152
5.18. Elektr energiyasining sifat ko‘rsatkichlari – Показатели
качества электрической энергии
-
Indicators of quality of electric
energy
– Davlat standarti talablariga ko‘ra elektr energiyasi sifati chastota va
kuchlanish sifati bilan baholanadi. O‘zgaruvchan tok kuchlanishi chastotasi
uning nominal qiymatidan og‘ishi bilan baholanadi.
Kuchlanish chastotasi
og‘ishining ruxsat etilgan qiymati 0,2 Hz ni, ruxsat etilgan og‘ishining
chegaraviy qiymati esa 0,4 Hz ni tashkil etadi.
Kuchlanish sifati quyidagi parametrlar bilan baholanadi:
1) kuchlanish qiymatining og‘ishi.
Kuchlanish og‘ishi– davomiyligi 1
min
.
dan ortiq vaqt mobaynida kuchlanishning nominal qiymatidan 10%
gacha o‘zgarishi bo‘lib, bu o‘zgarish natijasida elektrovoz tezligi o‘zgarishga
ulguradi. Bu parametr kuchlanish og‘ishining turg‘un qiymati bilan
tavsiflanadi. Elektr energiyasi iste’molchilari qismalaridagi kuchlanish
og‘ishi uchun quyidagi me’yoriy qiymatlar qabul qilingan: kuchlanish
og‘ishining ruxsat etilgan normal turg‘un
qiymati
(nominal
kuchlanishga nisbatan) va kuchlanish og‘ishining ruxsat etilgan chegaraviy
qiymati
.
2) kuchlanish o‘zgarishining ko‘lami
va fliker miqdori
bilan
tavsiflanuvchi kuchlanish tebranishi.
Kuchlanish tebranishi– davomiyligi 1
min
.
dan kam vaqt mobaynida kuchlanish miqdorining o‘zgarishi bo‘lib, bu
o‘zgarish natijasida elektrovoz tezligi o‘zgarishga ulgurmaydi. Davlat
standarti bo‘yicha kuchlanish og‘ishi va tebranishi
normasi
.
Elektr tarmoqlarining umumiy ulanish nuqtalaridagi kuchlanish
tebranishining takrorlanish chastotasiga bog‘liq ravishda kuchlanish
o‘zgarishi ko‘lamining ruxsat etilgan chegaraviy qiymati me’yorlanadi. Bu
qiymat qisqa muddatli fliker miqdori
uchun 1,38 ga (kuzatish oralig‘i –
10 min), uzoq muddatli
fliker miqdori
uchun esa 1,0 ga teng.
Fliker
– sun’iy yoritish manbalarini ta’minlovchi elektr tarmog‘i
kuchlanishining tebranishi natijasida sun’iy yoritish manbalari yorug‘lik
oqimi tebranishining inson tomonidan sub’ektiv qabul qilinishi.
3) kuchlanish o‘zgarish shaklining nosinusoidalligi.
Bu parametr
kuchlanish
sinusoidal
egri
chizig‘ining
buzilish
koeffitsiyenti
bilantavsiflanadi. Bu koeffitsiyentning normal va chegaraviy ruxsat etilgan
qiymatlari standartda belgilangan.
%
5
T
U
%
10
T
U
t
U
t
P
N
U
U
%
10
St
P
Lt
P
153
4) kuchlanish nosimmetriyasi.
Bu parametr kuchlanishning teskari va nol
ketma-ketlikli tashkil etuvchilari bo‘yicha nosimmetriya koeffitsiyentilari
mos ravishda
va
bilan tavsiflanadi. Davlat standarti bo‘yicha
ning normal ruxsat etilgan qiymati 2% ga, chegaraviy ruxsat etilgan qiymati
esa 4% ga teng. To‘rt simli 0,38 kV li elektr
tarmoqlari uchun
qiymatlari
mos ravishda 2 va 4% ga teng.
5) kuchlanish yo‘qolib qolishi (barbod bo‘lishi).
Bu parametr
davomiyligi 30 s dan ortiq vaqt mobaynida kuchlanishning nominal qiymati
10% idan ortiq miqdorda kamayishi yo‘qolib qolish vaqti
bilan
tavsiflanadi. Kuchlanishi 20 kV dan oshmagan elektr tarmoqlarida
ning
chegaraviy ruxsat etilgan qiymati 30 s ga teng.
6) kuchlanish impulsi.
Bu parametr kuchlanish
impulsi qiymati bilan
tavsiflanadi. Yashin va turli xil kommutatsiyalar hisobidan yuzaga keladigan
kuchlanish impulslari qiymatlari davlat standartlarida keltiriladi.
7) vaqtinchalik o‘ta kuchlanish.
Bu parametr vaqtinchalik o‘ta
kuchlanish koeffitsiyenti
bilan tavsiflanadi. Uning qiymati ham
standartda belgilangan.
Agar sutkaning 95% (22 soat 48 min) vaqti mobaynida elektr
energiyasining yuqorida keltirilgan ko‘rsatkichlari o‘rnatilgan me’yor
doirasida bo‘lib, qolgan 5% (1 soat 12 min) vaqt mobaynida uning
ko‘rsatkichlari chegaraviy ruxsat etilgan qiymatlaridan oshmasa, u holda
elektr energiyasi sifati qoniqarli darajada hisoblanadi.
O‘zgaruvchan tok tortish elektr ta’minoti tizimida elektr energiyasining
muhim sifat ko‘rsatkichlariga kuchlanish og‘ishi, kuchlanish teskari ketma-
ketlikli tashkil etuvchisi bo‘yicha nosimmetriyasi, kuchlanish egri chizig‘i
sinusoidalligining buzilish koeffitsiyentlari kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: