladi. 
Kontakt simi tebranish amplitudasi shunchalik katta (1,5 m gacha) bo‘lishi 
mumkinki, natijada kontakt tarmog‘i elektrovozni qoniqarli darajada tok 
bilan ta’minlay olmasligi mumkin. Shamolga barqarorlik kontakt tarmog‘ini 
loyihalash bosqichida hisobga olinadi va uni montaj hamda ekspluatatsiya 
qilishda ko‘zda tutiladi. K.t.sh.b.i. turli klimatik hududlar uchun har bir 
hudud mikrirelefining shamolni kuchaytirishiga ta’sirini hisobga olgan holda 
aniqlanadi. Shamolni simga ta’siri uning kesimi balandligiga, shamolning 
hisobiy tezligi va aerodinamik (lobovoe)qarshiligiga bog‘liq. Kontakt 
simlarining gorizontal yo‘nalishda siljishi yondosh tayanchlar orasidagi 
masofa 
l
ning ortishi bilan 
𝑙
2
ga proporsional ravishda, simlar tarangligiga 
esa teskari proporsionallikda ortadi. Kontakt osmasi simlarining zigzag 
ko‘rinishida joylashtirilishi kontakt simini shamol ta’sirida tok qabul qilgich 
o‘qiga nisbatan ko‘proq og‘ishiga sababchi bo‘ladi. Davlat standartlarida 
respublikamiz t.y. ning to‘g‘ri chiziqli uchastkalarida kontakt simining 
shamoldan og‘ishi 
0,5 𝑚
dan, yo‘lning egri chiziqli uchastkalarida esa 
0,45 𝑚
dan oshmasligi belgilab qo‘yilgan.
Kontakt simlarini shamol ta’siridan shikastlanishini oldini olish uchun 
simlar tarangligini oshiriladi va fiksirlovchi qurilmalar kuchaytiriladi(qattiq 
rasporkalar, 
fiksatorlar 
qo‘shimcha 
sterjenlari 
siljishini 
cheklovchi 
elementlar, ushlab turuvchi elastik strunalar o‘rnatiladi va b.). Simlarning 
avtotebranishlari muzlamalarni o‘z vaqtida yo‘qotish va tebranishlarni 
aerodinamik so‘ndirgichlardan foydalangan holda bartaraf etiladi. Zarurat 
tug‘ilganda shamol ta’sirini sezilarli darajada kamaytirish maqsadida 
shamolga barqaror bo‘lgan rombsimon kontakt osmasi montaj qilinadi yoki 
qo‘shimcha oraliq tayanchlar o‘rnatish hisobiga yondosh tayanchlararo 
masofa 2 martaga qisqartiriladi. 


307

Download 4,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   225   226   227   228   229   230   231   232   ...   288




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish