Uo‘K: 53(072) kbk


IBL - 94 kV tortish tizimi–тяговаясистема ДБЛ – 94 кВ -



Download 4,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet148/288
Sana15.11.2022
Hajmi4,05 Mb.
#866013
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   288
Bog'liq
e1ec71dde00394f7be513a1c627bc7af Temir yo‘llar elektr ta’minoti Т 2017

5.39. IBL - 94 kV tortish tizimi–тяговаясистема ДБЛ – 94 кВ -
traction system (two-wire longitudinal lines) - 94 kV
- 94kV kuchlanishli 
va 50(60) Hz chastotali qo‘shimcha ikkita simli bo‘ylama liniyaga ega 
bo‘lgan tortish elektr ta’minoti tizimibo‘lib, uning kontakt tarmog‘idagi 
nominal kuchlanishi 25 kV, qo‘shimcha simning kontakt tarmog‘iga 
nisbatan kuchlanishi esa 66 kV ni tashkil etadi. O‘zgaruvchan tok tortish 
tarmog‘i samaradorligini yanada oshirish, 27,5 kV va 2x27,5 kV kuchlanishli 
tortish tizimlaridagi kamchiliklarni keskin kamaytirish maqsadida Rossiya 
Federatsiyasi Moskva davlat temir yo‘llar universiteti (MIIT) olimlari 
tomonidan simmetriyalovchi transformator (ST)larga ega bo‘lgan 
bosh(tayanch) 
tortuvchi 
nimstansiya(BTN)lari, 
66,5+27,5=94 
kV 
kuchlanishli ikkita simli bo‘ylama liniyalari va bir fazali transformatorlar 
o‘rnatilgan oraliq tortuvchi nimstansiya(OTN)laridan tashkil topgan tortish 
elektr ta’minoti (IBL-94 kV) tizimi taklif etilgan. Bunday tizim 
sxemalarining bitta varianti 5.12- rasmda keltirilgan.
Bu sxemada bosh (ta’minlovchi) tortuvchi nimstansiya BTN tortish 
elektr ta’minoti tizimini tashqi elektr ta’minoti tizimi bilan bog‘lab turuvchi 
yagona zveno hisoblanadi. BTN quvvati 63...80 MVA oralig‘ida bo‘lgan 
STlar bilan jihozlangan. Tortish tarmog‘i chap va o‘ng yelka ikkita simli 
liniyalar (liniya simlari o‘rtasidagi kuchlanishi 93,9 – 94 kV), quvvati 16 – 25 
MVA bo‘lgan bir fazali transformatorlar o‘rnatilgan oraliq tortuvchi 
nimstansiyalarni o‘z ichiga oladi. Bu transformatorlarning quvvati tashiluvchi 
yuklar hajmi va ta’minlovchi tortuvchi nimstansiyalar orasidagi masofaga 
qarab tanlanadi. Ikkita simli liniyalar kontakt tarmog‘i tayanchlari bo‘ylab 


164
tortiladi. Ehtiyojga qarab kontakt tarmog‘i 27,5 kV kuchlanish tomonida 
ekranlovchi va kuchaytiruvchi simlar bilan kuchaytirilishi mumkin. 
BTN dan kontakt tarmog‘iga 27,5 kV, bo‘ylama elektr ta’minoti 
liniyalariga esa 94 kV kuchlanishlar beriladi. 5.12-rasmdagi sxemada ST 
ning tortish zanjiri tomonida chulg‘amlar ulanishining ikkita bir – biriga 
o‘xshash bo‘lgan simmetriyalovchi strukturalarinazarda tutilgan (5.13-rasm). 
1, 
3, 

chiqishlarga 
ega bo‘lgan birinchi struktura tortuvchi 
nimstansiyalardagi transformatorlar o‘rnini bosish uchun nazarda tutilgan. Bu 
yerda 1 – 5 va 3 – 5 chiqishlar orasidagi kuchlanishlar 27,5 kV dan bo‘lib, 
ular faza jihatdan o‘zaro 
ga siljigan. Ikkinchi struktura (2, 4, 5 
chiqishlar) birinchisiga o‘xshash va u bilan umumiy chiqish (5) ga ega. 
Ushbu umumiy chiqish relslar(yer)ga ulangan. 2 – 5 va 4 – 5 chiqishlar 
orasidagi kuchlanishlar 
kV dan. 1 va 2 chiqishlardan ta’minlanayotgan 
ikkita simli liniya o‘rtasidagi kuchlanish 93,9 kV, 1 chiqish va yer orasidagi -
27,5 kV, 2 chiqish bilan yer orasidagi - 66,4 kV, 3 va 4 chiqishlar orasidagi - 
93,9 kV, 3 chiqish bilan yer orasidagi – 27,5 kV, 4 chiqish bilan yer orasidagi 
- 66,4 kV
.
1 – 2 va 3 – 4 chiqishlar orasidagi kuchlanishlar faza jihatdan 
ga siljigan bo‘lib, u transformatorni simmetriyalovchi effektini ta’minlaydi. 
IBL-94 kV tortish elektr ta’minoti tizimi quyidagi afzalliklarga ega:
1)
tashqi 
elektr 
ta’minoti 
tizimiga 
ulanadigan 
tortuvchi 
nimstansiyalar soni keskin kamayadi, seksiyalash postlariga ehtiyoj 
bo‘lmaydi, xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar to‘la tarkibda faqat BTN larda 
bo‘ladi, OTN larda ularning soni minimumga tushadi, elektr energiyasini 
hisobga olish faqat BTNlarda tashkil etiladi; 
2) BTN lar orasidagi masofaning uzoqligi ular orasida yuzaga keladigan 
muvozanatlovchi toklarni deyarli nolgacha kamayishiga olib keladi, tortish 
tizimida hosil qilingan maksimal simmetriyalovchi effekt hisobiga BTN 
ta’minlovchi yelkalaridagi yuklamalar bir tekisligi ta’minlanadi; 
3) OTN lar yuqori kuchlanishli IBL-94 kVdan ta’minlanishi natijasida 
tortish yuklamasini elektr energiyasi bilan ta’minlashda shunday rejim 
hosilqilinadiki, uning natijasida tortish yuklamalarini ta’minlashda IBL-94 
kV ning tegishli yelkasiga ulangan barcha OTNlar ishtirok etadi. Natijada 
elektr energiyasi quvvatidan samarali foydalanish hisobiga BTNlarning 
o‘rnatilgan quvvatlari sezilarli darajada kamaytiriladi.
 
0
90
3
115
0
90


165
5.12- rasm. IBL-94 kV tizimi sxemalarining bitta varianti
5.13-rasm. Simmetriyalovchi transformator kuchlanishlari vektor 
diagrammasi 


166
Shuni aytib o‘tish joizki, IBL-94 kV tizimi chiqish kuchlanishlari 27,5 
kVva 66,5 kVbo‘lgan maxsus transformatorlar ishlab chiqarilishini talab 
etadi. 
Bosh 
(tayanch) 
tortuvchi 
nimstansiyalarida 
simmetriyalovchi 
transformatorlar o‘rnatilgan tortish elektr ta’minoti tizimi elektr uzatish 
liniyalarining konfiguratsiyasi kam rivojlangan hududlardagi temir yo‘l 
uchastkalarini elektrlashtirishda joriy etish maqsadga muvofiq hisoblanadi.

Download 4,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   288




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish